137-modda. Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. 138-modda. Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir. 139-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi. 140-modda. Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan amalga oshiriladi hamda u odil sudlovni to‘liq va mustaqil amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
72.Jamoatchilik fikrinio‘rganishdeganda nimani tushunasiz? 13-modda. Jamoatchilik fikrini o‘rganish Jamoatchilik fikrini o‘rganish turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining qonunchilik talablariga rioya etishiga, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risidagi fikrini baholash maqsadida axborotni yig‘ish, umumlashtirish hamda tahlil etishdan iboratdir. Jamoatchilik fikrini o‘rganishni nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq o‘tkazishi mumkin.