Obrazes vsex sloyev (Use All Layers) opsiyaci “Sehirli tayoqcha”ning soha tanlaganligi hamma qatlamlarga tegishli yoki faqat asosiy bo‟lgan qatlamga tegishligini ta‟minlaydi.
“Xarakatlanuvchi” (Peremehenie- Move) yordamida ajratilgan soha ustidan amallar bajarish.
Ajratilgan soha ustidan biz har xil xarkatlarni bajarishimiz mumkin. Masalan xotiraga qirqib yoki nusxasini olib uni yangi qatlam holatida tasvirga qo‟shishimiz mumkin. Yoki uni xajmini o‟zgartirish, qiyshaytirish xamda aylantirishimiz, uni ishchi soha bo‟ylab siljitishimiz mumkin. Buning uchun “Xarakatlanuvchi” uskunasi yordamidan foydalanishimiz mumkin.
“Xarakatlanuvchi” – (“Move – Peremeshenie”) - [V] - ajratilgan sohani ish soha bo‟ylab xarakatlantirish.
Agar ALT klavishasini bosib xarakatlanishni boshlasak, u holda ajratilgan sohaning nusxasi olinib u xarakatlanadi. Agar SHIFT klavishasidan foydalansak, u holda ajratilgan soha faqat vertikal va gorizontal xarakatlanadi. Ajratilgan sohani klaviaturadagi yo‟nalish strelkalari yordamida xam xarakatlantirish mumkin, shunda har bita strelka bosilganida, ajratilgan soha 1 pikselga siljiydi.
Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo‟ladi:
Avtovibor sloya (Auto Select Layer) sohasi - sichqoncha yordamida bosilgan qatlamni avtomatik faol qilish.
Pokazivat upravlyayushie elementi (Show Bounding Box) - ajratilgan soha chegaralarida ramka hosil qilish. Ushbu ramka yordamida rasmni cho‟zish, xajmini o‟zgartirish, qiyshaytirish hamda aylantirishimiz mumkin bo‟ladi.
O’zgartirishlar – (Modify –Izmenit) - ajratilgan sohani har xil holatlar bilan o‟zgartirish. Asosiy holatlar:
Chegaralar – Ramka (Border) - Ajratilgan soha chegaralari bo‟yicha
ko‟rsatgan xajmda ajratilgan ramka sohasini yaratadi.
|