Kist predidushix sostoyaniy: Bu uskuna tasvir haqidagi dastlabki
ma‟lumotlar asosida ishlaydi. Uning yordamida bo‟yash orqali tasvirga kiritilgan so‟nggi o‟zgartirishlarni bekor qilish mumkin.
|
Lastik: Tasvirni o‟chirish uchun ishlatiladi. U qo‟llanganda tasvirda fon
qaysi rangda bo‟lsa, o‟sha rangdagi chiziqlar hosil bo‟ladi. "Alt" tugmasini qo‟llash lastochka yordamida kompyuter xotirasiga olinmagan so‟nggi o‟zgartishlarni bekor qilish mumkin. Lastik uskunani "E" klavishasini
bosish orqali faollashtiriladi.
|
|
Karandash: Turli chiziqlarni chizish uchun foydalaniladi. "Alt" klavishasi
bosilganda kursorning ekrandagi tasviri o‟zgaradi va bevosita tasvirdan kerakli rangni tanlash mumkin. Bu amal bajarilgandan so‟ng Karandash o‟sha rangda chiziq tortadi.
|
|
Liniya: To‟g‟ri chiziqlarni chizishda qo‟llaniladi.
|
|
Razmivka: Ushbu uskuna ishlatilganda, tasvirdagi yorqinlik pasayadi.
"Alt" tugmasi bilan qo‟llanganda yorqinlik ortadi.
|
|
Rezkost: Ushbu uskuna ishlatilganda tasvirdagi yorqinlik ortadi. "Alt"
klavishasi bilan qo‟llanganda esa tasvir xiralashadi.
|
|
Pales: Tasvirdagi ranglarni chayqaltirib, tasvirdagi obyektlar o‟rtasidagi
chegaralarni bir-biriga qo‟shishga xizmat qiladi.
|
|
Osvetitel: O‟z nomi bilan piksellardagi ranglar yorqinlashadi. "Alt"
klavishasi bilan qo‟llanganda esa piksellardagi ranglar xiralashadi.
|
|
Zamenitel: Tasvir ustida harakatlantirilganda piksellardagi ranglar
qoramtir tus oladi.
|
|
Gubka: Tasvir ustida harakatlantirilganda, tasvirdagi ranglar miqdori
pasayadi. Gubka bir joyda ko‟p harakatlantirilsa tasvirning o‟sha joyi kulrang tus oladi.
|