95. Referendumo‘tkazishningasosiyprinsiplar nimalardan iborat? 5-modda. Referendum o‘tkazishning asosiy prinsiplari Referendum fuqarolarning o‘z xohish-irodasini umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda teng asoslarda ishtirok etadilar. Har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi. Fuqarolarning o‘z xohish-irodasini bildirishi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda bevosita ishtirok etadilar.
96.Saylovqonunchiligigamuvofiq,Senatnishakllantirishasoslarihaqida ma’lumotbering. 75-modda. Senatni shakllantirish Senat hududiy vakillik palatasi hisoblanadi. Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senatning vakolat muddati — besh yil. 76-modda. Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. 77-modda. Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashning saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin. 78-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisini o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlisini (bundan buyon matnda qo‘shma majlis deb yuritiladi) chaqirish Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘shma majlis, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, mahalliy Kengashlarga saylov yakunlari e’lon qilinganidan (hammaga ma’lum qilinganidan) keyin uch kunlik muddatda Senat a’zolarini saylash uchun qo‘shma majlislar o‘tkazilishini e’lon qiladi. Markaziy saylov komissiyasining qo‘shma majlislarni o‘tkazish sanasi, vaqti hamda joyi ko‘rsatilgan qarori ommaviy axborot vositalarida, shuningdek uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi). Qo‘shma majlisni Markaziy saylov komissiyasi a’zosi ochib, eng obro‘li, tajribali, katta yoshli deputatlar orasidan majlisga raislik qiluvchi to‘g‘risida taklif kiritadi. Qo‘shma majlisning ishini olib borish uchun ochiq ovoz berish orqali uch kishidan besh kishigacha miqdorda ishchi hay’at saylanadi, shuningdek tushgan takliflarni hisobga olish va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish uchun uch kishidan iborat Kotibiyat tuziladi. 79-modda. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish qo‘shma majlisda amalga oshiriladi. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish uchun raislik qiluvchining taqdimnomasiga binoan ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan Maslahat kengashi saylanadi. Maslahat kengashi katta tajribaga ega bo‘lgan eng obro‘li, katta yoshli deputatlar orasidan, qoida tariqasida, har bir mahalliy Kengashdan bittadan vakil saylanadi. Maslahat kengashi o‘z raisini saylaydi. Maslahat kengashi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li deputatlar orasidan Senat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rsatadi va ko‘rib chiqadi hamda saylov byulleteniga kiritish uchun taklif kiritadi. Nomzodlarning alohida-alohida eshituvi va muhokamasi natijalariga ko‘ra qo‘shma majlisda ularni saylov byulleteniga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputatlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan Senat a’zoligiga nomzod saylov byulleteniga kiritilgan hisoblanadi. Saylov byulleteniga olti nafardan kam bo‘lmagan Senat a’zoligiga nomzodlar kiritiladi. 80-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish Yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini aniqlash uchun qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputatlar orasidan to‘qqiz nafargacha a’zodan, shu jumladan komissiya raisi va kotibidan iborat tarkibda Sanoq komissiyasi saylanadi. Sanoq komissiyasi: Senat a’zoligiga saylov bo‘yicha ovoz berishni tashkil etadi va o‘tkazadi; qo‘shma majlis ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni o‘tkazish vaqti, joyi va tartibini e’lon qiladi; saylov byulletenlarini ularga Senat a’zoligiga har bir nomzodning tug‘ilgan yilini ko‘rsatgan holda, familiyasi, ismi va otasining ismini alifbo tartibida kiritish orqali tayyorlaydi; ovoz beruvchilarning ro‘yxatini aniqlashtiradi, ularga saylov byulletenlarini topshiradi; saylov byulletenining yuz tomoniga muhr qo‘yadi va unda Sanoq komissiyasining kamida ikki nafar a’zosining imzosi qo‘yilgan bo‘lishini ta’minlaydi; ovozlarni sanab chiqadi va yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risida bayonnoma tuzadi; yashirin ovoz berish natijalarini qo‘shma majlisga tasdiqlash uchun kiritadi.