92
93
digan lahzasidan, ya’ni Mikelanjelo san’at
olamiga kirib ke-
lishidan; ikkinchisi – o‘n sakkiz yoshli yigit Ibn Sinoning hali
yosh bo‘lishiga qaramasdan elga tanilgan, bilim olishning
eng yuqori pallasiga ko‘tarilgan davridan boshlanadi. Qah
ramonlarning bolalik yillari, ota-onalari to‘g‘risida ma’lumot
retrospeksiyada beriladi. Bu bilan biografik roman mualliflari
kitobxonni
bayon bilan zeriktirmay, syujet tuguni sifatida
o‘z qahramonlari hayotining ziddiyatlar,
konfliktlar, bo‘ronli
ijodiy hayot, boshqacha aytganda, iztiroblar va quvonchlar
boshlanadigan dramatik momentini belgilaydilar. O‘quvchi
ni voqealar girdobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
jalb qilib, qiziqtirib
qo‘yadilar. «Iztiroblar va quvonchlar»ning dastlabki sahifala-
rida freska chizish bo‘yicha birinchi ustozi Girlandayo bilan
dastlabki uchrashuvga otlanishi arafasida hayajondan kechasi
uxlolmay chiqqan Mikelanjeloning ichki hissiyotlari tasvirlan
gan. Undan so‘ng Mikelanjelo tug‘ilgan Florensiyaning ko‘hna
ko‘chalari, arka va gumbazli binolari, marmardan o‘ymakorlik
yo‘li bilan yaratilgan fasadlar, haykallar, bozorlarni ekspozit
siya sifatida badiiy tasvirlaydi.
«Ibn Sino»da muallif asarni Buxoroyi sharifning gumbazli
binolari, tor ko‘chalari, bozor-u do‘konlari tasviridan boshlay
di, so‘ng alloma Ibn Sinoning kitob do‘konidan
Forobiyning
«Ilohiyot» risolasini sotib olib, kechasi bilan uxlamasdan «za
kiy muallim»i bilan gaplashib chiqqani voqeasini bayon etadi.
Asarning dastlabki qismlarida ora-orada har ikki allomaning
ota-onalari, oila a’zolari haqida ma’lumot berib boriladi. Bu
ma’lumotlar qatoriga Mikelanjeloning ukalari, tuqqan ona
si va tug‘ilish voqeasi, o‘gay onasi, uning pazandaligi, ital-
yancha
ovqatlar, odatlar; Ibn Sinoning ota-onasi va ular-
ning to‘ng‘ichlariga mehr-ixloslari, allomaning yagona ukasi,
Afshonadagi dala hovlilari, bolalik xotiralari kiradi.
Ikkala asar
Dostları ilə paylaş: