Tartibga solish ta’sirini baholashda «ex-post» usuli haqida gapirib bering. «Ex-ante» usuli bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholashda muammoni tahlili qanday amalga oshiriladi? Unda qanday masalalar o‘rganilishi kerak? Tartibga solinishi kerak bo‘lgan sohada davlat aralashuvining zarurati qanday sabablarni o‘z ichiga olishi mumkin? Fikringizni misollar bilan izohlang. Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobot to‘ldirishda tartibga solish orqali erishilishi lozim bo‘lgan maqsadlarni belgilash, unga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida gapirib bering. Tartibga solishning boshqa muqobil vositalari o‘rganilganida, qo‘shimcha ravishda qanday muqobil usullar majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi kerak: Normativ-huquqiy hujjat loyihasining raqobat muhitiga ta’sirini baholash to‘g‘risida gapirib bering. Normativ-huquqiy hujjatlarni «ex-post» usuli bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholash to‘g‘risida gapirib bering. Tartibga solish ta’sirini baholashda zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni to‘plash uchun qanday usullardan foydalaniladi? Tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida gapirib bering. Tartibga solish ta’sirini baholashda xarajatlar qanday toifalarga guruhlanadi? Tartibga solish ta’sirini baholashda foyda qanday toifalarga guruhlanadi? Tartibga solish ta’sirini baholashda ma’muriy xarajatlar qanday hisoblanadi? Loyihaning raqobat muhitiga ta’sirini baholashda ehtimoliy oqibatlar qanday ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi? Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi nima? Korrupsiyaviy omil va cheklist nima? Korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida gapirib bering. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazish uchun asosiy axborot manbalariga nimalar kiradi?