Aeroportning xizmat-texnik territoriyasini loyihalashtirish



Yüklə 265,33 Kb.
səhifə1/3
tarix28.10.2022
ölçüsü265,33 Kb.
#66670
  1   2   3
Aeroportning xizmat-texnik territoriyasini loyihalashtirish

Aeroportning xizmat-texnik territoriyasini loyihalashtirish

Reja:

1.Aeroport bino va inshootlarining texnik foydalanish ishlari.

2. Perron va samolyotlarni turar joyini loyihalashtirish.

3. Aerodromning start maydonchalarini va boshqa maxsus vazifalarni bajaradigan maydonchalarni loyihalashtirish.

1.Aeroport bino va inshootlarining texnik foydalanish ishlari

Zonalash (tirish) – aeroport bosh rejasini tuzishning asosiy tamoyillaridan biri quyidagicha zonalash mavjud: ishlab chiqarishga munosabati (funksional yoki texnologik), zararlilik (sanitariya) darajasi, yong‘in va portlash xavfliligi, transport vazifalari. Bularning bari tekislik bo‘yicha gorizontal zonalashga kiradi. Vertikal zonalash (asosan, qavatlar soni, blokirovka qilish) va hammasidan qurama zonalash ham bo‘ladi.

Ishlab chiqarishga munosabati yoki funksional zonalash binolar va inshootlarni ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlarning yagonaligi tamoyili asosida guruhlashtirishni ko‘zda tutadi. Bunda sanitariya va yong‘inga qarshi talablar ham hisobga olinadi. Qator hollarda, loyihalanadigan ob’ektlar soni ko‘paysa, zonalash ham murakkablashadi. Bunday holda yirik zona ichida qo‘shimcha guruhlar ajratiladi.

Zararlilik (sanitariya) darajasi bo‘yicha guruhlashda hududdan aeroport atrofidagi aholi punktlariga etkaziladigan zararlarning soni, sifati va tavsiflari, shuningdek MTH dagi bir ob’ektning boshqa ob’ektga ta’sirlari hisobga olinadi.

Aeroportning atrofga ko‘p zararliklar etkazadigan bino va inshootlari turar joylardan, passajirlar binosidan olisroqda, shamol yo‘nalishlari, joy relfi va boshqa omillarni hisobga olgan holda qurilishi kerak. Zarur bo‘lganda himoyalovchi sanitariya zonasi quriladi.


Transport bo‘yicha zonalash xizmat ko‘rsatayotgan transportning bir xilligi tamoyili asosida, yuk oborotini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Funksional zonalash MTH ning bosh rejasini oqilona hal qilishda an’anaviy loyihalash usullarini qo‘llaganda ham, zamonaviy matematik usullar va kompyuterlarni qo‘llaganda ham zarur. Bunaqa zonalash MTH ning o‘zi, strukturasi, aloqalari va xususiyatlari haqida yaxlit tasavvur olish imkonini beradi, loyiha echimlarining tejamkorligini oshirish, tashish texnologiyalarini takomillashtirish imkonini beradi.
MTH ning bino va inshootlarini funksional zonalashda quyidagi zonalarni ajratib ko‘rsatish mumkin: ma’muriy – jamoa, ishlab chiqarish va yordamchi. Bular 2.1 – rasmda batafsil ko‘rsatilgan.
Ma’muriy jamoa zonaga aeroport boshqaruv binosi, axborot hisoblash markazi, profilaktoriy, o‘quv – texnik blok, tibsanqism, xodimlar oshxonasi, sport inshootlari, aeroport xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun turish joyi va boshqa ob’ektlar kiradi.

Yüklə 265,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin