Adliya vazirligi boshqa vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday hollarda? Qanday turdagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish muddati u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kam bo‘lmasligi kerak? Huquqiy eksperiment nima? U qanday maqsadlarda o‘tkaziladi? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qanday hollarda qayta ko‘rib chiqilishi lozim? Tushuntirib bering. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qanday turlari mavjud? Texnik jihatdan tartibga solish deganda nimani tushunasiz? Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi tushunchasining mazmunini yoritib bering. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari qaysilar? Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasi deganda nimani tushunasiz? Texnik reglament, umumiy texnik reglament hamda maxsus texnik reglament tushunchalarining mazmunini yoritib bering? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiluvchi idoralar deganda qanday tuzilmalar tushuniladi? Vazirlik va idoralarning buyruqlari va qarorlari bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi sifatida qanday hujjatlar tasdiqlanishi mumkin? Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo bo‘lgan taqdirda Adliya vazirligi qanday harakatlarni amalga oshirishi mumkin? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning qaysi qismiga huquqiy normalar kiritilishi mumkin emas? Qanday hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilinishi mumkin? Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilayotganda ularga qanday hujjatlar ilova qilinishi lozim?