102
103
«Martin Iden» va «Sarob» romanlari o‘rtasida bir qator
mush taraklik ko‘zga tashlanadi. Bu,
eng avvalo, qahramon
larni tanlash va voqealar rivojida ko‘rinadi. Har ikkala roman
ning bosh qahramoni – ijodkor shaxslar. Ularning har ikkalasi
ham kambag‘al oiladan chiqqan.
Asar voqealari boshlanganda Martin ham, Saidiy ham
ota- onalaridan ajralib, yetim bo‘lib qolgan edilar; har ikkala
qahramonning bu olamdagi eng yaqin kishilari – opalari edi.
Saidiyning bir, Martinning ikki opasi bor edi. Tabiiy qon-qar
doshlik bog‘lab turgan bu opalar o‘z jigariga ona singari har
qancha mehribon bo‘lmasin, ular Martin va Saidiyning yuksak
orzu-niyatlarini anglay olmaydilar. Ruf otasi, onasi, akalari
dan iborat to‘laqonli badavlat oilaning erka farzandi bo‘lgani
singari, Munisxon ham onasi
va akasining mehr-muhabbati
panohida to‘q, betashvish hayot kechiradi.
Har ikkala romanda ham pochcha obrazi bor. Martinning
pochchasi Bernard Xigginbotam va Saidiyning pochchasi Mu
hammadrajab savdogarlik bilan shug‘ullanadi. Ularning ikka-
lasi ham o‘z rafiqalarini ayovsiz xo‘rlaydi, bu mushfiq ayollarni
inson o‘rnida ko‘rmaydi, uka tufayli oilada g‘idi-bidi bo‘lib
turadi. Gertrudaning taqdiri Martinning yurak-bag‘rini ez
gani singari, Saidiy ham opasiga qarab qattiq iztirob chekadi.
Martin ham, Saidiy ham ma’lum muddatga qo‘li kaltalik sabab
pochchalarinikida turishga majbur bo‘ladilar. Har ikkisining
orasi pochchasi bilan boshqalar tushunmaydigan orzu-niyat
lar tufayli – Martinda adib bo‘lish orzusi, Saidiyda esa o‘qishga
kirish niyati tufayli buziladi.
Har ikkala asar qahramonlarining hayotidagi juda muhim
o‘zgarish – ular ilohiy muhabbat bilan sevgan qizni uchratish
lari voqeasi bilan boshlanadi. Ruf ham, Munisxon ham yuqori
tabaqa vakili bo‘lib, Martin uchun ham, Saidiy uchun ham qo‘l
yetmas yuksaklikda yashaydilar.
Voqealar har ikki romanda bir-biriga mushtarak ravishda
rivojlanib boradi. Yuqori tabaqaga mansub bo‘lgan boy-ba
davlat qizga erishish maqsadi Martin va Saidiyni birdek izti
robga solib, ulardagi ichki kuchni uyg‘otib yuboradi. Har ik
kala yigit o‘z sevgilisiga munosib bo‘lish, unga erishish uchun
jamiki imkoniyatni ishga soladilar. Martin va Ruf o‘rtasidagi
muhabbatni Rufning yaqinlari qabul qila olmaganlari singari,
Munisxonning akasi Muxtorxon ham ikki yosh o‘rtasidagi mu
nosabatga yuzaki qaraydi, bilib turib o‘zini bilmaslikka soladi.
Voqealarning keyingi rivoji roman mualliflarining badiiy
maqsadiga ko‘ra turlicha rivojlanadi. Martin kapitalizm sha-
roitida mumkin bo‘lgani singari kutilmagan muvaffaqiyatga,
katta boylikka erishadi. Saidiy esa mustabid tuzumning ming-
lab qurbonlaridan biriga aylanadi. Yechim esa har ikki asarda
o‘xshash: tabiat tomonidan katta potensial kuch ato etilgan,
yuksak orzu-maqsadlar bilan yashagan
ikki navqiron yigit
xudkushlikka yuz tutadilar.
«Martin Iden» va «Sarob»da motivlararo mushtaraklik ham
ko‘zga tashlanadi. Binobarin, voqealar Martin va Saidiyning
o‘zlari uchun yangi bo‘lgan muhitga – birining o‘zi yot bo‘lgan
tabaqa vakillari xonadoniga, ikkinchisining universitetga qa
dam qo‘yishi bilan boshlanadi. Rufni ham, Munisxonni ham
birinchi ko‘rishdayoq yigitda barq urib turgan sog‘lom nav
qironlik o‘ziga jalb qiladi; umuman, har ikkala qiz ijtimoiy ta
fovut haqida o‘ylab ko‘rishga, bu yigitlarning yuksak ma’naviy
dunyosi bilan tanishishga ulgurmay,
tabiiy maylning asiri
bo‘lib qoladilar. Har ikkala romanda birinchi uchrashuvdayoq
maftun bo‘lish motivi bor. Bu romanlarda qahramonlar xa-
rakterini ishlashda ham mushtaraklik ko‘zga tashlanadi. Har
104
105
ikki yigit ma’shuqa nazariga tushish uchun favqulodda vazi
yat tug‘ilishini orzu qiladi. Martin va Ruf, Saidiy va Munisxon
ning muloqot qilib turishlariga vosita bo‘ladigan badiiy detal
– kitoblar, mutolaa edi. Kitob vosita bo‘lgani har ikki asarda
bir-biriga o‘xshash epizod orqali muayyanlashtiriladi. Har ikki
romandagi velosiped detali, velosipedda shahardan tashqa
riga sayrga chiqish epizodi, Martin va Saidiyning matbuotda
chiqadigan asarlarini ustunlar bilan o‘lchashi, yozuvchilikdan
maqsad – boylik orttirish orqali ma’shuqa vasliga erishish
ekani, jamiki orzu-a’mollaridan judo bo‘lgan oshiqlarning bir
payt qo‘l yetmas yuksaklikda deb tasavvur qilingan, pirovardi
da esa bosh egib kelgan mahbubani rad etishlari kabi motivlar
ham mushtarak.
Ammo bu mushtarakliklar Abdulla Qahhor romanining ori-
ginal asar ekanini rad etishga asos bo‘lolmaydi. Chunki o‘x-
shash syujetlar boshqa yozuvchilar
ijodida ham uchrab turadi
1
.
Har ikki romanda davr psixologiyasiga moslasha olmagan
qahramonlarning tragik qismati qalamga olingan. Qiyosla
nayotgan ikki romanda bir-biridan keskin farq qiladigan ikki
xil milliy psixologiya tasvirlangan. Milliy psixologiya ko‘proq
oilaviy-maishiy masalalarda namoyon etilgan.
Jek London qahramon ruhiy dunyosini batafsil, tadri
jiy o‘sishda ko‘rsatadi va badiiy psixologizmning monolog,
gallyutsinatsiya va psixologik parallelizm shakllaridan keng
foydalanadi. Abdulla Qahhor esa o‘z qahramonlarining ru
hiy-psixologik holatlarini ko‘proq ularning xatti-harakati, qi
liqlari orqali ko‘rsatadi. Fikrlar,
hislarning uzluksiz oqimini,
dialektikasini ko‘rsatish (analitik prinsip) «Sarob»da ko‘p uch
ramaydi.
1
Норматов У. Адабий ўхшашликлар хусусида // Норматов У. Етуклик. – Тошкент:
Адабиёт ва санъат, 1982. – Б.120 – 133.
Dostları ilə paylaş: