Adabiyot nazariyasi – so`z san`atining mohiyati, sotsial tabiati, taraqqiyot qonuniyatlari, kishilik jamiyati rivojidagi o`rni va rolini, o`ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi.
Adabiyot tarixi
Adabiyot tarixi – so`z san`atining vujudga kelishi va rivojlanishini tadqiq etadi. Kishilik jamiyat rivojida badiiy adabiyotining roli va ahamiyatini belgilaydi. Adabiyot tarixi adabiyot nazariyasi qoidalariga suyanib ish ko`radi va, ayni chog`da, uni yangi ilmiy xulosalar bilan boyitadi.
Adabiy tanqid
Adabiy tanqid – har bir davrning adabiy hodisalari, yozuvchilari ijodi haqida o`z vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari va o`z zamonasining ijtimoiy talabalari nuqtai nazaridan tahlil etadi, baholaydi
Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari:
Adabiyotshunoslikning istoriografiyasi – adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning barcha davrlardagi tarixiy taraqqiyotiga oid materiallar majmui, ularning umumlashmasi. Istoriografiya adabiyotshunoslik fanlari erishgan yutuqlari umumlashtirish yo`li bilan uning taraqqiyotiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Matnshunoslik – tadqiq etish, sharhlash, ommabop yoki akademik nashrga tayyorlash maqsadida adabiyot va folklor asarlarini o`rganish, ularning yaratilishi tarixini aniqlash, aslga yaqinroq matnini tiklash iishlari bilan shug`ullanadi. Matnshunoslik badiiy asarning u yoki bu nusxasi yoxud nashri nechog`li mukammal, nomukammallgi bilan shug`ullanadi.
Adabiyot bibliografiyasi
Adabiyot bibliografiyasi – badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid asarlar ko`rsatkichi matnlar, maqolalar, materiallar va manbalarni aniqlaydi, tadqiq etilayotgan mavzuning ishlanish tarixini kuzatib borishga yordam beradi.