83. “Hukumat soati” degandanimani tushunasiz? 101-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta o‘z majlisida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi). “Hukumat soati”ni o‘tkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat a’zolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan “hukumat soati”ni o‘tkazishdan kamida o‘n kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi. Vazirlar Mahkamasi savollar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi. “Hukumat soati” yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.
84.MahalliyKengashlardeputatligiganomzodlargaqo‘yiladigantalablar nimalardaniborat? 16-modda. Xalqdeputatlari Kengashini saylash Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq viloyat, tuman, shahar aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining ayrim joyida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida ushbu joyda joylashgan xalq deputatlari Kengashlariga saylov o‘tkazilmaydi. 85. Sudyalarintizomiy javobgarliginingasoslari qanday?