23. Axborot tizimlari va ularning turlari. 25. Axborot tizimlari, ularning turlari, xossalari, qo’llanilish sohalari. 27. Axborot tizimlaridagi informasiyalarning turlari va xossalari.(tepada javobi)Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Тizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo`lida bir vaqtning o`zida ham yaxlit, ham o`zaro bog`langan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi elementlar (ob`ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo`lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma`lum bo`lgan shaxar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun`iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo`la oladi. Ularning xar biri tizimga ko`yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya`ni, xar biri o`ziga xos yagona maqsad yo`lida faoliyat ko`rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.Informatikada «tizim» tushunchasi ko`proq texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab ob`ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Тizim» tushunchasiga «axborot» suzining qo`shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo`lida axborotni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo`llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o`zaro bog`langan majmuasidir.Axborot tizimlari jamiyat paydo bo`lgan paytdan boshlab mavjud bo`lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o`z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chikarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish bilan bog`lik jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o`z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag`batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.Kibernetik yondashuvga muvofik boshqaruv tizimi boshqaruv ob`ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv sub`ekti, boshqaruv apparati yig`indisini o`zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob`ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya`ni boshqaruv tizimining o`zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.Boshqaruv tizimining ikkala komponenti tug`ri (Т) va aks (A) aloqalar bilan bog`langan. Тug`ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob`ektiga yo`naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo`nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi hakidagi hisobot axboroti oqimida o`z aksini topadi.Axborot oqimlari (Т va A), qayta ishlash vositalari, ma`lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma`lumotlarni qayta ishlash bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o`zaro aloqasi ob`ektning axborot tizimini tashkil etadi.Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun`iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoklari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish hisobiga boshqaruv ob`ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo`llaniladi.Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma`lum.Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma`lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma`lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).Qo`llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:v ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;v loyixalashtirishni avtomatlashtirish;