Rang modellari
Rang modellari - bu ranglarni chiqarish va ko‟rsatish yo‟li. Eng keng qo'llaniladigan ranglar modellari: RGB (qizil, zangori, ko‟k) monitorlarda tasvirlarni ko'rsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. Bundan tashkari Bitmap (ikkita rang), Grayscale (kulrang holati), Duotone, Indexed Color (indekslangan ranglar), Lab va Multichannel (ko‟p kanalli).
Asosiy rang modellar tasnifi
Tasvir faqat oq va qora ranglar holatida saqlanadi. Ushbu holatga faqat Grayscale
holatdan o‟tish mumkin.
Tasvir faqat kulrangning 254 ko‟rinishlari holatida saqlanadi. Ushbu holatga xamma boshqa holatlardan o‟tish mumkin.
Indexed Color (Indekslangan)
Tasvir 256 ixtiyoriy rang yoki uning ko‟rinishlari holatida saqlanadi. Ushbu holatga Grayscale yoki RGB holatlardan o‟tish mumkin.
RGB (Qizil, Zangori, Ko’k)
Tasvir qizil, zangori va ko‟k ranglar xamda ular ko‟rinishlari holatlarida saqlanadi. Asosan monitorda tasvirlar ko‟rsatishda qo‟llaniladi
CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora)
Tasvir xavorang, purpur, sariq va qora ranglar xamda ular ko‟rinishlari holatlarida saqlanadi. Asosan printerlarda tasvirlar chiqarishda qo‟llaniladi.
Adobe Photoshop rasm tahrirlagichi haqida
Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli grafik dasturlaridan foydalanish kerak bo'ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint va hokazo.
Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo
mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi.
Adobe Photoshop tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga ko„shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog„larni o„chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo„shimcha maxsus samaralar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elyemyentlarni ikkinchi fotosuratga olib o„tish, suratdagi ranglarni o„zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari kyeng qamrovli bo„lib, u gazyeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshopда tasvirni import qilish - skaner, raqamli fotoapparatdan kiritish, boshqa formatdagi rasmlarni kiritish (bmp, jpg, png, tif, gif va boshqalar); Tasvirni tahrirlash - o'zgartirishlar kiritish, ranglar bilan bo'yash, chizish, o'chirish,
yorqinlik va aniqlik darajasini o'zgartirish; Rang rejimini o'zgartirish; chop etish; boshqa nom va formatda saqlash; har xil effektlarni qo'llash; tasvirdagi ranglarni turli usullarda filtrlash imkoniyatlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |