Adliya vazirl



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə47/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

69. Jamoatchilik eshituvi deganda nimani tushunasiz?
10-modda. Jamoatchilik eshituvi
Davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoxud fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan yig‘ilish jamoatchilik eshituvidir.
Jamoatchilik eshituvini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari o‘tkazishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan yoki daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvi ommaviy va ochiq o‘tkaziladi. Jamoatchilik eshituvining ishtirokchilari jamoatchilik eshituviga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘z fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli.
Jamoatchilik eshituvining tashkilotchisi jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalar, eshituvni o‘tkazish muddati va tartibi to‘g‘risidagi axborotni oldindan e’lon qiladi. Bunda tashkilotchi o‘z ixtiyoridagi, jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalarga taalluqli bo‘lgan materiallardan jamoatchilik eshituvining barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini ta’minlaydi.


70. Jamoatchilik ekspertizasi deganda nimani tushunasiz?
12-modda. Jamoatchilik ekspertizasi
Jamoatchilik ekspertizasi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni o‘rganish hamda baholashdan iboratdir.
Jamoatchilik ekspertizasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o‘tkazishi mumkin.
Jamoatchilik ekspertizasining tashkilotchisi tegishli sohada zarur bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jamoatchilik asosida jalb etishi ham mumkin.



Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin