Tekstmaska: "Tekst" uskunasi kabi bu uskuna faollashtirilib, matn ustida
bir marta bosilganda, "Tekstoviy uskuna" darchasi hosil bo‟ladi. Lekin bu matn oddiy matndan tubdan farq qiladi. Harflarning cheti xuddi "Lasso" uskunasida belgilash kabi ko‟rinishga ega bo‟ladi. Harflarni turli ranglarga bo‟yash va "Peremehenie" uskunasi yordamida o‟rnidan siljitish yoki boshqa rasmga olib o‟tish mumkin.
Vertikalniytekst: Agar tasvirga pastdan yuqoriga shaklda vertikal
shaklda matn kiritmoqchi bo‟lsangiz ushbu uskunadan foydalanishingiz mumkin.
Vertikalnayatekstmaska: Huddi "Tekst maska" uskunasi kabi bir xil
vazifani bajaradi. Ammo bu uskuna qo‟llanganida harflar ustma-ust ustun kabi joylashtiriladi.
Izmeritel: Tasvirda turli o‟lchovlarni bajarish uchun ishlatiladi. Bu
uskuna bilan bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga kursor olib borilishi kifoya.
Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda ikki nuqta orasidagi masofani
o‟lchaydi.
Gradient: Bu uskuna ishlatilganda, tasvirdagi belgilangan maydonda
ranglar kombinatsiyasi hosil bo‟ladi. Asosiy rangning tasvir foniga sizib
o‟tish samarasi hosil bo‟ladi.
Zalivka: Ushbu uskunadan asosan tavsvirni yoki tasvirdagi ajratib olingan
hududni bo‟yashda foydalaniladi. Ranglarni qo‟shimcha buyruqlarni bajarish orqali tanlanadi. Bu uskunani faollashtirish uchun K klavishadan ham foydalanish mumkin.
Pipetka: Tasvirdagi asosiy yoki tasvir foni rangini aniqlaydi, Pipetkani
tasvir ustidagi biror nuqtada bosish bilan o‟sha nuqtadagi, ya‟ni pikseldagi rang asosiy rang sifatida tanlanadi. Agar ayni jarayonga "Alt" tugmasini
qo‟shilsa, tanlangan rang tasvir fonini o‟zgartirishiga olib keladi.