148
149
asarlarda qotil va maqtul obrazi, xazina izlash syujeti, muhab
bat motivi va h.k.
Sayyor syujetlar – bir xalq adabiyotidan boshqa bir xalq
adabiyotiga, ayniqsa, folkloriga ko‘chib yuruvchi syujetlar.
Masalan, uch og‘ayni botirlar, uyqudagi malika, sirli orol bilan
bog‘liq syujetlar. Atama birinchi marta nemis olimi T.Benfey
tomonidan qo‘llanilgan. U 1859-yilda hind adabiyoti mum
toz namunasi «Panchatantra»ni o‘rgana turib,
undagi har
bir hikoyatga adabiy parallel, ya’ni boshqa xalqlar adabiyoti
da shunga o‘xshash syujet topadi va syujetlar migratsiyasi
(ko‘chishi) haqidagi nazariyani yaratadi.
Sayyor syujetlarni
adabiy hodisa sifatida o‘rganish, Sharq va G‘arb adabiyoti alo
qalarini yoritish maqsadida T.Benfey «Orient und Occident»
deb nomlangan davriy jurnal chiqara boshlaydi. Uning bu
boradagi nazariy qarashlarini rus olimi V.M.Jirmunskiy da
vom
ettirgan
1
. Sayyor syujetlarni kuzatish asosida turli mil
lat adabiyotlarida yaratilgan nasr va nazm namunalarini keng
o‘rganish, adabiy hamkorlikning
muhim jihatlarini aniqlash
mumkin.
1
Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение: Восток и Запад. – Л.: Наука, 1979.
Dostları ilə paylaş: