Magnitnoepero: Bu uskuna xuddi "Magnitnoe Lasso" kabi harakatlanadi.
Biror bir tasvirdagi obyekt atrofida harakatlantirilganda, Adobe Photoshop
dasturining o‟zi obyekt chetlarini belgilab chiqadi.
Neposredstvennoevidelenie: U yoki bu "Pero" bilan chizilgan chiziqlarni
tahrirlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida chiziqdagi nuqtalarni yakka tartibda harakatlantirish va kerakli joyga siljitish mumkin.
Preobrazovattochku: Tasvir ustida chizilgan chiziqchalarda o‟rnatilgan
har bir nuqta burchak yoki yoy vazifasini bajaradi. Ushbu uskuna yordamida nuqtalarning vazifalarini o‟zgartirish, ya‟ni yoyni burchakka va burchakni yoyga almashtirish mumkin. Buning uchun kursorni nusxa ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.
Tekst: Ushbu uskuna yordamida tasvirga turli matnlarni kiritish mumkin.
Matn uskunasi faollashtirilib, kursor tasvir ustida bosilsa matn kiritish uchun alohida darcha hosil bo‟ladi. Bu darchada harf o‟lchami, turi, rangi va boshqa o‟lchamlari kiritiladi.