Unix OS.. Un - ko'chma, ko'p vazifa va multiplayer operatsion tizimlari guruhi. Birinchi Unix tizimi 1969 yilda ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda Unix asosan serverlarda, shuningdek turli xil uskunalar uchun o'rnatilgan tizimlarda ishlatiladi. Ish stantsiyalari va uyda foydalanish uchun OT-bozori, birinchi navbatda Microsoft Windows-ning mavjud bo'lgan boshqa operatsion tizimlarga, lekin mavjud dasturiy ta'minot echimlari sizga ofis va uydan foydalanish uchun to'liq ish stantsiyalarini amalga oshirishga imkon beradi.
Unix-ning mashhurligini ta'minlaydigan asosiy omillar: boshqa platformalar, tizimning ochiqligi; Ko'p bosqichli; xalqaro standartlarni qo'llab-quvvatlash; oddiy foydalanuvchi interfeysi; Birlashtirilgan ierarxik fayl tizimi; Ko'p sonli dasturlar.
Vektotrli grafika vositalari.
Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi.
Chiziq sifatida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko’rinishga bo’ladi.
Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o’lchoviga bog’liq bo’lmagan ravishda bo’ladi. Buning sababi xotirada chiziqning o’zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki parametrlar saqlanishidadir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani ob`ektga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan foydalanilsa, piramida hosil qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina hosil qilish mumkin. Vektorli grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, chunki tasvirni (ob`ektni) ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi.
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xosslarini o’rganish tashkil etadi.