Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy va yuridik shaxslar nomidan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq bitimlar tayyorlanganda hamda amalga oshirilganda advokatlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
(7-modda O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-223-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2009 y., 39-son, 423-modda) 8-modda. Advokatning yordamchisi O’zbekiston Respublikasining yuridik ma’lumotga ega bo’lgan fuqarosi advokat yordamchisi bo’lishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxs advokat yordamchisi bo’lishi mumkin emas.
Advokat yordamchisi advokat huquqlariga ega bo’lmaydi hamda uning surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda va boshqa davlat organlarida ishlarni olib borishiga yo’l qo’yilmaydi.
Advokat yordamchisi advokat ko’rsatmasiga binoan advokatning yurituvidagi ishlar bo’yicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga taalluqli ishlar bundan mustasno.
Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77—87-moddalari. Oldingi tahrirga qarang. Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(8-modda O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda) Oldingi tahrirga qarang. 81-modda. Advokatning stajyori Kamida uch yillik ish stajiga ega bo’lgan advokat stajyorga ega bo’lishga haqli.
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan shaxs advokatning stajyori bo’lishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatning stajyori bo’lishi mumkin emas.
Stajirovka advokatlik tuzilmasida o’taladi. Advokatning stajyori o’z faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajyor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shug’ullanishga haqli emas.
Advokat stajyorining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(81-modda bilan O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda) 9-modda. Advokatlik siri Oldingi tahrirga qarang. Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) advokatdan yordam so’rab murojaat etganligining o’zi, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) yordam so’rab murojaat etgan masalalar, advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan o’tkazgan suhbatida to’xtab o’tilgan barcha masalalar kiradi.
Advokat, advokat yordamchisi, advokat stajyori, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri bo’lmish ma’lumotlarni oshkor etishi va bu ma’lumotlardan o’z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yo’lida foydalanishi man etiladi.
(9-moddaning matni O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 514-modda)