Adobe Photoshopning asosiy tushuncha va iboralari.
Piksel – rastrli (rangli chizilgan) ikki o‟lchovli grafikada tasvirni o‟lchash birligi. Tasvir tarkibidagi nuqtalar bo‟lib, nuqtalar birin-ketin o‟rnatilib butun tasvirni hosil qiladi.
Ruxsatetilganqiymat– bir birlik uzunlikda nuqtalar soni. Tasvirning asosiy parametrlaridan biri bo‟lib, qanchalik qiymat ko‟rsatgichi yuqori bo‟lsa, shunchalik tasvir sifati va fayl hajmi oshadi. Odatda, bir santimetrga 72 piksel qiymati o‟rtacha hisoblanadi, ammo haqiqatda sifatli natijaga erishish uchun, masalan poligrafiyada, qiymat sezilarli daraja yuqori bo‟lishi lozim.
Qatlam. Photoshop dasturi turli qatlamlar bilan ishlashga imkon beradi. Kompyuter grafikasida qatlam tushunchasi nimani anglatishini bilsh uchun bir nechta yupqa shisha qoplamalarida chizilgan turli ob`ektlarni ko‟z oldingizga keltiring. Agar ularni bir-biri ustiga joylashtirsak yangi tasvir hosil kilinadi. Ko‟p qatlamli rasm xam xuddi shu usulda yaratiladi. Qatlamlar yuztagacha bo‟lishi mumkin, ammo odatda buncha ko‟p qo‟llanilmaydi. Biroq, odatda 10-15 qatlamdan iborat tasvir hosil qilinadi.
Ajratish(sohatanlash). Ajratilgan qism bilan ishlash– bu Photoshop da ishlashning muhim amali bo‟lib, uning yordamida ko‟p imkoniyatlar yaratiladi. Ajratilgan qism – bu tahrirlanuvchi sohani foydalanuvchi ko‟rsatadi. Ajratilgan qism «harakatlanuvchi chumolilar» ko‟rinishda ko‟rsatiladi, ya`ni harakatlanuvchi uzuq-uzuq chiziqlar bilan belgilanadi.
Qo’shimcha kanal, yoki alfa-kanal, ranglar kanaliga bog‟liq bo‟lmasdan, xaqiqiy ajratish shaklidir (aniqrogi, uni ko‟rsatish va saqlash), unda ajratilgan piksellar oq rangda, qora rangda esa – ajratilmagan, kul rangda – qisman ajratilgan piksellar ko‟rsatiladi. Ammo dastur darajasida barcha belgilanishlar alfa –kanal hisoblanadi.