Adliya vazirl



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə52/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

76.Qaysi hollarda sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatiladi?
79-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
1) u sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;
2) u yozma ariza bergan taqdirda;
3) tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari to‘xtatilganidan keyin u sudyalik lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettiravergan taqdirda;
4) u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
5) u O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan yoki uni yo‘qotgan taqdirda;
6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
7) u vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
8) sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra u uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir bo‘lmay qolgan taqdirda;
9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga o‘tishga rozilik bermasa;
10) sudya tomonidan tegishli sudyalar malaka hay’atining qarori bilan sudyaga vakolatlarini tugatish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan, ushbu Qonun 74-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilganda.
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining va rais o‘rinbosarining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining, tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar raisining va sudyasining vakolatlari — tegishli sudyalar malaka hay’ati xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, tumanlararo, tuman, shahar sudlari sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi kiritgan taqdimnomaga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3, 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hollarda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yo‘l qo‘yiladi.
Sudya tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3, 9 va 10-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mustasno.



Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin