Bistrayamaska: Ushbu tugmacha ustida kursorni bir marta bosilishi bilan
Adobe Photoshop dasturi tez niqoblash holatiga o‟tadi va natijada tasvirdagi niqoblanmagan hudud qizil rang bilan bo‟yaladi. Ushbu uskuna tasvirdagi turli obyektlarni aniq niqoblashda ishlatiladi. "Kist" uskunasi yordamida niqobga ishlov berish mumkin. Bunda qora rang bilan tasvir niqoblanadi, oq rang bilan tavsvirdagi niqob o‟chiriladi.
Polniyekransmenyu: Bu holat tasvir kompyuter ekraniga sig‟magan
holda ishlatiladi. Ushbu uskuna faollashtirilganda ekranda tavsiyanoma satri hamda uskunalar paneli qoladi.
Adobe Photoshop dasturida tasvir o‟lchamlarini ekranda tasvirning barcha qismini yoki tasvirdagi kichik detallarni ko‟rish uchun xohlagancha kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Ayni jarayon foizlar hisobida orttiriladi. Masalan, 100%- bu tasvirdagi piksellar soniga ekrandagi piksellar soni tengligini anglatadi. Ya‟ni 1:1. 200% ga tasvir kattalashtirilganda ekrandagi bir pikselga katta miqdordagi piksellar miqdorini to‟g‟ri kelayotganligidan dalolat beradi.
Tasvirning haqiqiy o’lchami
Adobe Photoshop dasturida 100% li o‟lcham tasvirning haqiqiy o‟lchami deyiladi. 100% li o‟lchamda tasvir aniq va ravshan ko‟rinadi.
Tasvirning haqiqiy o‟lchami quyidagi amallarni bajarish orqali o‟rnatiladi: