A.Naumov tarjimasi:
Опять весна в холмы упала,
И землю в зелень облекли,
И вы мигнули мне, тюльпаны
Как маленькие маяки
2
.
1
Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. II том. Шеърлар. – Тошкент: Фан, 1975. – Б.274.
2
Гафур Гулям. Айбек. Стихотворения. Переводы с узбекского. – М.: Детская лите-
ратура, 1983. – С.158.
124
125
Oybek:
Do‘stim, o‘y o‘yla, erinma, his qil,
Xayollar dengizi misli xazina.
Haqiqat duriga to‘ladir chin dil,
Ijod et, chekinma, ixtiro izla.
1
Yu.Neyman tarjimasi:
Ни чувствовать, ни думать не ленись,
Пускай, безбрежен океан познанья,
Прилежно изучай и даль и близ.
Не в познаванье ль наше воздаянье?..
2
Berilgan misollardan anglash mumkinki, she’r tarjimasiga
adekvatlikdan ko‘ra asosan ekvivalentlikning to‘liq turi mos
kelmoqda. Chunki «qisman yoki to‘liq», «nisbiy yoki mut
laq» (Ya.Retsker), ayrim hollarda «formal yoki dinamik» (Yu.
Nayda) kabi ekvivalentlik turlaridan birida yondashish aynan
she’r tarjimasiga xosdir.
Biz yuqorida adekvatlik mohiyati ekvivalentlik mohiyati
bilan umumiy ma’noda uyg‘unlashib ketadi, deb ta’kidlagan
edik. Nazarimizda, shu sababli ayrim tarjimashunos muta-
xassislar ekvivalentlik va adekvatlikni ikki mustaqil atama
sifatida izohlasalar, (A.Shveyser, Ya.Retsker, N.Garbovskiy)
yana bir guruh tarjimashunoslar ekvivalentlik va adekvatlikni
bir-biridan jiddiy farq qilmaydigan bir-biriga sinonim atama
lar sifatida qabul qiladilar (V.Vinogradov, J.Ketford, L.S.Bar-
xudarov, I.Alekseyeva, R.Levitskiy).
Jumladan, rus tilshunos
olimi V.Vinogradov
ekvivalentlikni – teng baholi, adekvatlikni –
birxillik, ya’ni to‘liq muvofiqlik ma’nolarida qo‘llagani va bular
1
Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. II том. Шеърлар. – Тошкент: Фан, 1975. – Б.300.
2
Айбек. Мой голос. Собрание сочинений. Том пятый. Стихотворения и поэмы. –
Тошкент: Литература и искусство, 1987. – С.94.
bir-biri bilan muayyan darajada farqlanmagani sababli ekviva-
lentlik bilan adekvatlik atamalarini bir kategoriyaga mansub
bo‘lgan ikki nomdagi tushuncha deb qabul qiladi. Olim badiiy
asarga, xususan, she’riy tarjimaga adekvat yondashuvda im
kon qadar asliyatni tarjima bilan yaqinlashtirishni ma’qul deb
hisoblaydi. Shu bilan birga V.Vinogradovning fikricha, she’riy
tarjima asliyatning mukammal identifikatsiyasi darajasida ba
holana olmaydi, chunki she’riy asarda vertikal kontekst tur
lari bo‘lgan – allyuziya, realiya, ramzlar ekvivalentlik tarjima
saviyasini tushiradi. Shu bois adekvatlik va ekvivalentlikka
nisbiy hodisa sifatida qarab, bunday nisbiylikning bir necha
darajalarini ko‘rsatib beradi
1
.
Davr ijtimoiy-siyosiy sharoitlarining rivojlanib, o‘zgarib
turishi tarjimashunoslik ilmida ham yangicha qarashlarning
paydo bo‘lishiga ta’sir etmay qolmadi. Amerikalik olim Yudjin
Nayda
2
formal va dinamik ekvivalentlik konsepsiyasida dinamik
ekvivalentlikning shartlarini asliyat bilan tarjima matn larini
chog‘ishtirish yo‘li bilan aniqlamasdan, balki asliyatni ona tili
da qabul qiluvchining reaksiyasini xuddi shu matnning tarjima
tilida qabul qiluvchining reaksiyasi bilan chog‘ish tirish orqali
aniqlamoq kerak, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Uning fikricha,
agar ushbu reaksiyalar intellektual (zakiy) va emotsional (ru
hiy) planda bir-biriga mos tushsa, demak, tarjima ekvivalent
ligi yuzaga keladi. Lingvistika tomonidan qaralgan bu nuqtayi
nazarda ekvivalentlikning umumiy qoidasi keltirilsa-da, o‘z
o‘rnida ushbu qoida adekvatlikka ham taalluqli ekanidan dalo
lat beradi. Olimning ta’kidlashicha, badiiy asar spetsifikasiga
1
Виноградов В. Введение в переводоведение (общие и лексические вопросы). – М.:
Издательство института общего и среднего образования РАО, 2001. – С.53.
2
Найда Ю. К. Науке переводить // Вопросы теории перевода в зарубежной лингвистике.
– М., 1983. – С.114.
126
127
xos bo‘lgan so‘z o‘yinlari, idiomatik birliklar adekvatlikka mut
laqo bo‘ysunmaydi. Ya.Retsker monografiyasi da ta’kidlangani-
dek, «adekvatlik kriteriyasida asliyatda mavjud vositalarning
tengligi aynan tarjima natijasini bermagan holatda voqelik-
ning ma’lum bir qismigagina muvofiq uchrashi bilan asliyat
ning maksimal darajadagi yaqinligini ta’minlashi nazarda
tutiladi. Yuqori saviyada mahorat darajasida qilingan tarjima
tahlili uning tenglik darajasini ko‘rsatadi
1
.
Tarjimaga doir fikrlarni hamisha mutlaqlashtirib bo‘lmay
di, chunki har qanday tarjima asarining tahlil natijasi o‘la
roq fikrlar o‘zgarishi sodir bo‘lishi mumkin. Tarjima tanqidi
filologiyaning boshqa sohalaridan shu jihati bilan ham farq
qiladi. Fikrimiz dalili sifatida N.Tixonovning tarjimonlik faoli
yatida, xususan, Oybekning «Chimyon daftari» turkumiga
mansub «Na’matak», «Xayr, Chimyon!» she’rlari tarjimasida
uchraydigan adekvat va to‘liq ekvivalentli yondashuvning
funksional ko‘rinishlarini misol keltirish mumkin. Realistik
tarjima an’analari 50-yillardan boshlangan bo‘lsa-da, ayrim
she’rlarning o‘ttizinchi yillardanoq adekvat tarjimalari mav
jud edi. «Birinchi qor», «Xayr, Chimyon!», «Yor ko‘zlarining...»,
«Na’matak» kabi she’rlarni misol keltirish mumkin.
«Na’matak» badiiy latofati ufurib turgan betakror lirik she’r
namunalaridan biri sifatida XX asr o‘zbek she’riyatida o‘rniga
ega. Ushbu she’rning g‘oyaviy maqsadida go‘zallikning ezgulik
yaratishga qodir ekanini anglatuvchi badiiy niyat mujassam.
Shoir badiiy niyatini mujassamlantirishga xizmat qiluvchi
tasviriy-ifodaviy vositalar, so‘z o‘yinlari uning rus tilidagi tar
jimasida ham nafaqat fikr bilan fikrning, jumla bilan jumla-
ning va shakl bilan shaklning, shuningdek, qofiya tartibi, she’r
1
Рецкер Я. Теория перевода и переводческая практика. Очерки лингвистической
теории перевода (Наше наследие). – М.: Валент, 2007. – С.16.
ohangdorligida ham Oybekni aynan takrorlaydi. Agar nisbiy
ekvivalentlik matn shakli yoki mazmunini «aynan»lashtirish
maqsadida ish ko‘radigan bo‘lsa, unda matnga dinamik yoki
formal yaqinlashish talab etiladi. Adekvatlikda va to‘liq ek
vivalentlikda har ikkisi ham asliyat bilan «aynan»lashtiriladi.
N.Tixonov «Na’matak» she’ri tarjimasida formal, ham dinamik
ko‘rinishda ana shu aynanlikni qayta tiklay olgan. Tarjimon
ijodida formalizm shakli asliyatning grammatik va uslub xu-
susiyatlari qandaydir nusxa olish bilan emas, balki muallif tili
va uslub xususiyatlarini o‘zbek tilining tabiati va tabiiy imkoni
yatlari darajasida aks ettira olganlik mahoratidan kelib chiqadi:
Nafis chayqaladi bir tup na’matak,
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul!
Viqor-la o‘shshaygan qoya labida –
Nafis chayqaladi bir tup na’matak...
1
Чудно качается куст Наъматака
Там, наверху в ветровой колыбели,
Солнцу – корзина цветов белоснежных.
Гордо над краем утесистой щели
Чудно качается куст Наъматака…
2
N.Tixonov va Oybek shoir, yozuvchi, tarjimon, adabi
yotshunos bo‘lib faoliyat yurgizishgan. Ular bir-biri bilan
ijtimoiy-siyosiy hayotda hozirjavob publitsist, g‘oyaviy qa
rashlari o‘zaro monand ham edi. Bir adabiy, siyosiy muhit
1
Ойбек. Танланган асарлар. Тўрт томлик. Биринчи том. Шеърлар, поэмалар. – Тошкент:
Бадиий адабиёт, 1957. – Б.182.
2
Гафур Гулям. Айбек, Хамид Алимджан. Стихотворения и поэмы. Большая серия. – Л.,
1980. – С.285.
128
129
da ijod qilgan bo‘lsalar-da, his-tuyg‘ularini she’riy satrlarga
ko‘chirishda har ikki ijodkor ham mohir ekanligi ma’lum. Oy
bekning o‘zi ham tarjimon bo‘lgani bois, yaqin do‘sti N.Tix
onovning «Na’matak» she’rini ruschaga o‘girganidan, tarjima
tilidan ko‘ngli to‘lgan va ijobiy baholagani haqida xotira yoz
gan.
1
Umuman, N.Tixonov tarjimonlik faoliyatida Oybekning
«Xayr Chimyon!», «Ilk qor», «Yor ko‘zlarining ishqini, xumor
ini yod et» kabi lirik she’rlari mukammal tarjimalar sifatida
baholanishi mumkin. Ushbu she’r tarjimalari ekvivalentlik
va adekvatlik talablariga to‘liq javob beradi. Shu bois, davrlar
o‘tsa ham, ushbu she’rlarning yuqoridagi muqobil tarjimalari
boshqa mutarjimlar tomonidan o‘giri lishga ehtiyoj sezmay
di. Chunonchi, «Yor ko‘zlarining ishqini, xumorini yod et»
she’rini tarjima bilan solishtirganimizda she’rning muallifi
Oybek tarjimoni N.Tixonov, yoki aksincha, she’rni yozgan
N.Tixonov, uni tarjima qilgan Oybek mi degan savol tug‘ilishi
tabiiy. Chunki she’r tarjimasi bilan favqulodda o‘xshash ho
latda talqin etilishi G‘.Salomov ta’kidlaga nidek, «mo‘jiza»ga
o‘xshaydi:
Yor ko‘zlarining ishqini, xumorini yod et!
Dostları ilə paylaş: |