Advokatura to’G’risida 1-modda. Advokatura va uning vazifalari



Yüklə 118,12 Kb.
səhifə5/9
tarix24.03.2023
ölçüsü118,12 Kb.
#89627
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ADVOKATURA TO’G’RISIDA

Oldingi tahrirga qarang.
91-modda. Yuridik yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitim (shartnoma)
Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o’rtasida tuziladigan yuridik yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Yuridik yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan advokat o’rtasida ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) o’ziga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam ko’rsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.
Yuridik yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qat’i nazar, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qat’i nazar, tuzishga haqli.
Yuridik yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat:
topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida o’z zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari ko’rsatilgan holdagi ma’lumotlar;
topshiriqning predmeti;
ko’rsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan haq to’lash shartlari;
advokatning topshiriqni bajarish bilan bog’liq xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;
topshiriqni bajarishni o’z zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va xususiyati.
Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan bog’liq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) maxsus ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga to’lanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bog’liq xarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvarag’iga o’tkazilishi shart.
(91-modda O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)
10-modda. Advokatlik faoliyatining kafolatlari
Advokatning kasbga oid huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo’riqlanadi. Advokatlarning kasbiy faoliyatiga u yoki bu tarzda aralashish, ular o’z kasbiy vazifalarini bajarayotganda olgan muayyan ma’lumotlarni oshkor etishni talab qilish, shuningdek advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslaridan va texnik xodimlaridan xuddi shunday ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat o’z kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.
Advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini bajarayotganda o’ziga ma’lum bo’lib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida so’roq qilinishi mumkin emas. Advokat kasbiy vazifalarini bajarishi munosabati bilan qo’lga kiritgan advokatlik dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qo’yilishi yoki ko’zdan kechirilishi mumkin emas, shuningdek uning o’zi yuridik yordam ko’rsatayotgan shaxslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi mumkin emas.
Advokatning ish yuzasidan huquqiy nuqtai nazari xususida surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.
Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko’rsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qo’llash bilan qo’rqitish mumkin emas.
Advokatga nisbatan jinoiy ish O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo’zg’atilishi mumkin.
LexUZ sharhi
SHuningdek, qarang: O’zbekiston Respublikasining «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida»gi Qonuni.
11-modda. Advokatlar mehnatiga haq to’lash

Yüklə 118,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin