40
41
Poetik yoki badiiy mahorat yozuvchining o‘ziga xos ba
diiy olami, badiiy asarni yaratishdagi san’atkorligidir. Ijod
korning badiiy mahorati asar
tilining mohirona berilishida,
obraz yaratishida, badiiy tasvir vositalaridan o‘z o‘rnida, mo
hirona foydalanishida, asar kompozitsiyasini to‘g‘ri va tizimli
shakllantirishda va h.k.larda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bulardan
tashqari
badiiylikning quyidagi 10
ta mezoni
1
yozuvchining badiiy mahoratini aniqlashga yordam beradi:
1. Gumanizm (insonparvarlik).
2. Estetik tuyg‘uni shakllantira olish.
3. Hayotiy haqiqatga sodiqlik.
4. Chuqur mushohoda.
5. Muallif g‘oyasining mantiqiyligi
va ijodiy fantaziyasi-
ning kengligi.
6. Umumlashtirish va tipiklashtirish qobiliyati.
7. Badiiy detallarning aniqligi va qaysidir g‘oyaga
xizmat
qilishi.
8. Syujet qurilishi va obrazlar tizimini yaratishdagi ma
horat.
9. Qahramonlar ichki dunyosini
mahorat bilan ochib be-
rilishi.
10. Asar tilining boyligi va rang-barangligi.
Badiiy asar kompozitsiyasiga xizmat qiladigan har bir un
surning poetikasini o‘rganish va shu asosda ilmiy tadqiqot olib
borish mumkin. Masalan, rus olimlaridan D.S.Lixachev qadim
rus adabiyoti poetikasini, I.V.Silanev motivlarning, V.V.Vinogra
dov syujet va uslubning, N.E.Falikova xronotopning, N.Bandu
rina va Z.Suvanov obrazlarning, Y.Solijonov badiiy nutqning,
K.Hamrayev kompozitsiyaning poetikasini tadqiq qilishgan va
1
Темирболат А.Б. Поэтика литературы. Учебное пособие. – Алматы, 2011.
muhim ilmiy-nazariy xulosalarni chiqarishgan
1
. Ayniqsa, asar
syujeti va janrlar tipologiyasi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan
olimlarga
Dostları ilə paylaş: