54
55
chilar ijodi jahon xalqlarining ham umumiy intellektual mul
kidir. Bu jarayonda qiyosiy yo‘nalishdagi ilmiy ishlar alohida
rol o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotshunosligida X.K.Hamrayev
Oybek va
Qahhor asarlarini, S.R.Babayeva G‘afur G‘ulom, G.Xalliye
va Navoiy va Bobur, Z.Mirzayeva Abdulla Qodiriy va boshqa
jadid adiblari, B.Xoliqov
Tohir Malik, N.Toirova Omon Mux
tor, F.Xajiyeva Maqsud Qoriyev, N.Qobilova Abdulla Qahhor
asarlarini jahon adabiy kontekstida o‘rganib, qiyosiy adabiyot
shunoslik rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar
.
Adabiy aloqalar doirasida bajarilgan ilmiy ishlarga M.Xolbe
kov, Sh.Shamusarov, A.Qosimov, M.Bakayeva, S.Kamilova,
T.Sultanov, S.Matkarimova va boshqa olimlarning ilmiy izla-
nishlarini namuna sifatida ko‘rsatish mumkin.
E.Ochilovning «XX asr fransuz she’riyati o‘zbek tilida (tar
jimada mazmun va shakl birligi masalasi) mavzusidagi ilmiy
ishi, M.Tojixo‘jayevning «O‘zbek adabiyoti namunalari Martin
Xartmann tarjimasi va talqinida» nomli monografiyasi, F.Sa
payevaning Maxtumquli she’rlarining o‘zbekcha
tarjimalari
qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan tadqiqoti, R.Shirinovaning
olam milliy manzarasining badiiy tarjimada qayta yaratilishi
xususidagi doktorlik dissertatsiyasi tarjimashunoslik yo‘na-
lishidagi ilmiy ishlarga misol bo‘la oladi.
Xullas, xalqlararo madaniy-adabiy aloqalar kundan kun
ga rivojlanib borayotgan bugungi kunda qiyosiy tadqiqotlar
adabiyotshunosligimizda kelajagi porloq, istiqbolli yo‘nalish
lardan biridir. Xalqaro adabiy aloqalar
doirasida komparati-
vistik tadqiqotlar olib borish jarayonida, kamida ikki xalq,
ikki adabiyotning, ayniqsa, o‘zimizning ma’naviy qadriyatlari-
miz, nazmiy va nasriy durdonalarimizning mohiyatini yanada
chuqurroq anglaymiz.
Qiyosiy tadqiqot olib borishda metodologik yordam va na
muna sifatida bu o‘rinda ayrim ilmiy ishlardan misollar kelti
rishni lozim topdik.
Dostları ilə paylaş: