Adabiyotshunoslik


Tarjimaning to‘rtta lingvistik jihati mavjud



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Tarjimaning to‘rtta lingvistik jihati mavjud: 
1. Leksik-semantik.
2. Frazeologik.
3. Grammatik.
4. Stilistik.
Leksik-semantik jihat – tarjimada mumkin qadar origi-
nalning ma’noviy mazmunini, lingvistik strukturasini saqlab 
qolinishidir. 
Frazeologik jihat – tarjimada frazeologizmlarning ekviva-
lentini topish masalasi. Ushbu yo‘nalishdagi muhim muammo 
madaniy-milliy koloritni tarjimada bera olish malakasi bilan 
bog‘liq. 
Grammatik jihat originalning va tarjimaning grammatik 
qonuniyatlari, gap qurilishiga mos kelish va kelmasligi bilan 
bog‘liq.
Tarjimada stilistik jihat emotsional bo‘yoqdorlikni, yo-
zuv chi uslubining qay darajada saqlanishi va berilishi bilan 
bog‘liq. Masalan, Umar Hayyom ruboiylari tarjimasida Sho-
islom Shomuhammedov stilistik jihatni maksimal darajada 
saqlagan. 
Tarjima jarayonida adekvatlikka erishish vositalari:
Adekvatlik barcha talablarni saqlagan holda, jumladan, 
kom munikativ muloqotni ham hisobga olib qilingan tarjimadir.
Tarjima jarayonida adekvatlikka erishish vositalariga quyi-
dagilar mansubdir:
– 
Referensial vositalar bu belgilar, ma’lum ramzlar va 
boshqa vositalardir. Referensial vositalar asosan ilmiy adabi­
yotlar yoki tarixiy asarlarda bo‘ladi, ularni tarjima qilish jara-
yoni nisbatan oson kechadi. 
– 
Pragmatik vositalar bu so‘zlashish jarayonidagi stilistik 
va emotsional vositalar. Bu vositalar kommunikativ jarayon­


34
35
ning yetakchisi hisoblanadi. Masalan, dialoglar, aytishuvlar, 
ichki nutq va h.k.
– 
Grammatik vositalar. Har bir tarjimonga o‘z tilining 
grammatik qonuniyatlari asosida tarjima qilishga yordam 
beruvchi vositalar. 
Tarjima imkon qadar original asarga yaqin va to‘g‘ri bo‘li­
shi kerak. She’riy asarlar tarjimasida ekviritmiyaga ham e’ti­
bor qilish darkor. Ekviritmiya (lotincha «to‘g‘ri ritm») – ritm 
(ohang)ni saqlagan holatda tarjima qilish demakdir.
Noto‘g‘ri tarjima noto‘g‘ri talqinni yuzaga keltiradi. Albatta, 
tarjima «qurbonlarsiz» bo‘lmaydi, ammo yuqoridagi jihatlarni 
hisobga olmaslik, tarjimani originaldan ancha uzoqlashtiradi. 
Tarjima nazariyasiga oid ilmiy kitoblarda ko‘pincha ИЯ, 
Пя kabi abriveaturalarga duch kelamiz: ИЯ – исходный язык 
(original tili), ПЯ – переводный язык (tarjima tili) demakdir.
Tarjima nafaqat tilshunoslik, balki adabiyotshunoslik, jum-
ladan – qiyosiy adabiyotshunoslik obyektidir. Chunki asar ning 
o‘zi va tarjimasi qiyoslash uchun asos vazifasini ba ja radi. Tar­
jimani qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rgana-
yotgan tadqiqotchi, albatta, bu boradagi nazariy adabiyotlar 
bilan tanishishi, original asar va tarjimada aynan nimani qi­
yoslash kerakligini anglab yetishi kerak.
Adabiyotshunos M.Topperning «Tarjima qiyosiy ada-
biyotshunoslik tizimida» nomli ilmiy asarida tarjimaning 
komparativistika obyekti sifatidagi xususiyatlari juda yaxshi 
ochib berilgan
1

Bizga ma’lumki, tarjima mohiyatan kommunikatsiya (o‘za­
ro muloqot) va retsepsiya (tarjimaning qabul qilinishi) kabi 
jarayonlardan iborat. Xuddi shu jarayonlar qiyosiy adabiyot­

Топер П.М. Перевод в системе сравнительного литературоведения. – М., 2000.
shunoslik uchun ham xos bo‘lib, ikkita har xil millatga man-
sub adabiy asarni taqqoslash jarayonida, albatta, bu jarayonlar 
tahlil qilinadi. Masalan, Nosir Zohid va amerikalik yozuvchi 
Viktoriya Shvabning turlicha nomdagi «Qasos» romanlarini 
o‘zbek va xorij kitobxoni bir xil qabul qiladi, bu – retsepsiya 
jarayoni. Har ikkala romanni taqqoslashga kiri shish – ikki mil­
lat, ikki madaniyat, ikki yozuvchi o‘rtasidagi kommunikatsiya. 
Demak, birgina kommunikatsiya va retsepsiya tushunchalari-
ning mavjudli tarjimani qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti 
sifatida o‘rganishga to‘la asos beradi. M.Topperning fikricha, 
qiyosiy adabiyotshunoslik metodo logiyasi jahon adabiyotida­
gi turli xil milliy adabiyot namunalarini qiyoslash imkonini 
beradi, bu esa tarjimashunoslikka bo‘lgan e’tiborni oshiradi
1

Badiiy asar tarjimasi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadqi-
qotchi asosan quyidagi jihatlarni qiyosan o‘rganishi mumkin:
1. Original asar va tarjimaning muvofiqligi.
2. Yozuvchi va tarjimonning ijodiy individualligi.
3. Adabiy aloqa va tarjima.
4. Asar va uning retsepsiyasi (qanday edi, qanday qabul 
qilindi?).
5. Tarjima va adabiy ta’sir masalasi.
6. Janrlararo tarjima: lirik, epik, dramatik tur janrlari tar­
jimalarida o‘xshashlik va farqlar.
7. Tarjima va madaniyatlararo kommunikatsiya.
8. Badiiy tarjimada lisoniy olamning qayta yaralishi muam­
mosi.
9. Yozuvchi va tarjimon mahorati va h.k. masalalar.
Yuqorida tilga olingan jihatlarning barchasida qiyosiy me-
toddan va metodologiyaning analiz, sintez, induksiya, deduk­

Топер П.М. Перевод в системе сравнительного литературоведения. – М., 2000. – C.19.


36
37
siya, modellashtirish va boshqa nazariy metodlaridan foyda-
laniladi.
Tarjima qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti sifatida o‘rga-
nilganda, ushbu tadqiqot xuddi boshqa komparativistik tad­
qiqotlarda bo‘lgani kabi tarixiy, gnoseologik, mantiqiy, meto-
dologik, ma’naviy-g‘oyaviy mezonlar orqali baholanadi. 
Xullas, «asliyat ruhini imkon qadar to‘g‘ri va to‘la aks etti­
radigan tarjima matnini yaratish uchun tarjimon ham talantli 
badiiy so‘z ustasi, ham iste’dodli tarjimashunos olim bo‘lishi 
kerak»
1

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin