«Xamsa» obrazlar tizimida «Oshiq»,
«Ma’shuqa», «Raqib» uchligi
1
Har bir asarni u maydonga kelgan ma’naviy-ma’rifiy, ta ri -
xiy-badiiy, ijodiy-individual kontekstda, ayni paytda, umum -
bashariy tafakkur doirasida muqoyasaviy planda kuza tadigan
bo‘lsak, biz ushbu bob markaziga qo‘ymoqchi bo‘layotgan
1
Жўрақулов У. Алишер Навоий «Хамса»сида хронотоп поэтикаси. Монография. –
Тошкент: Турон-иқбол, 2017.
72
73
obraz va tizim tushunchalarining bir qadar shartli ekani
ma’lum bo‘ladi. Ya’ni bu o‘rinda antik yunon adabiyoti asosi
da shakllangan poetika ilmi, uning izchil davomi sifatida ya-
shab kela yotgan Yevropa adabiy-nazariy tafakkuri maydonga
olib chiqqan va bugun jahon xalqlari uchun yagona qoidaga
aylanib bo‘layozgan janr, kompozitsiya, syujet, obraz singari
poetik birliklar kanonlarini boshqa bir adabiy-tarixiy may
donlarda shakllangan, mustaqil estetik hodisalarga nisba-
tan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash qanchalik o‘zini oqlaydi, degan
metodologik savolga duch kelamiz.
Garchi, bugun biz tayanadigan adabiyot nazariyasi fani,
bar cha zamon-makonlarga xos adabiy manbalarga nisbatan
ya gona mezon mavjud degan tushunchani ilgari sursa-da, har
bir badiiy hodisaga nisbiy mustaqil fenomen sifatida qarash
zarurati, ushbu tushunchaning to‘la ma’noda o‘zini oqlamasli-
gini ko‘rsatadi. Masalan, xitoylardagi dao, hindlardagi dxarma,
yaponlardagi tsiogun asosida shakllangan poetik kanonlar,
ular ning negizida talqin etiladigan janr, kompozitsiya, syujet,
obraz tushunchalari Yevropa nazariy poetika ilmidagi badiiy
kanonlardan ma’lum darajada farq qiladi. Hatto Yevropa adabi
yotining bir davridagi (masalan, Antik davr) nazariy kanonlar
boshqa bir davrdagi (masalan, o‘rta asrlar yoki Uyg‘onish) na-
zariy kanonlar bilan ayniyatda emasligi kuzatiladi
1
. Bizning
cha, buning ijtimoiy-tarixiy davr, tuzum, adabiy muhit, poetik
kanonlar, milliy va ijodiy individuallik singari qator obyektiv
va subyektiv sabablari bor. Ammo bularning ichida eng muhi
mi, uch zamon va uch makon voqeligini poetik idroklash usuli
1
Chunki yagona geografik hudud, yagona mentalitet doirasidagi millatlar hayotida Antik
davr politeistik (ko‘pxudolilik), o‘rta asrlar va Uyg‘onish davrlarida moneteistik (yakkaxudolik)
qarash yetakchilik qilganki, bu ularning badiiy tafakkuri, adabiy manba larida bevosita o‘z aksini
topgan (U.J.).
– dunyoqarash, e’tiqod masalasidir. Nazariy-poetik kanonlar
xilma-xilligining eng muhim sababi aynan shu, boshqa barcha
sabablar birinchilikka da’vo qila olmaydi.
«Xamsa» tarkibini tashkil etuvchi besh doston alohida janr,
syujet, kompozitsiya, ritm (vazn) xususiyatlarini namoyon eti
shi, fabula tizimi, obrazlarning tarixiy, rivoiy, xalqona asoslari
turli zamon va makonlarga tegishli bo‘lsa ham, toki yagona
xronotop maydoni doirasida qaralmas ekan, Navoiy ilgari sur
moqchi bo‘lgan badiiy konsepsiyaning tub mohiyatini anglash
mumkin emas. To‘g‘ri, «Xamsa»dagi Farhod chin, Shirin ar
man, Majnun va Layli arab, Bahrom va Ravshanak fors, Dilo
rom xitoy, Iskandar rum, Mehrnoz hind millatiga mansub. Ular
orasidagi zamon munosabatlarini ham aniq belgilash mumkin
emas. Chunki ularning ba’zilarida tarixiylik (xususan, Iskandar
va Bahrom) xususiyati yetakchi bo‘lsa, boshqalarida rivoiylik,
afsonaviylik (Farhod, Majnun, Shirin, Layli va h.k.) xos.
Xo‘sh, shunday ekan, «Xamsa» obrazlarini yagona tizim
ostida uyg‘unlashtiruvchi, bir butun badiiy xronotop tarmoq-
lari sifatida namoyon etuvchi asos konsepsiya nimada? Biz
qaysi nazariy kriteriyga ko‘ra, «Xamsa»da obrazlar tizimi, de
gan muammoni qo‘ya olamiz? Agar bu tizim mavjud bo‘lsa,
qanday poetik strukturaga ega va uning asosida nima turibdi?
Ushbu bo‘limning bosh vazifasi ayni savollarga javob berish
dan iborat. Shunda biz Sharq-islom adabiyotiga xos poetik kri-
teriylarning o‘ziga xosligi, xususan, «Xamsa» obrazlari tizimi,
unga xos xronotop poetikasi haqida muayyan xulosalarga ega
bo‘lishimiz mumkin.
Biz tomonimizdan ushbu bo‘lim markaziga olib chiqil
gan «oshiq», «ma’shuqa», «raqib» obrazlari adabiyot tarixida
«Xamsa»dan oldin ham mavjud edi. Qadim (ya’ni xamsachi
likkacha) epos, roman, doston va qator lirik janrlar (masalan,
74
75
elegiya, qasida, g‘azal, sonet, oda, ruboiy va h.k.) tarkibida
an’anaviy obrazlar guruhi o‘laroq yashab keldi. Epos, roman,
qissa singari sof epik janrlar badiiy strukturasida keng epik
plandagi poetik vazifasini aniq-tiniq namoyon etdi. Muayyan
tizim sifatida shakllandi. Avvalgi boblarda ta’kidlaganimizdek,
ayni tizim Sharq mumtoz dostonchiligi, xususan, «Xamsa»
obrazlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri genetik munosabatga ega.
Shu nuqtayi nazardan, mazkur tizimning paydo bo‘lishi, tari-
xiy shakllanish bosqichlari, poetik vazifalarini to‘g‘ri belgilash
uchun «oshiq», «ma’shuqa», «raqib»dan iborat uchlik obrazlar
genezisi xususida muxtasar to‘xtalish zarurati bor.
«Oshiq», «ma’shuqa», «raqib» uchligining «Xamsa» xrono
topi tomon poetik hamda xronologik harakat trayektoriyasi
taqriban shunday: ilohiy kitoblar – mif – epos – roman – qis
sa – doston – «Xamsa». Ayni obraz tizimi semantik-struktural
xossasiga ko‘ra «Xamsa»ga qadar quyidagi sinkretizm, diffe-
rensiatsiya va sintetizm bosqichlarini bosib o‘tgan:
a) ilohiy kitoblar («Zabur», «Tavrot», «Injil», Qur’oni Ka
rim)da. Bunda bashariyat uchun zarur, uning kelajak faoliyati-
ga qaratilgan muhim axborot sifatida nozil etildi
1
. Ilohiy ax
borotlarda bayon etilishicha, yer yuziga qadam qo‘ygan odam
1
Ayni axborot Odam Ato, Momo Havvo va Iblis o‘rtasida kechgan voqea tafsiloti sifatida
o‘zining aniq bayon strukturasi bilan ilohiy kitoblar, xususan, Qur’oni Karim sahifalarida nozil
bo‘ldi. Real dalillar, rad etib bo‘lmas tarixiy asos, yuksak badiiy shaklda (i’joz maqomida) hikoya
qilindi. Shunga ko‘ra, bu voqea oyat, ilohiy ko‘rsatma, shariat yo‘li, ibrat, nasihat, yaxshilikka
chaqiriq (amri ma’ruf), yomonlikdan qaytaruv (nahyi munkar) bo‘lishi bilan bir qatorda ijodkor
inson tayanishi, ulgi olishi, taqlid qilishi mumkin bo‘lgan hikoya (badiiyat shakli) hamdir.
Haqiqatan, adabiyotning ilk namunalari mana shu asl manba negizida shakllandi. Yo‘qdan bor
qilish qudratidan mahrum odamzot, barcha ishlarda bo‘lgani kabi, o‘z adabiyotini kashf etishda
ham har narsaga qodir Zot (Olloh)ning kitoblariga taqlid qildi. Mana shu dalilga tayangan holda
«oshiq», «ma’shuqa», «raqib» uchligi ishtirok etadigan mazkur ilohiy voqea tafsiloti bayon
etilgan matnni shartli ravishda «ilk syujet» deb atadik. Bu haqdagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar
sifatida qarang: Драма жанри (ёзилиш санаси 2011 йил) // Жўрақулов У. Назарий поэтика
масалалари. – Тошкент, 2015. – Б.49 – 53; Биринчи ўзбек романи – «Ўткан кунлар»
(ёзилиш санаси 2014 йил) // Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари. – Тошкент, 2015.
– Б.151 – 193; Ишқ қисмати шу азал-абад // Тафаккур. 2014. №3. – Б.54 – 61 (U.J.).
zoti borki, oxir bir kun o‘z Yaratguvchisiga qaytadi. Boshqacha
aytganda, yer yuzida hayot kechirishdan asl maqsad Yarat
gan amriga muvofiq yashash. Shundagina inson mangu sao
dat (Uning visoli)ga erishadi. Ammo bu yo‘lda jiddiy to‘siqlar
bor. Bu to‘siq Iblis bo‘lib, uning vazifasi insonni asl maqsad
– Yaratgan buyurgan yo‘ldan chalg‘itish, jamoliga vosil bo‘lish
saodatidan mahrum etish. Bu ulkan jarayonda Iblisning yor
damchilari juda ko‘p: shayton, jinlar, inson nafsi, nafs yo‘li
ga kirgan odamlar (shaytanat), turli-tuman dunyo ne’matlari
(boylik, martaba, aysh-ishrat) va h.k. Demak, ilohiy kitoblarda
Haq jamoli (jannat, ajr-mukofot)ga talabgor inson – oshiq, in
sonni bu ne’matlardan bahramand etuvchi Yaratgan (Olloh)
– ma’shuqa (yoki ma’shuq), oshiq va ma’shuqa o‘rtasiga to‘siq
bo‘lishga intiluvchi kuch (Iblis) – raqib tarzida namoyon bo‘la
di. Bu tizim ilohiy kitoblarda qanday bayon etilgan bo‘lsa, za-
mon oxir bo‘lgunga qadar shu holatda qoladi. Mutloq haqiqat
sifatida o‘zgarmaydi (bu tizim bashariyatning diniy-ma’rifiy,
ma’naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini ifodalaydi);
b) mifda – bunda syujet va obrazlar tartibi o‘zgardi. Ba’zan
ma’shuqa o‘rnini raqib egallagan bo‘lsa, ba’zida oshiq nazari
tamomila boshqa obyektlarga qaratildi, bunda raqib goh ho-
miy, goh do‘st sifatida talqin qilindi. Keskin o‘zgarish shunda
ki, oshiq o‘zining asl maqsadidan chalg‘idi. Uning harakatlari
xaotik tus oldi. Har uchala obraz individual sifatlarini yo‘qot
di, umumlashdi (bunda bashariyatning nafsoniy, jismoniy va
psixologik intilishlari aks etdi);
d) eposda. Epos uchligi qisman ilohiy kitoblar, qisman mif
ta’sirida shakllandi. Zamonlar o‘zgarishi (bu o‘rinda mif hukm-
ron bo‘lgan – johiliya davrlari va ilohiy aqidalar hukm surgan
ma’rifat davrlari nazarda tutilyapti)ga qarab, ayni uchlik mo
hiyati, shuningdek, epos syujet tizimi ham turli o‘zgarishlar
76
77
ga uchradi. Obrazlar ijtimoiy-falsafiy, badiiy-estetik jihatdan
milliylashdi. Oshiq – milliy qahramonga, ma’shuqa – millat
onasiga, raqib – millat raqibiga aylandi (bunda insoniyatga
xos ijtimoiy-milliy maqsadlar ifodalanadi);
g) roman, qissa, doston janrlarida. Bu janrlar doirasida
«oshiq», «ma’shuqa», «raqib» uchligini birlashtirib turadi
gan yago na jihat ayni tizimning umumiylikdan xususiy-
likka, umuminsoniylik yoki milliylikdan individuallikka
tomon og‘ishidir. Sharq va G‘arb adabiyotida ulkan zamon
va makon ko‘lamini ishg‘ol etadigan bu janrlar ilohiy, umu
minsoniy, milliy muammo (maqsad, dard, intilish)larni tom
ma’noda xoslashtirdi. Bu janrlar doirasiga kirgan oshiq – o‘z
jufti ta labidagi insonni, ma’shuqa – ayni juftning o‘zini, ra
qib – juftlik orasiga tushgan boshqa bir talabgorni bildiradi.
Bunga misol tariqasida «Tohir va Zuhra», «Oshiq G‘arib va
Shoxsa nam», «Bahrom va Gulandom» tipidagi dostonlarni,
«Siyovush va Sudoba», «Yusuf va Zulayho» singari qissalarni,
«Levkippa va Klitafont», «Armeniy va Tusenilda», «Tristan
va Izolda» tipidagi romanlarni ko‘rsatish mumkin (bun
da odamning maishiy, moddiy, jismoniy ehtiyojlari yuzaga
chiqadi). Bu o‘rinda istisno o‘laroq o‘z cherkovi ordeni va
Yaratgan amri uchun kurashni bayroq qilib olgan Yevropa
ritsar romanlari, Xudo yo‘lida xizmat qiluvchi ruhoniylar ha
qidagi diniy-mistik qissalar, dramalar (misteriyalar)ni qayd
etish joiz. Biroq Sharq-islom adabiy muhitida maydonga
kelgan «Ismoil alayhissalom», «Zufnun», «Ka’b ul-axbor»,
«Ibrohim Adham», «Shoh Mashrab» qissalari, islom shariati
va tariqati ruhida ijod etilgan dostonlar bu qatorga kirmay
di. Ayni paytda, bu tip asarlar «Xamsa» badiiy konsepsiyasi,
obrazlar tizimining shakllanishida muhim o‘rin tutganini
yana bir bor ta’kidlash zarurati bor;
d) xamsa janrida: 1) universal badiiy matn qamrovini
egalladi (besh doston yagona kontekstda umumlashdi); 2)
epik tasvir ko‘lami kengaydi (makon-zamon jihatidan butun
sayyorani qamrab oldi); 3) konseptual nuqtayi nazardan ilohiy
miq yosga qaytdi (abror-odamning oshiqlik yo‘li Qur’oni Karim
asosida shakllantirildi); 4) oshiq – ma’shuqa – raqib haqidagi
ilohiy axborot badiiy planda talqin etildi, asar poetik doirasiga
asos qilib olindi; 5) uchlik obraz tizimini uch maqomda, bos
qichma-bosqich badiiy aks ettirdi: avom ishqi, xavoss ishqi,
siddiq ishqi yoki hayvoniy (shahvoniy) ishq, majoziy ishq, ha
qiqiy ishq.
Oshiq – ma’shuqa – raqib obrazlar tizimi o‘zak-mohiyatida
ishqning uch bosqichi turishi adabiyot tarixida ilk bor «Xam
sa» janri misolida universal ko‘lamda o‘rtaga qo‘yildi. Shu
nuqtayi nazardan «Xamsa»dagi obraz tushunchasi, obrazlar
tizimi mohiyatini belgilovchi asos ishq fenomeni hisoblana
di. Bir yoki bir necha obraz tabiati, ichki semantikasi, maqomi
(darajasi), xususan, xronotopik shakli va ko‘lamini bevosita
ishq belgilaydi.
Sharq va o‘zbek mumtoz adabiyoti, islom tasavvufiy tim
sollar nazariyasiga oid manbalarda oshiq ishqning, ishq esa
oshiqning fenomenal manbasi, quvvat zahirasi ekani qayd
etiladi. Oshiqning mohiyati u hosil etgan ishq maqomi bilan
belgilanadi. Oshiq atrofidagi barcha shaxs, narsa va hodi-
salar u erishgan maqom xronotopi doirasida mavjud bo‘la
di. Shunga ko‘ra oshiqning ma’shuqa tomon yo‘li har doim
undagi ishq darajasi, holati va mezonlari bilan o‘lchanadi.
Ammo oshiq harakati ma’shuqa harakati, oshiq xohishi
ma’shuqa xohishi, oshiq holati ma’shuqa holatidan ke
lib chiqadi. Shu ma’noda oshiq ma’shuqa suratining aksi,
soyasiga o‘xshaydi.
78
79
Ayni paytda oshiq – ma’shuqa – raqib uchligi uchun sinov
maydoni, ishq va o‘zlikni anglash jarayoni ilk uchrashuv, ay
riliq, visol xronotoplarida sodir bo‘ladi. Odatda ushbu xrono
top shakllari syujet qurilishini tashkillovchi poetik komponent
(motiv)lar hisoblanadi. Ammo ularning asl mohiyati syujetdan
ko‘ra obraz tabiatini yoritishda yorqinroq ko‘rinadi. Aniqrog‘i,
badiiy asar tarkibidagi har qanday obrazning «hayot yo‘li» shu
xronotoplar oralab o‘tadi. Bu xronotop maydonlarida sinaladi
gan qahramon o‘zining kim ekani, qanday vazifa bilan dunyoga
kelgani, nimalarga qodirligi va nimalarga loyiqligini isbotlay
di. Umuman, «ilk uchrashuv», «ayriliq», «visol» xronotoplari
uyg‘un holatda faqat oshiq-ma’shuqa-raqib yoki bosh qahra
monni emas, asardagi bir butun obrazlar tizimini uyg‘un tahlil
etish imkonini beradi. Hatto badiiy asardagi syujet, obraz, xa-
rakter, portret, detal, uslub singari boshqa muhim komponent
lar ham faqat uchrashuv (kontakt) jarayonida (zidlash, qiyos-
lash, muloqot ko‘rinishida) o‘zini to‘la namoyon eta oladi.
...»Xamsa»dagi oshiq – ma’shuqa – raqib tizimi va bu ti-
zim ning bir butun janr xronotopida universallashuvi aynan
«Mahbub ul-qulub» tasnifidan kelib chiqadi. Hatto muallif
ning o‘zi xavoss ishqi ta’rifida bevosita «Xamsa» qahramon
lariga havola qiladiki, bu bizni oshiq – ma’shuqa – raqib
uchligining bir butun «Xamsa» janri doirasida ichki seman
tik-struktural munosabatga ega ekani, ishq bosqichlarining
tadrijiy yo‘sini o‘laroq bir-birini to‘ldirishi, universal badiiy
konsepsiyani ifodalashi xususida xulosa chiqarishga olib kela
di. Xususan, Navoiy yozadi: «Inodi olinda teng ham podshoh,
ham gado. Bedodi qoshinda bir ham fosiq, ham porso. Oshiq
ko‘ngliga ma’shuq havosin solg‘uchi ham ul va bir jilvasi bila
naqdi havosin olg‘uvchi ham ul. Va oshiq mundoq baloning
giriftori va mundoq ofatning beixtiyori...
Ishq ko‘histoni bedodining noshodlaridin biri Farhoddur
va sahroyi junun zabunlaridin biri Majnundur...»
1
.
Shularga asosan «Xamsa» obrazlar tizimidagi oshiq – ma’-
shuqa – raqib uchligini «Mahbub ul-qulub» tasnifiga ko‘ra o‘r-
ga nish, avvalo, Sharq-islom adabiyotining poetik o‘ziga xosli-
gini ko‘rsatsa, ikkinchidan, «Xamsa» obrazlar tizimi mohiyatini
to‘g‘ri belgilashga olib keladi degan tezisni ilgari su rish mumkin.
«Mahbub ul-qulub» tasnifiga ko‘ra ishqning ikkinchi
ma qomi bo‘lib xavoss (xoslar) ishqi keladi. Ishqning o‘rta
maqomiga mansub va asosida xavoss ishqi turuvchi oshiq
obrazini esa «Xamsa»dagi ikkinchi, uchinchi dostonlarda ku-
zatamiz. Ularning oshiqligi, ishq yo‘lida ko‘rgan-kechiryot-
ganlari «Mahbub ul-qulub»dagi ta’rifga to‘la mos keladi.
Yu qorida qayd etganimizdek, «Mahbub ul-qulub»da bu ikki
qahramonga ochiq ishoralar bo‘lgani singari, ayni qahramon
lar tabiati, maishati tasvir etilgan ko‘p o‘rinlarda «Mahbub ul-
qulub» ta’rifiga aynan mos tushadigan o‘rinlarni uchratamiz.
2
Navoiy «Farhod va Shirin»dagi ishq konsepsiyasiga «ahli
namoz» (ya’ni Ibrohim Adham) yo‘lini asos qilib olgan. Asar-
dagi oshiq – ma’shuqa – raqib uchligini ham ayni maqom
asosiga qurgan. Farhodni ma’shuqa tomon olib boruvchi yo‘l
mehnat-mashaqqatlar oralab o‘tadi. U ham, xuddi Ibrohim
Adhamga o‘xshab, muayyan xarita bo‘ylab harakatlanadi.
Uning faoliyatida tavakkul asosiy o‘rin tutmaydi. Uning tavak
kuli avvaldan tuzilgan reja doirasidan chiqmaydi (deylik, til
sim yozuviga ko‘ra Ahrimanni yenggan Farhod tavakkuli ham
oldindan belgilab qo‘yiladi). Shuningdek, Farhod biografiyasi
1
Alisher Navoiy. Ko‘rsatilgan asar. – B.66.
2
Masalan, Majnun Layli visoliga yetishgan nuqtada shunday tasvir keladi: Har ishki o‘tub
haloklikdin / Ayru emas erdi poklikdin / Ishq ahli bu nav’ o‘lsalar pok / Gar vasl muabbad o‘lsa
ne bok... («L.M.», 250-bet).
80
81
(tug‘ilishidan tortib, o‘limiga qadar) muayyan dinamikadan
kelib chiqadi. Dastlab u oddiy odamlar egallagan bo‘lgan bar
cha ilmlarni egallaydi: o‘qish, yozish, hunar, harbiy ilm kabi.
So‘ngra o‘z nomiga qilingan tilsim bo‘yicha harakatlana
di. Farhod erishadigan har bitta bosqich muayyan ilm, riyo
zat va mehnatni talab etadi (g‘or, suv xronotoplarida amalga
oshirgan ishlarini eslang).
Farhod mana shunday mashaqqatli sinov yo‘lini bosib o‘t-
gandan keyingina yor jamolini ko‘rishga erishadi. Ammo bu
yo‘lda unga raqib to‘sqinlik qiladi. Bu vazifani asarda Xusrav
bajaradi. Xusrav xuddi xalq ertaklari, doston va qissalarida
gi raqiblar singari o‘z vazifasini mukammal bajaradi. Turli
yo‘llar bilan oshiqning visol saodatiga erishuviga to‘sqinlik
qiladi: Shiringa sovchi qo‘yadi, Farhodni asir oladi, odam yol
lab, o‘limiga sabab bo‘ladi. Ammo Xusrav faqat zohiriy raqib,
xolos. Mohiyatga ko‘ra qaralganda uning chin ma’nodagi raqib
emas, oshiqning asl maqsadiga yetishuvi uchun bir vosita eka
ni ma’lum bo‘ladi.
Farhodning asl raqibi hayotning o‘zi. Uning chin ma’shuqa,
ya’ni Olloh visoliga yetishuvida o‘z hayoti to‘siq bo‘lib xizmat
qiladi. Xusrav esa unga mana shu to‘siqdan qutilishiga yordam
beradi. Shu nuqtayi nazardan bu uchlik tizimidagi Shirinning
o‘rni ham ikkinchi darajaga tushadi. U ham xuddi Xusrav kabi
vositaga aylanadi. Natijada Farhod o‘limi bir butun asar kon
tekstida fojia emas, yechim vazifasini bajaradi. Boshqacharoq
aytganda, Ibrohim Adham singari so‘ngsiz mashaqqatlar bi
lan manzilga yetib kelgan Farhod Ka’bani topmaydi. Muro-
diga yeta olmaydi. Safarning ikkinchi bosqichi (Shirin yurti
da kechgan voqelik nazarda tutilyapti) Farhod uchun azaliy
dardning kulminatsion nuqtasi bo‘lib keladi. Faqat o‘lim uni
asl maqsadiga – Yor visoliga yetkazadi.
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» asarlarini «xavoss
ishqi» konsepsiyasiga ko‘ra talqin etilganda mana shunday
oddiy, ayni paytda o‘ta murakkab talqin maydonga kela
di. Aslida xavoss ishqi nisbiy stixiyaga asoslanadi. Shuning
uchun bu yo‘lda chalkash, murakkab, tushunib bo‘lmaydigan
jihatlar ko‘p. Negaki, bu yo‘lda inson tabiatidagi oliy va tuban
sifatlar sinovdan o‘tadi. Bu esa obraz talqinida ayrim murak
kabliklarni yuzaga keltiradi. Bundagi oshiq – ma’shuqa – raqib
tizimi ham, ayni sababdan, ikki qatlamli harakat trayektori
yasiga ega.
Mana shu konsepsiyadan kelib chiqqanimizda, «Saddi
Iskan dariy»da tasvir etilgan yo‘l siddiq yo‘li, undagi badiiy
talqin «siddiq ishqi» talqiniga qaratilgani ma’lum bo‘ladi.
Haqiqatan ham, Farhod va Majnun obrazlaridan farqli o‘la
roq Iskandar siddiq ishqini talqin etadi. Negaki, muallif Far
hod va Majnun obrazlarini tasvirlashda an’anada mavjud xalq
afsonalarini vosita qilib olgan bo‘lsa, Iskandar haqidagi asar-
ning maydonga keltirishda bevosita Qur’oni Karim haqiqati
ga tayanadi. «Qur’oni karim» talqiniga ko‘ra Iskandar, avvalo,
tarixda yashab o‘tgan real odam. Ikkinchidan va, eng muhimi,
tom ma’noda siddiq. Ya’ni Olloh buyurgan vazifani hech ik
kilanmasdan, Yaratguvchiga cheksiz muhabbat bilan bajargan
Haq oshig‘i.
Biroq Iskandar ham, aynan raqib masalasida Farhod va Maj-
nun bilan qismatdosh (zotan, dunyoni Olloh visoliga ye tish
uchun bir vosita deb biladigan har bir e’tiqod egasi, har qanday
mo‘min uchun dunyo raqibdan boshqa narsa emas). Ammo bu
shunday raqibki, uni o‘rganish, mahv etish yo‘lida ma’shuqa
ko‘rsatmalariga sadoqat bilan amal qilgan insonni mangu sao
datga yetkazadi. Shu bois Iskandar yo‘li qandaydir tilsim xari
tasi yoki ishq jazbasidan kelib chiqadigan xaotik so‘qmoqlar
82
83
oralab o‘tmaydi. Uning yo‘li aniq va ishonchli yo‘l – Qur’oni Ka
rim «xaritasi»ga asoslanadi. Bu xaritani Iskandar hech qachon
qo‘lidan qo‘ymaydi. Xaritada belgilangan yo‘ldan sira chekin
maydi. Qalbidagi ilohiy ishq uni shu qadar qat’iyat va sadoqat
ga olib keladi. Shuning uchun ham biz Iskandarni tom ma’noda
siddiq, uning ishqini esa siddiq ishqi deyishga haqlimiz.
Yuqoridagi ikki asardan farqli o‘laroq «Saddi Iskanda-
riy»da «arusi dahr» xronotopidagi turli-tuman raqiblarga o‘ta
kam e’tibor qaratiladi: jahongirlik shuhrati, hisobsiz boylik,
dunyoning eng go‘zal ayollari (Ravshanak, Mehrnoz, Chin
go‘zali) u qadar hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Iskandar qat’iyat
va so‘ngsiz shijoat bilan o‘z vazifasini bajaradi, xolos. Shu
sabab Olloh marhamatiga erishadi. Dunyo hayotida valiylik,
nabiylik maqomiga erishadiki, na Farhod, na Majnunning ishq
saltanatida egallagan maqomi bunga teng kela oladi.
«Hayrat ul-abror»ning XLIX bobida Iskandar haqidagi
mashhur bir rivoyat keltiriladi. Ayni rivoyat «Saddi Iskandariy»
syujeti finishida ham aynan takrorlanadi. Rivoyat dunyoning
bevafoligi, undan hech kim, hech narsa olib keta olmasligi
haqida. Bu rivoyatda sidq ahlining dunyo haqidagi xulosa
si aks etgan. Umuman, ushbu xulosa «Xamsa»dagi konsep
tual sintezni, ayni paytda, dunyo haqida muallif to‘xtamini
ham ifodalaydi. Qarilik yoki o‘lim arafasi (o‘lim yosh-qarini
tanlamasligi ham ulkan bir xulosa), oxirzamon yoki qiyomat
universal ma’noda dunyo hayotining intihosidir. Bu universal
voqelik Sharq adabiyotida, asosan, qish timsolida tasvir etila
di. Yetti iqlimni o‘z bilimi va hukmi ostiga jamlagan Iskandar
olamshumul safarlari so‘ngida, qish faslida ustozi Arastu bi
lan inson umrining intihosi xususida so‘zlashadi. Mohiyatan
olganda, «Xamsa»dagi «bo‘sh qo‘l» konsepsiyasining nazariy
asoslari shu suhbatda o‘z ifodasini topgan.
Zotan, «Xamsa»ning qayerda tanazzul, keksayish, intiho
ga oid voqealar tasvir etilsa, albatta, qish fasliga bog‘lanadi.
Iskandar syujetida ham ayni mavzu «bo‘sh qo‘l» konsepsiyasi
oldidan keladi. Go‘yo muallif bu bilan o‘z qahramonini dunyo
va uning mohiyati haqidagi ulkan bir xulosaga tayyorlaydi.
Ayni xulosa muallif tilidan shunday bayon etiladi:
Dostları ilə paylaş: |