Oybek va jahon adabiyoti
1
XIX asrning 50–60-yillarida Chor Rossiyasining O‘rta
Osi yoni zabt etishi bilan yurtimizda mustamlakachilik davri
boshlandi. Shu davrda masjid va madrasalar yopilib, arab va
fors tillarining ma’naviy-madaniy taraqqiyot vositalaridan
biri sifatidagi maqomi pasaytirildi. Buning o‘rniga rus tili va
rus adabiyoti shiddat bilan kirib keldi. Bu hol, bir tomondan,
milliy tarixni o‘rganishga, milliy til va adabiyotning rivojla-
nish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi tomon
dan, o‘zbek xalqining oxir-oqibatda rus tili va adabiyoti orqali
Yevropa, shuningdek, Amerika xalqlari adabiyotlarini – yangi
adabiy-madaniy olamni kashf etishiga imkon berdi. O‘zbek
yozuvchilari jahon adabiyoti erishgan badiiy yutuqlar va tajri
balarni o‘rganish asosida milliy adabiyotimizga yangi adabiy
shakl va janrlarni, yangi badiiy-uslubiy vositalarni olib kira
boshladilar.
Ana shu jarayonda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat, Cho‘l-
pon, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Ab
dulla Qahhor, Mirtemir, Usmon Nosir, Zulfiya, Asqad Muxtor,
Odil Yoqubov nafaqat barkamol shoir yoki yozuvchi, balki za-
bardast tarjimon sifatida ham havas qilishga arzirli ishlarni
bajardi. O‘zbek xalqining jahon adabiyoti namunalari bilan
tanishishi, ularni Navoiy yoki Qodiriy asarlarini o‘qigandek
sevib o‘qishida badiiy tarjima oltin ko‘prik vazifasini o‘tadi.
1
Каримов Н. Ойбек ва жаҳон адабиёти // https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/adabiyot/naim-
karimov-oybek-va-jahon-adabiyoti.
56
57
Lekin bu ish oson bo‘lmadi. XIX asrning 70-yillarigacha
asosan fors va arab tillaridagi badiiy adabiyot namunalarini
turkiy (eski o‘zbek) tiliga tarjima qilgan tarjimonlar uchun
Yevropa xalqlari tillari, jumladan, rus tili ham mutlaqo begona
til edi. Shuning uchun ham 1870-yilda Toshkentda o‘zbek ti
lida chiqa boshlagan «Turkiston viloyatining gazeti» o‘z oldi-
ga muhim va xayrli vazifani qo‘yib, I.A.Krillov, A.S.Pushkin,
L.N.Tolstoy, N.A.Nekrasovning bolalarga bag‘ishlangan ki
chik-kichik asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshlab
berdi. Bunga gazeta muharriri N.A.Ostroumovdan tashqari,
Shohimardon Ibrohimov, Chanishev, Aydarov, Sattorxon, Mul
la Olimlar jalb etildi. Rus adabiyotining dastlabki tarjimonlari
tomonidan eski o‘zbek tiliga o‘girilgan ayrim asarlar Saidrasul
Aziziy, Ali Asqar Kalinin, Abdulla Avloniyning darsliklariga
ham kiritilib, rus-tuzem va jadid maktablari o‘quvchilari e’tib
origa havola etildi. Bolalarbop badiiy shakl va ibratli-didaktik
mazmun bilan yo‘g‘rilgan bu asarlar jadid bolalar adabiyoti-
ning maydonga kelishida mumtoz o‘zbek adabiyoti va folklori
an’analari bilan birga katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ammo bu tarjimalarga bugungi adabiy-badiiy mezonlar
aso sida yondashganda ularning til va uslub jihatidan murakkab
ekani ko‘zga yaqqol tashlanadi. Buning asosiy sababi tarjimon
larning badiiy tarjima amaliyotidan uzoq bo‘lganligida ko‘ri
nadi. O‘zbek adabiy tilining keyingi rivojida birinchi navbatda,
Cho‘lpon va Qodiriyning ham yozuvchi, ham jahon adabiyoti
namunalarining tarjimoni sifatidagi xizmatlari beqiyos. Ular
bilan izma-iz o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojla-
nishiga va o‘zbek xalqini jahon adabiyoti bilan tanishti rish
ishiga katta hissa qo‘shgan so‘z sehrgarlaridan biri Oybekdir.
Oybek umrining, Navoiy ta’rifi bilan aytganda, ilm maxza
nini yig‘ish fasli ikki tarixiy davr to‘qnashgan yillarga to‘g‘ri
keldi. U hayotining ilk davrida, oz fursat bo‘lsa-da, madrasada
o‘qib, arab va fors tillari bilan oshno bo‘ldi, inqilobiy bo‘ron
lar bilan boshlangan yangi davrda esa e’tiborini ko‘proq shu
davrning muhim ijtimoiy masalalariga qaratdi.
Bu qanday davr edi? Bu, Oybekning ustozi Munavvar qori
Abdurashidxonov va uning maslakdoshlari uchun 1917-yil
fev ralidan keyin milliy mustaqillik umidi paydo bo‘lgan, 1918-
yil fevralida Turkiston muxtoriyati tugatilganidan keyin o‘sha
umid gullari xazon bo‘lgan, lekin «noumid – shayton» hikma-
tiga amal qilgan ustozlar mustaqillik uchun kurashning yangi
yo‘llarini izlayotgan yillar edi. Ular kelgan fikr-xulosaga ko‘ra,
davlat idoralarini boshqara oladigan, ta’lim, fan, madaniyat
va xalq xo‘jaligining barcha sohalari bo‘yicha yuqori malaka
li milliy kadrlarni tayyorlamasdan turib, mustaqillik uchun
kurashish samarasiz edi. Shuning uchun ham 1922-yilda
Buxoro Xalq sho‘ro jumhuriyatining mablag‘i va ma’rifat
fidoyilarining duoyi salomlari bilan 70 nafar yosh Germani
yaga o‘qishga yuborildi. Ular ishlab chiqqan rejaga ko‘ra, har
yili taxminan shunchadan yoshlar nafaqat Germaniya, balki
boshqa davlatlarga, xususan, Rossiyaning Moskva va Lenin
grad shaharlaridagi oliy o‘quv yurtlariga ham yuborilishi va
milliy kadrlar muammosi besh-o‘n yil mobaynida hal qilinishi
lozim edi.
«Финансы поют романсы» shu tarixiy davrning shior
laridan biri edi. Munavvarqori ta’sirida ulg‘ayib borayotgan
Oybek ham talabalik paytlarida iqtisodchi bo‘lishni ko‘ngli
ga tugdi. Ammo u faqat iqtisodga doir adabiyotnigina emas,
balki Tenning «San’at bo‘yicha mutolaa», Frichening «San’at
tarixi», Belinskiyning «Adabiy orzular», Lunacharskiyning
«Pozitiv (ijobiy) estetika haqida» singari asarlarini qunt bilan
mutolaa qildi.
58
59
Oybekning rus she’riyati klassiklari bilan tanishishida rus
tili va adabiyoti muallimi Goryanovning xizmatlari katta.
«So‘zlarining, qo‘llarining imo-ishorasi bilan taxtaga chiza-
chiza rus tilini o‘rgatishga uringan» Goryanov tufayli u Push
kin, Lermontov, Nekrasov, Blok she’riyati jozibasini ilk bor
kashf etdi. Ayniqsa, Pushkin she’riyati uni maftun etdi. «Men
Pushkin she’riyati bilan yashay boshladim, deb yozgan edi Oy
bek olis 20-yillarni eslab. – Yangi bir dunyoga kirdim, yangi
hayot, yangi ilhom kashf etdim».
O‘rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining
iqtisod bo‘limida tahsil ola boshlagan Oybek chuqurroq bilim
olish maqsadida o‘qishni Leningraddagi Xalq xo‘jaligi insti
tutiga ko‘chiradi. U «Shimoliy Venetsiya»da iqtisodiy tanglik
da, yarim och-yupun yashaganiga qaramay, yuqori malakali
iqtisodchi bo‘lish va ayni paytda she’riyatga bo‘lgan ruhiy eh
tiyojini qondirish uchun tinmay o‘qiydi.
Oybekning bolalik davri o‘rtoqlaridan biri Homil Yoqubov
adib bilan Leningradda ilk bor uchrashgan kunlarni bunday
xotirlagan edi: «…1927-yilning kuz faslida Oybek Leningradga
kelib qoldi… Odatiy salom-alikdan so‘ng biz tezroq O‘zbekis
tondagi ahvolni bilishga qiziqdik. Oybekning hikoya qilishicha,
O‘zbekistonda mafkura maydonida keskin kurash boshlanib
di. Adabiyot sohasidagi yot mafkuraga qarshi kurash masalasi
matbuot sahifalarida ko‘tarilgan bahslarda Oybek ham qat-
nashibdi. Bu haqda u shu qadar kuyunib-yonib so‘zlardiki,
biz adabiyot allaqachon hayotining ajralmas qismiga aylan
ganini sezib turardik. Uning fikricha, ijodkor, avvalo g‘oyaviy
barqaror va o‘ta bilimdon bo‘lmog‘i shart. «O‘zi to‘g‘ri yo‘lda
turmagan yozuvchi o‘zgalarni ham aslo Haq yo‘liga boshlay
olmaydi», degandi u. Shundan so‘ng suhbat inson umrining
mazmuni haqida ketdi…».
Xotiranavisning yozishicha, Oybek: «…Endi hamma im-
koni yatlardan yaxshi foydalanib, faqat ixtisos(lik) fanlarini
o‘zlashtirish bilan qanoatlanmasdan, mustaqil mutolaa yo‘li
bilan adabiy-nazariy ma’lumotini chuqurlashtirish, rus va
G‘arbiy Yevropa badiiy ijod xazinalari bilan yaqindan tani-
shish niyatida ekanini hayajonlanib so‘zla»gan; «ijtimoiy,
iqti sodiy va falsafiy fanlarga qiziqishi tobora kuchayib», «iq-
tisod fakulteti programmasi yuzasidan sistemali ravishda fal
safa tarixi, qadimgi va yangi dunyo falsafasini chuqur o‘rgan
gan». «Badiiy asarlarni aytmaysizmi? – deb davom etgan
xotiranavis. – Ular (Oybekning yotoqxonasida – N.K.) qalashib
yotardi. Oybek bularning ko‘plarini o‘qishga ulgurar, o‘qigan
da ham sinchkovlik bilan g‘oyaviy-badiiy mag‘zini chaqib
o‘qirdi. U, xususan, poeziyani yoqtirardi. Pushkin, Lermontov,
Nekrasov, Blok, Mayakovskiy, Yesenin she’rlarining ba’zilarini
bizga yod dan o‘qib berardi. Biz e’tibor berib tinglardik…».
Oybek Toshkent va Leningraddagi talabalik yillarida nom
lari yuqorida tilga olingan shoirlar ijodi misolida rus lirikasida
gi his-tuyg‘u va lirik kechinmalarning porloqligidan, badiiy
tasvir usullarining rang-barangligidan bahra olgan. Ammo rus
she’riyatiga rom bo‘lmasdan avval u Turkiyada tahsil olgan
ustozi Eson afandi va Cho‘lpon ta’sirida yangi turk she’riyati-
ga ixlos qo‘ygan edi. Oybek «Adabiyot, tarix, zamonaviylik»
(1966) deb nomlangan suhbatida shu jarayon haqida ilk bor
so‘zlab, bunday degan edi: «Yangi turk poeziyasining asarlari
meni ilk marta lirik soddalik yo‘lida izlanishga o‘rgatdi. Men
turk poeziyasi bilan texnikumning studenti bo‘lgan yillarim
da tanishdim. O‘sha paytda Bokuda Yahyo Kamol, Rizo Tavfiq,
Abdulhaq Homid va boshqa bir necha turk shoirlarining asar
lari nashr qilingandi. Bu asarlar mening ham qo‘limga tushib
qoldi. Bular hozir ham menda saqlanadi. Yaqinda ularni qay
60
61
tadan varaqlarkanman, ilk marta ta’sirlanganimni ko‘z oldim
ga keltirdim. Muhim va murakkab narsalar haqida soddagina
qilib so‘z aytish mumkin ekan. Qalbni zabt etgan his-tuyg‘u-
larni, chuqur lirizmni ifoda etmoq uchun dabdabali shakl shart
emas… Eng muhimi, kundalik hayot predmetlari, odatiy nutq
poetik olamning butun dabdabasi va jozibasini yo‘qqa chiqa-
rib qo‘yadigan ko‘rinardi».
Oybek 20-yillarda Toshkentdagi «Turon» kutubxonasi fon
didagi turk shoirlarining majmualari va «Sarvati funun» jur-
nalida bosilgan asarlarini mutolaa qilish jarayonida sodda
uslubi va yoniq tuyg‘ulari bilan an’anaviy o‘zbek she’riyatidan
keskin farq qilgan turk she’riyatiga mehr qo‘ydi. U hatto, Ziyo
Ko‘kalp ta’sirida mashhur «O‘zbekiston» she’rini yozdi.
Sovet mafkurachilari ta’biri bilan aytganda, panturkizm
g‘oyalari bilan sug‘orilgan bu she’rning badiiy shakli Oybekka
o‘zbek lirikasining go‘zal namunalaridan birini yaratish se
vinchini bag‘ishladi. Agar Ziyo Ko‘kalp o‘z she’rida turk tilini
sharaflagan bo‘lsa, Oybek o‘z she’rida ona Vatani –O‘zbekis
tonni ko‘klarga ko‘tardi.
Oybek turk she’riyatiga qiziqa boshlashidan avval, «mak
tabdalik yillarida Sharq klassikasi bilan tanishib», «hirotlik
buyuk Navoiy va ajoyib lirik, ozarboyjon adabiyotining buyuk
siymolaridan bo‘lgan Fuzuliyga benihoya mehr qo‘ygan» edi.
Bu mehr uning hayoti, qalbi va ijodini butun umri bo‘yi yori-
tib, quyosh haroratini bag‘ishlab turdi.
Oybek 1926-yilda jahon adabiyotiga ilk bor murojaat
etib, Anatol Fransning «Bashariyat tarixi» hikoyasini tarjima
qiladi. «Bashariyat tarixi», aslida, mustaqil hikoya bo‘lmay,
fransuz adibining «Jerom Kunyar afandining fikr va mulo
hazalari» degan kitobidan olingan. Bu kitob dastlab «Echo
de Paris» gazetasining 1893-yil 15-mart – 19-iyul sonlarida
feletonlar turkumi tarzida bosilgan. Asar naql shaklida bay
on qilingan dialoglar silsilasidan iborat bo‘lib, ularda qah
ramonning davlat tuzilishi, armiya, urush, axloq va huquq
haqidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan. Bu hikoya tarjima-
sini o‘qir ekansiz, bir savol tug‘iladi: «Oybek shu asarni to‘la
holda o‘qiganmi yoki Anatol Frans asarining biror jurnal yo
gazetada e’lon qilingan parchasinimi?» Bizningcha, Oybek
dastlab shu hikoya bilan tanishgan bo‘lsa ham, bu ibratli
Sharq afsonasini tarjima qilganidan so‘ng, «Jerom Kunyar»ni,
albatta, o‘qib chiqqan.
Anatol Fransning Oybek tarjimasida e’lon qilingan hikoya
si, garchand Sharq afsonalariga asoslangan bo‘lsa-da, kitob-
xonlarda katta taassurot qoldirdi. Balki Abdulla Qodiriyning
«O‘tkan kunlar» romanidagi: «Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish
xayr lik, deydilar», degan so‘zlari bilan hikoyadagi: «Mening
do nishmand otam moziydan xabardor bo‘lib ish qilsalar, ko‘p
xato qilmaslar edi, deb aytgan edilar», degan so‘zlari o‘rtasida
gi mushtaraklik tasodifiy emasdir.
Har holda Oybek bu hikoyani tarjima qilibgina qolmay, un
dan o‘zi uchun kerakli xulosalarni chiqarib oldi. Birinchi va
eng muhim xulosa, bizningcha, shu edi: har bir inson, ayniq
sa, ijodkor faqat o‘z xalqining tarixi va madaniyatini emas,
bashariyat (ya’ni jahon xalqlari) tarixi va madaniyatini ham
bilishi lozim. Oybek shu asosiy xulosaga asoslangan holda ja
hon xalqlari tarixi va madaniyati (jumladan, adabiyoti)ni o‘zi
o‘rganibgina qolmay, yosh avlodning ham shunday bilimga
ega bo‘lishi uchun ko‘maklashishga ahd qildi.
Oybek 1930-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi
O‘zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetini
tugatganida, nafaqat iqtisod fani asoslarini egallagan diplomli
mutaxassis, balki bir necha she’riy kitobi chop etilib, she’ri
62
63
yat muxlislari e’tiborini qozongan iste’dodli shoir ham edi.
1935-yilga kelib, Germaniyada, shuningdek, Moskva, Lening-
rad va boshqa shaharlarda o‘qib kelgan yoshlar hisobiga res
publikada kadrlar masalasi ozmi-ko‘pmi hal bo‘lgan edi. Shu-
ning uchun Oybek ikki sohadan birini tanlashga majbur bo‘ldi
va u «sevdigi» adabiyotni tanladi.
30-yillarning o‘rtalarida adabiyot bo‘yicha maktablar
uchun o‘quv dasturlari qayta ko‘rilib, darslik hamda maj-
mualarga o‘zbek va rus yozuvchilaridan tashqari, jahon adabi
yoti klassiklarini ham kiritish lozim deb topildi. Maorif xalq
komissarligining shu haqdagi qarori Oybek uchun ayni mud
dao edi. U 1935-yili o‘rta maktablarning 9-sinfi o‘quvchilariga
atalgan «Adabiyot xrestomatiyasi» uchun buyuk olmon shoiri
Haynrix Haynening «Sileziya to‘quvchilari» va «Qullar kema
si» she’rlarini tarjima qildi. 1937-yilning Oybekni ham Til va
adabiyot instituti hamda Yozuvchilar uyushmasidan uchirib
yuborgan bo‘ron tingach, u 1938-yil oxiri 1939-yil boshlari
da prof. N.F.Deratani tomonidan tuzilgan «Antik adabiyot
xrestomatiyasi»ning Rim adabiyotiga bag‘ishlangan 1-jildini
o‘zbek tiliga tarjima qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Garchand mazkur xrestomatiya eramizdan avvalgi III–I asr-
lar Rim adabiyotining Plavt, Terensiy, Katull singari namoyan
dalaridan tortib, imperatorlik davri (milodiy I–II asrlar) adabi
yotining Petroniy, Apuley singari romannavislarining ijodini
qamrab olgan bo‘lsa-da, unda shu shoir va yozuvchilarning
ayrim asarlari yoki katta hajmdagi asarlaridan parchalargina
berilgan edi. Shunga qaramay, bu majmuaning nashr etilishi
o‘zbek xalqining madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. Kitob-
xonlar Oybek tarjimalari tufayli antik Rim adabiyoti va uning
buyuk namoyandalari haqida ilk bor tasavvur hosil qildilar. Bu
Oybekning jahon adabiyotini o‘rganish va tarjima qilish so
hasida olib borgan ijodiy ishlarining o‘ziga xos cho‘qqisi bo‘ldi.
Agar antik davr yunon va Rim adabiyotlari jahon adabiyotining
beshigi bo‘lganini e’tiborga olsak, Oybek jahon adabiyoti yu
tuqlarini o‘rganish va o‘zlashtirish ishlaridan biri bo‘ldi.
Yuqorida bayon qilingan so‘zlardan shu narsa ayon bo‘ladi
ki, o‘tgan asrning 30-yillarida O‘zbekistonda rus adabiyoti
bilan birga jahon adabiyoti durdonalarini ham o‘zbek tiliga
tarjima qilishga va o‘zbek adabiyotini jahon adabiyoti yu
tuqlaridan bahramand bo‘lgan holda rivojlantirishga kat
ta e’tibor berilgan. Cho‘lpon, Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur
G‘ulom, Shayxzoda, Mirtemir, Usmon Nosir singari shoirlar
shu imkoniyatdan foydalanib, Sh.Rustavelining «Yo‘lbars teri-
sini yopingan pahlavon», V.Shekspirning «Hamlet», A.S.Push
kinning «Yevgeniy Onegin», «Boris Godunov», «Bog‘chasaroy
fontani», «Kavkaz asiri», «Suv parisi», «Mis chavandoz», M.Yu.
Lermontovning «Demon» singari o‘nlab asarlarini o‘zbek na
volarida yangratib yuborishdi. Oybek 30-yillarda shiddat bilan
boshlangan shu ijodiy ishni 40-yillarda ham davom ettirib,
jahon komediya san’ati qirollaridan biri Jan Batist Molerning
«Tartyuf» komediyasini o‘zbek tiliga o‘girdi. Ammo adib bu
asarni hozirgi O‘zbek Milliy drama teatri buyurtmasi asosida
shoshib tarjima qilgani, shuningdek, suronli davrning bosh
qa muhimroq masalalari bilan bandligi sababli unga sayqal
berish imkoniga ega bo‘lmagan. Shunga qaramay, bu tarjima
bilan tanishgan kitobxon Oybekning asar g‘oyasi, qahramon
larning sajiyalari va o‘zaro munosabatlarini chuqur his qilgani
hamda buni tarjimada berishga intilganini, albatta, sezadi.
Shuni yodda tutish lozimki, sovet davridagi adabiy-
madaniy siyosat zaminida sobiq ittifoq hududlarida yasha
gan xalqlarni nafaqat kommunistik partiya va sovet davlati
g‘oya lariga sadoqat ruhida tarbiyalash, balki internatsiona-
64
65
lizm niqobi ostida ruslashtirish maqsadi ham yotgan. Sovet
davrida rus mumtoz va zamonaviy adabiyoti namoyanda
larining juda ko‘p asarlari milliy tillarga, jumladan, o‘zbek
tiliga shu maqsadda tarjima qilingan. Ammo 20-yillarda
A.Serafimovich ning «Temir oqim», M.Shaginyanning «Gid-
rotsentral» singari davrning dolzarb mavzularidagi asarlar
tarjima qilingan bo‘lsa, 30-yillarning o‘rtalariga kelib, rus va
qardosh xalqlar adabiyotining durdona asarlarini tarjima qi-
lishga ehtiyoj tug‘ildi. A.S.Pushkin vafotining 100 yilligi mu
nosabati bilan ulug‘ rus shoiri durdonalarining o‘zbek tiliga
tarjima qilinishi xuddi shu davrga to‘g‘ri keldi. Oybek «rus ha-
yotining qomusi» (V.G.Belinskiy) deb baholangan «Yevgeniy
Onegin» she’riy romanini o‘girish jarayonida Pushkinni jahon
she’riyatining buyuk arboblaridan biri sifatida kashf etdi. U bu
asarni tarjima qilish va pushkinona poetik mahorat «sir»la-
rini o‘rganish jarayonida o‘z ijodida ham, qolaversa, o‘zbek
she’riyatida ham yuksalish ro‘y berishi mumkinligini sezdi.
Ana shu sezgi va Pushkin asarining badiiy latofati «Yevgeniy
Onegin»ni katta ilhom va muvaffaqiyat bilan tarjima qi-
lishiga sabab bo‘ldi. Oybek nafaqat o‘zining, balki qalamkash
do‘stlarining ham Pushkin ijodi durdonalarini o‘zbek tiliga
tarjima qilganidan g‘oyat mamnun bo‘lib bunday yozdi: «Bu
yil o‘zbek adabiyoti uchun juda baxtli yil bo‘ldi: Pushkinning
ko‘p she’r va poemalari, hikoya va qissalari tarjima etildi.
«Muftax ul-jinon»larni o‘qib, «oxirat azoblari» vahimasidan
ko‘zlarga yosh olib uxlaydigan zamonlar ko‘pdan yo‘qolgan.
Endi o‘zbek kitobxonlari Pushkin she’rlarining fikrlariga, mu
siqasiga berilib, go‘zallikni tuyadilar».
Oybekning Pushkin ijodiga bo‘lgan qiziqishi «Yevgeniy
Onegin»ni tarjima qilish bilangina yakunlanmadi. U V.G.Be
linskiyning Pushkin ijodiga bag‘ishlangan maqolalarini qunt
bilan o‘rgandi, uning «Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi»
maqolasini va shu maqoladan o‘rin olgan ulug‘ shoir ning
«Qishloq», «Tun nuri sohir…», «Bulut» singari she’rlarini tar
jima qildi. Uning nazarida, ketmon, traktor, gudok, fabrika,
zavod haqidagi «she’rlar» bo‘g‘ziga kelgan kitobxonlar Push
kinning bu va boshqa asarlarida tarannum etilgan fikrlar,
tuyg‘ular, musiqaning go‘zalligini tuyib yayrashlari, shoir
lar esa Pushkindan poetik mahorat «sir»larini o‘rganishlari
mumkin edi. «Pushkin asarlarini xalqqa yetkazish kabi sharafli
ishni bajarish bilan bir qatorda, – deb davom etdi u, – o‘zbek
shoiri va yozuvchilari ham Pushkin ijodining boy xazinasini
atroflicha tekshirish, o‘rganish vazifasini qo‘yishlari lozim.
Yildan-yil o‘sayotgan o‘zbek adabiyotining gullashiga Pushkin
ijodi katta ta’sir ko‘rsatishi shubhasizdir».
Oybekning o‘zi nafaqat Pushkin, balki Lermontov, Tyut-
chev, Tolstoy, Chexov, Gorkiy, Blok «ijodlarining boy xazina
si»ni ham atroflicha tekshirib, o‘rganib, ulardan saboq olishga
urindi. Zero, jahon adabiyotining muhim bir qismi bo‘lgan rus
adabiyoti yutuqlarini o‘rganish uning o‘z mahoratining oshi-
shi, ijodining yangi, yuksalish bosqichiga ko‘tarilishi uchun
zarur jarayon edi. «Rus tili va adabiyotini o‘rganish bilan, –
deb yozdi u bir maqolasida, – kishi butun jahon madaniyati va
butun jahon adabiyoti bilan-da tanishishga imkoniyat topa
di. Chunki jahon adabiyotining eng yaxshi asarlari rus tiliga
mo‘l-ko‘l tarjima etilgan va hozir ham tarjima etilmakdadir».
Biz Oybekning bu so‘zlarini o‘qir ekanmiz, Pushkindek
buyuk dahoning tug‘ilishida buyuk ingliz shoiri Bayronning
roli oz emasligi yodimizga keladi. Boshqa rus shoir va yozuv-
chilarining shakllanishida ham ingliz, nemis, fransuz, ital-
yan adabiyotlari buyuk namoyandalari ijodining ta’siri oz
bo‘lmagan. Umuman, adabiy ta’sir, adabiy aloqa badiiy ijod
66
67
ni ha rakatga keltiruvchi, yangilab turuvchi, boyituvchi mu
him vositadir. Oybek 30–50 yillarda qaysi shoir yoki yozuvchi
asarini tarjima qilgan, ijodini o‘rgangan bo‘lmasin, shu shoir
yoki yozuvchiga jahon adabiyotining vakili sifatida yondashib,
uning ijodiy yutuqlaridan, tajribasidan bahramand bo‘lishga,
shu asosda ijodiy o‘sishga intildi.
Oybek juda ko‘p iste’dodli shoir va yozuvchining asarini
tarjima qilgan. I.A.Krilov (masallar), M.Yu.Lermontov («Mas
karad»), M.Gorkiy («Makar Chudra», «Lochin qo‘shig‘i»), Anna
Axmatova («Mardlik», «Bog‘da g‘alati chuqur…»), A.Tvardovs
kiy («Garmon») shular jumlasidan. Ularning orasida falakning
gardishi bilan urush yillarida Toshkentga kelib qolgan chex
shoiri, lax adabiy tilining asoschisi Ondra Lisakovskiy ham
bo‘lgan. Uning «Samarqand kuzi», «Bombardimon vaqtida»,
«Konchi partizanlar qo‘shig‘i», «Men shoir» degan she’rlari
1943-yilda «Qilich va qalam» to‘plamida Oybek tarjimasida
dunyo yuzini ko‘rgan.
O.Lisakovskiy garchand chex adabiyotining ko‘zga ko‘rin
gan vakili bo‘lsa-da, biz uni jahon adabiyoti namoyanda
si sifatida alqash niyatida emasmiz. Zero, jahon adabiyoti
milliy adabiyotlarning shoh asarlaridan, yillar va zamonlar
o‘tsa hamki, badiiy latofatini yo‘qotmaydigan asarlardan ibo-
rat xazinadir, oltin fonddir. Shubhasiz, O.Lisakovskiy singari
ijodkorlarning ham adabiyotning bepoyon olamida o‘z o‘rni,
o‘lan-to‘shagi bor.
Oybek jahon adabiyotining nafaqat ingliz, nemis, fransuz,
balki fors, hind, ozarboyjon, o‘zbek va rus millatlariga mansub
namoyandalarining o‘lmas asarlarini ham o‘qib-o‘rgandi yoki
tarjima qildi. Har ikki holda ham ulardan estetik zavq olish bi
lan birga ularga badiiy mahorat maktabining ustozlari sifatida
munosabatda bo‘ldi.
O‘ylaymizki, o‘zi ham «Qutlug‘ qon», «Navoiy» romanlari
va go‘zal, dilbar, umrboqiy lirikasi bilan jahon adabiyoti xazi
nasining boyishiga hissa qo‘shdi.
Dostları ilə paylaş: |