142
143
muallifi. Uning asarlari qiyosiy adabiyotshunoslikda tarjima va
talqin, tahlil va talqin kabi masalalarga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kurt Vays (XXasr) – nemis komparativist olimi, Tyubin
gen universiteti professori. Qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yi
cha yaratilgan «Yevropa xalqlarining zamonaviy adabi
yoti»(1939), «Qiyosiy adabiyotshunoslikda tadqiqotchilik
mu am molari»(1948) kabi jamoaviy ilmiy asarlarning tashab
buskori bo‘lgan.
D.Dyurishin (1928–1997) –
qiyosiy adabiyotshunoslik
nazariyasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan slovak oli
mi, adabiyotni tipologik jihatdan o‘rganish yo‘nalishining
jahondagi eng yirik mutaxassisidir. Olimning «Slovak realis-
tik hikoyachisi va N.V.Gogol»(1966), «Adabiy komparavisti
ka muammolari» (1967), «Adabiy komparavistika tarixi va
nazariyasidan»(1970), «Adabiyotni qiyosiy o‘rganish»(1972),
«Adabiy komparativistik nazariya»(1975), «Slovak
adabiy
komparavistikasi tarixi»(1979), «Slovak adabiy komparavisti
kasi bibliografiyasi»(1980) kabi bir necha kitoblari jahonning
ko‘plab tillariga tarjima qilingan. D.Dyurishinning «Adabiyot
ni qiyosiy o‘rganish nazariyasi» asarida jahon adabiyotshunos
ligida qiyosiy tahlil metodining paydo bo‘lishi, shakllanishi
yoritilgan. U tipologik tahlil adabiyotshunoslik uchun mu
him masalalaridan biri ekanini ko‘rsatadi va uning vazifa sini
adabiy ta’sirning tipologik va genetik (adabiy asarlar, yozuv-
chilarning
ijodiy merosi, adabiy maktablar, janrlar,
uslub lar
shakllanishi va boshqalar) mohiyatini aniqlash, ularning ichki
qonuniyatlarini ochishdan iborat deb belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: