Adobe Photoshop Tillayev A. I.(UzMU)



Yüklə 8,73 Mb.
səhifə32/44
tarix30.09.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#150954
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
aaaaaaaa

Proizvolnaya Transformasiya (Ctrl+T) orqali qatlam atrofida paydo bo‟ladigan nuqtalar orqali ixtiyoriy ravishda qatlam shaklini o‟zgartirish, burash mumkin.


Adobe Photoshopda bajarilgan amallar bilan ishlash


Adobe Photoshopda tasvir bilan ishlash jarayonida bir nechta amal orqaga qaytish yoki aksincha oldin bajarilgan amalga o‟tish imkoniyatlari mavjud. Bir- ikkita amalni orqaga qaytarish yoki qayta tiklash uchun Redaktirovanie menyu bo‟limidagi Otmena (Ctrl+Z), Vpered (Shift+Ctrl+Z) va Nazad (Alt+Ctrl+Z) buyrug‟laridan foydalaniladi.





Umumiy holda esa, bir vaqtning o‟zida bir qancha amal orqaga qaytish uchun Okno menyu bo‟limidan Istoriya buyrug‟i tanlanadi.





Shunda oynanig o‟ng tomonida Istoriya paneli paydo bo‟adi. Unda bajarilgan barcha amallar ro‟yxati ko‟rinadi.




Ro‟yxatdagi ixtiyoriy amalga tez o‟tish mumkin. Keyin shu joydan ishni qayta davom ettirish mumkin.




Adobe Photoshopda oq-qora rasmlar bilan ishlash.


Adobe Photoshop imkoniyatlaridan foydalangan holda eski oq-qora rasmni qayta tiklashga urinib ko„ramiz. Buni quyidagi rasm misolida ko„rib chiqamiz (Odatda Adobe Photoshop kompyuterga o‟rnatilgan bo‟lsa, bu rasm dastur o‟rnatilgan papka ichida bo‟ladi - masalan, C:\Program Files\Adobe\ - da).


Ko„rib turganingizdek unda anchadan beri saqlangani uchun har xil dog„lar paydo bo„lgan.




Biz bu dog„larni “Clone Stamp” uskuasi yordamida yo‟qotiladi. Aniqrog‟i, dog‟ joylarga rasmning butun o‟xshash joylaridan nusxa ko‟chiriladi. Buning uchun Alt klavishasidan ham foydalaniladi. Shundan so„ng yuqoridagi rasm quyidagi holga keladi:

Ana shunday holga kelganidan so„nggina biz uchun bu rasmni rangli qilish birmuncha osonroq kechadi. Bu rasmni rangli qilish uchun faqat ozgina did va sabr talab qilinadi. Buning uchun oldin rang rejimini o‟zgartirishimiz zarur, chunki bu faqat oq-qora rangni qabul qiladi. Rang rejimini o‟zgartirish Izobrajenie-Rejim- RGB svet orqali bajariladi.







Mana shu yoki shunga o„xshash rasmni rangli qilish uchun Polygonal Lasso (Poligonalnoe lasso) uskuasi yordamida rasmdagi har bir detalni alohida-alohida belgilaymiz.

Keyin Izobrajenie-Regulirovka-Balans svetov (Ctrl+B) bandi yordamida iloji boricha tabiiylikka intilgan holda rasmga mos rang bilan to‟ldirib chiqamiz.





Yuqorida aytilganidek bu ish uchun ozgina sabr va did talab qilinadi, chunki har bir belgilangan detal rangi rasmga mos bo„lishi kerak bo„ladi.









Qunt bilan yuqoridagi amallar bajarilsa bundan ham yaxshiroq natija olish mumkin bo„ladi. Bu yerda ko‟zlangan natijaga erishildi-yu, lekin ishni davom ettirib ushbu rasmdagi qora fon o„rniga birorta manzarani fon sifatida qo„yamiz. Buning uchun Polygonal Lasso (Poligonalnoe lasso) uskuasi yordamida kishi surati to‟liq ajratib olinadi va nusxa olinib birorta manzarali rasmga ornatiladi. Keyin - Kadrirovanie uskunasi yordamida keraksiz soha tashlab yuboriladi va shunda quyidagi natijaga erishamiz:





Marhamat endi boshlang„ich rasm va qayta ishlangan rasmlarni solishtirib ko„ramiz.






Bizningcha rasmning bu ko„rinishi oldingisidan ancha yaxshiroq!

Endi shu ishlarni inson surati bo„lmagan rasmda ham bajarib ko„ramiz. Buning uchun quyidagi rasmni olamiz (Bu rasm ham dastur o‟rnatilgan papka ichida bo‟ladi - masalan, C:\Program Files\Adobe\ -da).





Albatta biz xohlagan natijani olishimiz uchun Adobe Photoshop imkoniyatlarini mohirlik bilan ishlatishimiz zarur.


Bu rasmni qayta ishlashda ham yuqoridagi amallardan foydalanamiz. Barcha dog„larni “Clone Stamp” uskuasi yordamida yo‟qotiladi. Aniqrog‟i, dog‟ joylarga rasmning butun o‟xshash joylaridan nusxa ko‟chiriladi. Buning uchun Alt klavishasidan ham foydalaniladi.
Rang berishdan oldin albatta rang rejimini o‟zgartirishimiz zarur, chunki bu rasm ham faqat oq-qora rangni qabul qiladi. Rang rejimini o‟zgartirish Izobrajenie-Rejim-RGB svet orqali bajariladi. Keyin har bir detalga alohida rang beriladi. Bu Izobrajenie-Regulirovka-Balans svetov (Ctrl+B) bandi yordamida bajarilishini yana bir bor eslatamiz.



Shuningdek bu tasvirda oldingi ishga qo‟shimcha, rang filtrlaridan ham foydalanamiz.





Masalan Filtr-Texture-Patchwork... kabi. Xuddi shunday boshqa mos filtrlash buyruqlaridan ham foydalanish mumkin.









Bu rasm ham qayta ishlangandan keyin ancha yaxshi ko„rinishga keldi.
Endi ikkinchi rasmning natijasini oldingi ko„rinishi bilan solishtirib ko„raylik.




Ha siz a‟lo darajada maqsadga erishdingiz.



Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin