Adobe Photoshopda yangi bo’yash cho’tkasi yaratish
Adobe Photoshopda yangi bo‟yash cho‟tkasini qanday yaratishni bilasizmi, bu juda oddiy. Buning uchun birinchi yangi hujjat yaratib olamiz, y‟ani Fayl menyusidan Sozdat (Ctrl+N) buyrug‟i orqali hujjat sozlovlarini ko‟rsatib OK tugmasi bosiladi.
Keyingi bosqichda bo‟yash chotkasi uchun ishlatmoqchi bo‟lgan shaklli tasvirni ochib olamiz va undan kerakli “shakl ajratish” uskunalaridan biri yordamida, masalan “sehirli tayoqcha” orqali ajratib olinadi. Uning Ctrl+C orqali nusxasi olinib yangi hujjat oynasiga Ctrl+V orqali o‟rnatiladi. Bizning misolda shakl sifatida quyidagi “kapalak”dan foydalanamiz.
Shundan keyin Edit menyusidan - Define Brush Preset... (Redaktirovanie – Opredelit kist...) buyrug‟i ranlanadi va unga yangi nom beriladi, masalan "Kapalak" va ОК tugmasi bosiladi.
Keyin uskunalar qatorida cho‟tka uskunasi tanlanib oynaning yuqori qismidagi xususiyatlar maydonidan “cho‟tkalar ro‟yxati”ga kirilsa biz yaratgan shakl ko‟rinadi. Uni tanlab tasvirda foydalanish mumkin. Albatta undan oldin kerakli rang tanlab oilinadi. Ish sohasida bo‟yash orqali quyidagiday “kapalakli” shakllarni yasash mumkin.
Adobe Photoshopda matn bilan ishlash
Adobe Photoshopda matn bilan ishlash uchun uskunalar panelidagi Type (matn) uskunalar guruhidan foydalaniladi. Ushbu guruhdagi birinchi ikkita uskuna vektorli, qolgan ikkitasi piksilli shrift xususiyatiga ega.
Horizontal Type (gorizontal matn) rangli, alohida qatlamda hosil bo‟luvchi gorizontal matn terish imkonini beradi. Ushbu matn ustida tahrirlash ishlarini olib borish mumkin. Vertical Type (vertical matn) -xuddi oldingi uskuna kabi xususiyatga ega, faqatgina matn vertikal holatda joylashadi.
Dostları ilə paylaş: |