O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslarini yoritib bering.
O‘zbekiston Respublikasida kimlar advokatlik maqomiga ega bo‘lishi mumkin emas?
Advokat advokatlik faoliyatidan tashqari yana qanday haq evaziga to‘lanadigan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin?
Advokatlik faoliyati uchun litsenziya kim tomonidan va qanday tartibda beriladi?
Advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibini tushuntiring.
Qanday hollarda advokatlik faoliyati uchun litsenziyani berish rad etiladi?
Advokatlik faoliyati uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatlarini berish tartibini tushuntiring.
Advokatlik faoliyati uchun litsenziya talablari va shartlarini tushuntirib bering.
Advokatning vazifalarini ochib bering.
Advokatlik faoliyatini amalga oshirishga monelik qiladigan holatlarni tushuntirib bering.
Advokatlik byurosini tavsiflab bering.
Advokatlik firmasini tavsiflab bering.
Advokatlik firmasida sheriklik shartnomasining mazmunini ochib bering.
Advokatlik firmasida sheriklik shartnomasini tugatish tartibi va oqibatlarini yoritib bering.
Advokatlar hay’atini tavsiflab bering.
Advokatlar hay’atining ta’sis shartnomasi mazmunini ochib bering.
Yuridik maslahatxona shaklidagi advokatlik tuzilmasini tavsiflab bering.
Advokatlik faoliyatining turlarini tushuntirib bering.
Advokatning qanday huquqlari mavjud?
Advokatning ekpertiza o‘tkazish huquqini tushuntirib bering.
Advokatning majburiyatlarini yoritib bering.
Advokat so‘rovining mazmunini yoritib bering.
Advokat so‘rovida qanday ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur?
Qaysi hollarda advokat so‘rovi rad etilishi mumkin?
Advokat yordamchisi maqomini tushuntirib bering.
Advokat stajyori maqomini tushuntirib bering.
Advokatlik siri tushunchasi mazmun-mohiyatini ochib bering.
Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) mazmuni va uni tuzish tartibini tushuntirib bering.
Advokatlik faoliyatining kafolatlari mazmunini tushuntirib bering.
Advokatlar mehnatiga haq to‘lash tartibini yoritib bering.
Advokatning ijtimoiy huquqlarini tushuntirib bering.
Advokatlar palatasining asosiy vazifalarini tushuntirib bering.
Advokatlar palatasining organlarini yoritib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari vazifalarini ochib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari vakolatlarini ochib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining faoliyatini tashkil etishni tushuntirib bering.
Advokat bo‘lishga talabgor shaxs malaka imtihonini topshirish uchun qanday hujjatlarni topshirishi zarur?
Advokat bo‘lishga talabgor shaxsdan malaka imtihonini qabul qilish tartibini yoritib bering.
Advokat bo‘lishga talabgor shaxsdan advokatlik qasamyodini qabul qilish tartibini yoritib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirib bering.
Advokat maqomini to‘xtatib turish qaysi hollarda amalga oshiriladi?
Advokatning intizomiy javobgarligi uchun qanday asoslar belgilangan?
Advokatga nisbatan qanday intizomiy choralar qo‘llanilishi mumkin?
Qanday holatlarda advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish rad etiladi, qo‘zg‘atilgan intizomiy ish yuritish tugatiladi?
Advokatga nisbatan intizomiy jazo qancha muddatdan so‘ng qo‘llanilishi mumkin emas.
Qanday hollarda advokatlik faoliyati uchun litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi?
Qanday hollarda advokatlik faoliyati uchun litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish ma’muriy sudlar tomonidan amalga oshiriladi?
Qanday hollarda advokatlik faoliyati uchun litsenziyaning amal qilishini tugatish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi?
Qanday hollarda advokatlik faoliyati uchun litsenziyaning amal qilishini tugatish ma’muriy sudlar tomonidan amalga oshiriladi?
Advokat maqomini tiklash tartibini tushuntirib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi vazifalarini yoritib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi vakolatlarini yoritib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasida shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibini yoritib bering.
Advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplari mazmunini yoniritb bering.
Advokatning daxlsizligi deganda nimalarni tushunasiz?
Advokatlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi deganda nimalarni tushunasiz?
Advokatlik faoliyatini litsenziyalashda qanday ixtisosliklar belgilanadi?
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash uchun talabgor qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?
Advokatlik tuzilmalariga soliq solish tartibini yoritib bering.
Advokatura va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yoritib bering.
Advokatlik guvohnomasini berish tartibini tushuntirib bering.
Advokatlarning davlat reestri mazmunini ochib bering.
Jinoyat protsessida himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan hollarni yoritib bering.
Advokatlar tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish asoslarini tushuntirib bering.
Himoyachidan voz kechish tartibini yoritib bering.
Advokatlarning malaka oshirish tartibini tushuntirib bering.
Advokatning kasb etika qoidalarining asosiy jihatlarini yoritib bering.
Qonunchilikda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda advokatning rolini yoritib bering.
“Yuridik yordam” axborot tizimi haqida ma’lumot bering.
Yuridik maslahatchilar tashkilotlari qanday yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin?
Yuridik maslahatchilar tashkilotlari qanday faoliyatlarni amalga oshirish huquqiga ega emas?
Yuridik maslahatchilar tashkilotlarini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishining majburiy sharti qanday?
Yuridik maslahatchilar tashkilotlarining huquqlarini tushuntirib bering.
Yuridik maslahatchilar tashkilotlarining majburiyatlarini tushuntirib bering.
Yuridik xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning asosiy shartlarini yoritib bering.
Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlari reestrida hisobga olinishi uchun qanday hujjatlarni taqdim etishi lozim?
Mediatsiya instituti nima?
O‘zbekiston Respublikasida mediatorga doir talablarni yoritib bering.
O‘zbekiston Respublikasida kimlar mediator bo‘lishi mumkin emas?
“Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning amal qilish sohalarini yoritib bering.
Mediatsiyaning asosiy prinsiplarini yoritib bering.
Mediatsiya taraflarining huquq va majburiyatlarini tushuntirib bering.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatini ochib bering.
Mediatsiyaga taalluqli axborotning maxfiyligi deganda nimalarni tushunasiz?
Mediativ kelishuv mazmunini yoritib bering.
Professional mediatorlar reestri mazmunini ochib bering.
Mediatsiyani qo‘llash shartlari qanday?
Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvning mazmunini tushuntirib bering.
Mediatsiyaning tugatilishi shartlarini tushuntirib bering.
Mediatsiyani qo‘llash chog‘idagi cheklovlarni yoritib bering.
Mediatorning faoliyatiga haq to‘lash tartibini tushuntirib bering.
Davlat organining ish bo‘yicha mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog‘idagi harakatlarini tushuntirib bering.
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlarining asosiy vazifalarini yoritib bering.
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlarining huquqlarini tushuntirib bering.
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlarining majburiyatlarini tushuntirib bering.
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi tarkibini tushuntirib bering.