Advokatura to’G’risida 1-modda. Advokatura va uning vazifalari


-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi



Yüklə 118,12 Kb.
səhifə8/9
tarix24.03.2023
ölçüsü118,12 Kb.
#89627
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ADVOKATURA TO’G’RISIDA

Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi
Advokat tomonidan advokatura to’g’risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga nisbatan intizomiy choralar qo’llanilishiga sabab bo’ladi.
Intizomiy ish yuritish Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi yoki advokatga guvohnoma bergan adliya organi tomonidan qo’zg’atiladi.
Intizomiy ish yuritishni qo’zg’atish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
advokatura to’g’risidagi qonun hujjatlarining, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi;
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari;
sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi.
Intizomiy ish yuritishni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha advokatga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo’llanilishi mumkin:
ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga to’xtatib turish (ushbu Qonun 15-moddasi birinchi qismining uchinchi va to’rtinchi xatboshilariga muvofiq);
litsenziyaning amal qilishini tugatish (ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining to’qqizinchi, o’ninchi va o’n birinchixatboshilariga muvofiq).
Malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar advokat intizomiy ish qo’zg’atilishiga sabab bo’lgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini ko’rishga haqli.
Advokatlik tuzilmalari mehnat intizomini buzganlik uchun advokatga nisbatan mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralarini qo’llashga haqli.
(14-modda O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to’g’risida qaror qabul qilinguniga qadar;
advokat tomonidan advokatura to’g’risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining o’z vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol bundan mustasno. Litsenziyasining amal qilishi to’xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bo’lmaydigan xususiyatga ega bo’lmasa, ko’rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish advokat maqomining to’xtatib turilishiga sabab bo’ladi.
(15-modda O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib bo’lganidan so’ng;
agar talabgor litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to’g’risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan bo’lsa;
ushbu Qonun 31-moddasining oltinchi qismida va 131-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
litsenziya berish to’g’risidagi qarorning g’ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
kasbiga doir vazifalarini uch oy ichida uzrsiz sabablarga ko’ra bajarmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
advokat tomonidan advokatura to’g’risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo’pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog’ tushiradigan hamda advokaturaning obro’sini tushiradigan qilmish sodir etilganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
litsenziyasining amal qilishi to’xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to’xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi to’xtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
advokat O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotganda;
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga ko’ra ham tugatilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab bo’ladi.
Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokat maqomining tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi tugatilishiga sabab bo’ladi.
Ushbu modda birinchi qismining o’ninchi va o’n birinchi xatboshlarida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor bo’lishga haqli emas.
(16-modda O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)
17-modda. Advokatura va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Yüklə 118,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin