Keyingi paytlarda ilmiy manbalarda tez-tez “axborot iste'moli madaniyati” atamasi qo'llanayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Unga ko'ra, har kim o'zi e'tiqod qiladigan mafkura tarqatuvchisi va targ'ibotchisidir. Axborotni qabul qiluvchi o'zi, atrofdagilar, yaqinlari, xalqi, yurti manfaatlarini himoya qilishi, shunga mos va xos ma'lumotlarni tanlashni bilishi, o'zlashtirishi va tarqatishi lozim.

Bu, o'z navbatida, tarbiyaga bog'liq. Bugun yoshlarga “Bu axborotni kim taqdim qilmoqda?”, “Nima uchun taqdim qilmoqda?” va “Qanday maqsadda taqdim qilmoqda?” degan savollarni o'z-o'ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishni o'rgatish kerak bo'ladi. Ana shundagina turli g'oyalar ta'siriga tushib qolish ehtimoli kamayib, taklif etilayotgan ma'lumotlarga ko'r-ko'rona ergashishning oldi olinadi. “Axborot tashnaligi”ga barham beriladi.

Ayni paytda, axborotlashuv jarayoni qo'yidagi muammolarni ham keltirib chiqaradi: Birinchidan, mualliflik yoki intellektual mulk huquqi buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu hol bugungi kunda internet orqali tarqatilayotgan ma'lumotlarning to'g'ridan-to'g'ri olinishi misolida ko'rinmoqda. Mualliflar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, plagiatlikni aniqlash programmalari tabiiy zarurat tufayli vujudga kelgan.