Adabiyotshunoslik


poetika poeziyani san’at darajasi-



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

poetika poeziyani san’at darajasi-
da o‘rganadigan fandir. Shu jihatdan olimning «adabiyot 
haqidagi fan poetika belgisi ostida rivojlanadi» 
5
degan fikri 
hozir ham dolzarbligini yo‘qotmagan.
Zamonaviy adabiyotshunoslikda poetikaning umumiy, tav­
sifiy normativ, nazariy va tarixiy poetika kabi 5 ta asosiy turi 
ajratib ko‘rsatilgan
6
:
1. Umumiy poetika – barcha adabiyotlar uchun xos bo‘l-
gan badiiyat mezonlarini o‘rganadi. (Masalan: ijodiy prinsip-
lar, muallif pozitsiyasi va h.k.)
2. Tavsifiy (xususiy) poetika – konkret asarlarning ya-
ratilish jarayonini va yozuvchining badiiy olamini o‘rganadi. 
(Masalan: H.Olimjonning badiiy olami, Cho‘lpon nasri poe-
tikasi h.k) 
3. Normativ poetika – «badiiy asar aslida qanday yozilish 
kerak?» degan masalaga oydinlik kiritadi. Normativ poetika 

Потебня А.А. Эстетика и поэтика. – М., 1976; Теоретическая поэтика. – М., 1990.

Потебня А.А. Из записок по теории словесности. – Харьков, 1905.

Бахтин М.М. Эстетика словесного творчества. – М.: Искусство, 1979. 

Бахтин М. Романда замон ва хронотоп шакллари. Тарихий поэтикадан очерклар / Рус 
тилидан У.Жўрақулов таржимаси. – Тошкент, 2015.

Жирмунский В.М. Задачи поэтики / Теория литературы. Поэтика. Стилистика. – Л., 
1977. – С.15; Историческая поэтика: Итоги и перспективы изучения. – М., 1986. – С.12.

Темирболат А.Б Поэтика литературы. Учебное пособие. – Алмааты, 2011.
adabiy asarlarni baholaydi va adabiy tanqid obyekti hisoblana­
di. U.To‘ychiyevning «O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari 
va ularning maromlari», B.Sarimsoqovning «Badiiylik asoslari 
va mezonlari», A.Rasulovning «Badiiylik mezonlari» asarlari 
normativ poetikaga oid ilmiy asarlar hi soblanadi
1

4. Nazariy poetika – bevosita adabiyot nazariyasi bilan 
bog‘ liq bo‘lib, har bitta ko‘rib chiqilayotgan adabiy hodisa ning 
na zariy tomonini yoritib beradi. (Masalan, Oybek romanlari da 
psixologizm, Pushkin she’riyatida shakl va mazmun) U.Jo‘ra qu-
lovning nazariy poetika masalalariga bag‘ishlangan asarida poe-
tikaning muallif, janr, xronotop kabi qirralari ochib berilgan
2
.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin