Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

N.I.Konrad (1891–1970) – rus sharqshunos olimi, faylasu­
fi va tarjimoni. Yapon, xitoy va turkiy xalqlar adabiyotini jahon 
adabiyoti kontekstida o‘rganib, fan uchun muhim ilmiy asarlar 
yozib qoldirgan. Adabiy aloqalar va adabiy ta’sir masalalari qi­
yosiy adabiyotshunoslikning obyekti ekanini nazariy jihatdan 

Дима А. Принципы сравнительного литературоведения. – М.: Прогресс, 1977. – С.121.


144
145
asoslab bergan. «G‘arb va Sharq», «Adabiyot va teatr», «Alisher 
Navoiy va Renessans» kabi ko‘plab ilmiy asarlar muallifi.
Ye.E.Bertels (1890–1957)rus eronshunos va navoiy-
shunos olimi. «Firdavsiy», «Navoiy va Attor», «Navoiy va Jo-
miy», «Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti», «Nizomiy», «Jomiy» 
kabi o‘nlab ilmiy asarlar muallifi. Fan tarixida birinchi bo‘lib 
Yevropa olimlarining «Navoiy forsiy adabiyotning taqlidchisi» 
degan metodologik xatosini o‘z ilmiy asarlari bilan isbotla­
gan. Deyarli barcha asarlari tilshunos va adabiyotshunos olim 
I.Mirzayev tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
I.G.Neupokoyeva (1917–1977) – rus komparativist oli­
masi, adabiy aloqalar qiyosiy adabiyotshunoslikning predmeti 
ekanini o‘zining bir qancha ilmiy maqola va monografiyala-
rida isbotlab bergan. I.G.Neupokoyeva adabiy aloqalarni ta-
rixiy ehtiyoj, tajriba almashish maydoni ekanini e’tirof etib, 
adabiyot hech qachon boshqa millat adabiyotlaridan ayri hol­
da rivojlana olmasligini ta’kidlagan. «Zamonaviy adabiyotlar-
ning o‘zaro ta’siri muammolari»(1963), «Tizimli va qiyosiy 
tahlil asoslari»(1976) kabi fundamental asarlar muallifi.
M.P.Alekseyev (1896–1981) ) – rus va G‘arbiy Yevropa 
ada biyotini qiyosan o‘rgangan olim, akademik. O‘zining «Qi­
yosiy adabiyotshunoslik» nomli kitobida roman nemis xalqlari 
adabiyotidagi parallellar nazariyasini yaratgan.
Shuningdek, Emil Zolya va Chernishevskiy, Gogol va To­
mas Mur, Monteske va Kantemir kabi adiblarning qarashlarini 
qiyosan o‘rgangan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin