Adobe Photoshop dasturida tasvirda soha (oblast – marquee) ajratish usullari
Ushbu uskunalar panelidagi tugmalarni barchasi bilan tanishaylik. Birinchi bo‟lib soha ajratish va ajratilgan soha bilan ishlash uskunalarini ko‟ramiz. Ish jarayonida ushbu uskunalardan ko‟p foydalaniladi.
- To‟rtburchak soha ajratish (“Rectangular marquee -Pryamougolnaya oblast”) - [M] - ish sohasidagi faol qatlamda to‟rtburchak sohani ajratish.
- Aylana soha ajratish (“Elliptical marquee - Ellipticheskaya oblast”) -
- ish sohasidagi faol qatlamda ellips sohani ajratish.
- Alohida satr soha ajratish (“Single row marquee - Stroka pikseley”) - ish sohasidagi faol qatlamda bitta satrga teng sohani ajratish.
- Alohida ustun soha ajratish (“Single column marquee - Stolbes pikseley”) - ish sohasidagi faol qatlamda bitta ustunga teng sohani ajratish.
Ajratilgan sohaga qo‟shimcha soha qo‟shish uchun SHIFT klavishasini bosib turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar ALT klavishasidan foydalanib soha tanlasak, u holda ajratilgan sohadan olib tashlash ma‟nosini bildiradi.
Xususiyatlar satrida quyidagilar faol bo‟ladi:
- soha ajratish usullari: butunlay yangi soha ajratish, ajratilgan sohaga yangi soha qo‟shish, ajratilgan sohadan yangi sohani chiqarish, eski va yangi ajratilgan sohalar kesishida joylashgan sohani ajratish (SHIFT va ALT - tugmalar xarakatlariga o‟xshash holatlarni tanlash).
|