KOMPARATIVIST OLIMLAR Qiyosiy adabiyoshunoslik yo‘nalishida ilmiy ish olib borish
ni maqsad qilgan tadqiqotchi, albatta, komparativist olimlar
va ularning ilmiy-nazariy xulosalari, qiyosiy adabiyotshunos
lik rivojiga qo‘shgan hissasini bilishi kerak. Shu maqsadda
dunyoga mashhur yevropa va rus komparativistlari to‘g‘risida
qisqacha ma’lumot beramiz.
I.G.Gerder (1744–1803) shoir va yozuvchi, tarjimon, qi
yosiy adabiyotshunoslik borasida ilk nazariy fikrlar bildirgan
nemis olimi. O‘zining «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar»
(1784) asarida birinchilardan bo‘lib barcha yevropa xalqlari
uchun umumiy bo‘lgan, yagona madaniy tarixiy jarayonning
birligi g‘oyasini ilgari suradi. «Nemis adabiyotidan lavhalar» ki
tobidan esa bu fikrni mantiqan davom ettirib, barcha yevropa
xalqlari uchun umumiy bo‘lgan adabiy hodisalar, an’analar kabi
masalalarni yoritadi. «Xalq qo‘shiqlari» antologiyasida (1778–
1779) badiiy adabiyotda folklorning o‘rni va yevropa xalqlari
uchun mushtarak tomonlari haqida so‘z yuritadi.
I.V.Gyote (1782–1832) shoir, olim, tarjimon, I.G.Gerder-
ning mushtarak madaniy jihatlar haqidagi nazariyasini davom
ettirib, fanga «jahon adabiyoti» atamasini olib kirgan. Mash
hur «Faust», «G‘arb-u Sharq devoni» va ko‘pgina boshqa asar
lar muallifi. Ayniqsa, uning «G‘arb-u Sharq devoni» qiyosiy
metodologiyaga asoslanib yozilgan asar bo‘lib, unda G‘arb
va Sharq – jahon adabiyotini tashkil qiluvchi ikki buyuk qoya
ekani isbotlab berilgan. Shuningdek, G‘arb va Sharq doimiy
adabiy aloqada ekani, ular orasida umumiy adabiy qonuniyat
lar mavjudligi ochib berilgan.
T.Benfey (1809–1881) nemis olimi, sanskritolog, qiyosiy
adabiyotshunoslik nazariyotchisi.
Ufan olamida birinchi bo‘lib
«syujetlar migratsiyasi», ya’ni syujetlarning jahon adabiyo
ti bo‘ylab ko‘chib yurish nazariyasini yaratgan. Olim qadim
sanskrit asari bo‘lgan «Panchatantra»ni tarjima va tadqiq qila
turib, undagi syujetlar ko‘chib yuruvchi syujetlar ekanini, turli
xalqlar folklorida uchrashini qiyoslash metodi orqali isbotlab
bergan. T.Benfey fan olamida birinchi bo‘lib, «Orient und Oc
cident» («Sharq va G‘arb») jurnaliga asos solgan. Bu jurnalda
dastlabki qiyosiy tadqiqotlar o‘z aksini topgan. Bugungi kunda
olim asos solgan «syujetlar migratsiyasi» nazariyasi asosida
bir qancha ilmiy loyihalar bajarilmoqda
1
.