98
99
Van Gog impressionizm oqimiga mansub rassom bo‘lgan.
Yangi shakllangan impressionizm va uning vakillarini Yev
ropa, boshqa har qanday yangilik va hamma joyda bo‘lgani
singari darhol hazm qila olmaydi, chunki ular «o‘z asarlarida
xunuklik va axloqsizlikni tasvirlashadi» va shu orqali «achchiq
haqiqat tomon, undan esa chin go‘zallikni» ko‘rsatishga inti-
lishadi. Dastlabki qarashda paradoksal bu ibora aslida roman
mohiyatini, mag‘zini, g‘oyaviy mazmunini ifodalaydi.
Asarda kuchli pafos va bo‘rttirish usuli yetakchilik qiladi.
Van Gog xarakteriga xos xususiyatlar shunchaki sanab o‘til
may, voqealar vositasida ochib boriladi. Asarda doim pulga
muhtoj, och va telbalarcha yuradigan Van Gog umri past tab
aqa vakillari: konchilar, fohishalar, kambag‘al dehqonlar orasi
da kechadi. Ular bilan birga achchiq hayot kechiradi. Qo‘lidan
kelgancha mehr-oqibatli bo‘lib, ulardan yordamini ayamaydi.
Konchilarning og‘ir ahvolini ko‘rib achinganidan oxirgi ki
yimigacha bo‘lib beradi.
«The suit of clothes he left with the old
man who had fragile written across his back. The underwear and
shirts he left for the children, to be cut and made into little gar-
ments. The socks were distributed among the consumptives who
had to descend Marcasse. The warm coat he gave to a pregnant
woman whose husband had been killed a few days before by a
cave-in, and who had to take his place in the mine to support her
two babies»
1
. («U egni-boshini ortiga mo‘rt yozuv bitilgan qari
yaga qoldirdi. Ichki kiyim va ko‘ylagini yosh bolalarga ko‘ylak
cha qilib bichish, tikish uchun hadya qildi. Pay poqlarini Mar
kass shaxtasiga tushib, silga chalinganlarga bo‘lib berdi. Issiq
paltosini bir necha kun oldin shaxtada ro‘y
bergan baxtsiz
hodisada halok bo‘lgan erkakning homilador bevasiga berdi;
1
Stone Irving. Lust for Life. – New York: Pocket books, 1945. – P.69.
Chunki ayol ikki go‘dagini boqish uchun erining o‘rnini egal
lashga majbur bo‘lgandi»).
Ko‘rinib turibdiki, Vinsent tabiati uning xatti-harakatlari
da ko‘rsatilgan. Muallif bunday batafsil tasvir orqali Vinsentda
fidoyilik va yuksak shafqat bilan xarakterlanadigan insonpar
varlik hissi hamma narsadan ustun turishini ko‘rsatadi. Key
ingi boblardagi voqealar ham muallifning bosh qahramonga
xos aynan ana shu xususiyatga ayricha e’tibor qaratganini
ko‘rsatadi.
Asarda Van Gog timsolida insonparvarlik va fidoiylik ulug‘-
lanadi. Bosh g‘oya ham mana shu.
N.Normatovning «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati»
asarida o‘zbek rassomining insonparvarligi va fidoyiligi milliy
mentalitet doirasida tasvirlangan. Adib asarda o‘z qahramoni
xarakterini ko‘proq muallif xarakteristikasi va bayon vositasi
da yoritishga harakat qilgan.
Muallif asar davomida qahramonining odamiyligi, o‘zbek
xalqi ayniqsa, o‘z yurti Surxon
zamini odamlariga cheksiz
muhabbatini voqealar orqali ham ko‘rsatib boradi. Binobarin,
Ro‘zi Choriyev o‘z kartinalarida aynan oddiy xalq vakillarini
aks ettiradi. Negaki san’at mazmunini butun olam va uning
markazida turgan insonga bo‘lgan muhabbat tashkil qiladi.
Ana shunday muhabbatsiz olamni ham, odamni ham real aks
ettirish mumkin emas. Roman muallifi ana shu haqiqatni te-
ran anglagan holda, o‘z qahramonining insonga bo‘lgan mu
habbatini birinchi planga olib chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, I.Stounning «Hayot ishtiyoqi» va
N.Normatovning «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati» ro-
man lari
bosh qahramon tanlash tamoyili, qalamga olingan
mavzu va badiiy g‘oya nuqtayi nazaridan mushtarak. Ammo
tarixiy-ijtimoiy sharoit, milliy mentalitet,
tarixiy shaxs
100
101
bo‘lgan bosh qahramon ruhiy olami, hayot tarzi,
orzu-inti-
lishlarining turlichaligidan kelib chiqadigan o‘ziga xoslikdan
tashqari, har bir yozuvchining individual tasvir usuli, voqea-
larni tanlash tamoyili mavjud. Nodir Normatov romanida,
Irving Stoun asaridagidan farqli o‘laroq, ayrim o‘rinlarda ba-
yon, muallif munosabati, publitsistik uslub yetakchilik qiladi.
«Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati»da «Hayot ishtiyoqi»dagi
singari syujet izchil, voqealar ketma-ketligida rivojlanib bor
maydi. Yozuvchi asarning uch qismida uch xil kompozitsion
qurilmadan foydalanadi. Bu qismlarda voqealar davom etmay
di, balki bu qismlar bir-birini to‘ldirishga, chuqurlashtirishga,
ma’lum hodisaga turli rakursdan qarashga, o‘quvchining tur
licha idrok etishiga yo‘naltirilgandir. Nodir Normatov roma
nida an’anaviy va modern romanchilik uslublarining sintezini
ko‘ramiz. Umuman, mazkur roman o‘zbek adabiyotida o‘ziga
xos hodisadir.
Dostları ilə paylaş: