81.Saylovnatijalarinie’lonqilish(hammagama’lumqilish)haqidama’lumot bering. 97-modda. Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi). Mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda e’lon qilinadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilinadi.
82. Parlamentnazorati natijalari haqida ma’lumotbering? 21-modda. Parlament nazorati natijalari Parlament nazorati subyektlari o‘z vakolatlari doirasida parlament nazorati natijalari bo‘yicha: hukumat a’zosini iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishi; tegishli davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan takliflar va tavsiyalar kiritishi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan ma’ruzalarni, hisobotlarni, axborotni hamda boshqa materiallarni ular yuzasidan mulohazalar va takliflarni ko‘rsatgan holda ushbu organlarga maromiga yetkazish uchun belgilangan tartibda qaytarib yuborishi; parlament nazorati materiallarini vakolatli davlat organlariga o‘z vakolatlariga muvofiq ko‘rib chiqish uchun yuborishi; fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi; mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga takliflar va tavsiyalar kiritishi; yangi qonunchilik hujjati loyihasini ishlab chiqish yoki amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqishi; parlament nazorati natijalarini e’lon qilishi mumkin.