Chastota (Frequency)- “Magnit lasso”ning avtomatik ravishda qo‟yiladigan nuqtalar o‟rtasidagi masofa.
“Sehrli tayoqcha” ( “Volshebnaya palochka – Magic Wand”) yordamida soha ajratish.
“Sehrli tayoqcha” (“Magicwand”) - [W] - bir xil rangli sohani ajratish uchun ishlatiladi.
Ajratilgan sohaga qo‟shimcha soha qo‟shish uchun SHIFT klavishasini bosib turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar esa ALT klavishasidan foydalanib soha tanlasak, u xolda ajratilgan sohadan olib tashlash ma‟nosini bildiradi.
Xususiyatlar satrida quyidagilar faol bo‟ladi:
- soha ajratish usullari: butunlay yangi soha ajratish, ajratilgan sohaga yangi soha qo‟shish, ajratilgan sohadan yangi sohani chiqarish, eski va yangi ajratilgan sohalar kesishida joylashgan sohani ajratish (SHIFT vaALT - klavishalar xarakatlariga o‟xshash holatlarni ajratish).
Dopusk (Tolerance) - soha ajratishda sehrli tayoqchaning sezguvchanligini o‟zgartirish.
Sglajivanie (Anti-Aliased) opsiyasi ajratilgan sohaning chegaralar rangini ko‟zga ko‟rinmas qilib bir biriga moslash.
Smej.Piks(Contiguous) opsiyasi ajratilgan soha bita umumiy bo‟lishini yoki bir nechta qismdan iborat bo‟lishini ta‟minlaydi.