28
29
Mantiqiy mezon – qiyosiy tahlil natijalarining mantiq
qonunlari talablariga mos kelishini baholashdir.
Metodologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarining
qaysi
metodlarga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi nuqtayi na zaridan
baholashdir.
Ma’naviy-g‘oyaviy mezon – bu qiyosiy tahlil natijalari-
ning jamiyat ma’naviyati, g‘oyaviy maqsadlariga qay darajada
mos kelishini e’tiborga olib, baho berishdir.
Xullas, yuqoridagi mezonlar qiyosiy tahlil natijalarini ba
holash, komparativistik tadqiqotning ilmiy-nazariy jihatlarini
aniqlash imkonini beradi.
Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini
ta’minlash shartlari
Qiyosiy tahlilda haqqoniy, xolis natijaga erishish uchun
qu yidagilarga diqqatni qaratish lozim:
Birinchidan, qiyosiy tahlilni yakuniga yetkazmoqchi bo‘l-
gan tadqiqotchi qiyosiy adabiyotshunoslikning
nazariy, me-
todologik va metodik asoslarini bilishi kerak. Bu borada
ular bilishning nazariy va empirik vositalari imkoniyatlaridan
unumli foydalana olishi lozim.
Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud bo‘lgan,
mavjud yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhitning xu-
susiyatlari hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, ilmiy
izlanuvchi, qiyosiy tahlil jarayoniga ta’sir etishi mumkin bo‘l-
gan barcha holatlarni tahlilga tortishi kerak.
Uchinchidan, qiyoslash faqat statistik ma’lumot yig‘ish
va ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak.
Qiyoslash
obyektlari to‘xtovsiz o‘zgaradi, tadqiqotchilar ana shuni
hisobga olishi kerak. O‘rganilayotgan obyektlarning statistik
manzarasi ularning dinamik xususiyatlari bilan to‘ldirilishi,
tadrijiy takomili ko‘rsatilishi kerak. Aks holda qiyosiy haqiqat
to‘laqonli, xolis bo‘la olmaydi. Demak, olib borilgan statistika,
dinamika bilan birga tahlil va talqin qilinishi lozim.
To‘rtinchidan, tahlilda subyektivizmga yo‘l qo‘ymaslik.
Soxta qiyoslash, muayyan manfaatlarga xizmat qilishi mum
kin, lekin fan rivojiga xizmat qilmaydi. Ba’zi tadqiqotchilar-
ning bir-biriga umuman to‘g‘ri kelmaydigan filologik jihat
larni qiyoslashi, ana shunday soxta qiyoslashga olib keladi.
Natijada, qiyosiy tahlil mazmuni va natijalari buzib ko‘rsa
tiladi, odamlarning ijtimoiy ongida noto‘g‘ri tushuncha pay
do bo‘ladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»
asaridagi Otabekning
ishqiy sarguzashtlarini, Jorj Bayron
ning Don-Juan obrazi ishqiy sarguzashtlari bilan qiyoslash
kutilgan natijani bermaydi.
Demak, qiyosiy tahlilning asosiy qoidalari, talablari bajaril
masa, adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni noxolis natijalar
beradi.
Dostları ilə paylaş: