Afferent nervlar sezuvchanlikni oshkuvchl moddalar



Yüklə 21,31 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü21,31 Kb.
#208499
  1   2
AFFERENT NERVLAR SEZUVCHANLIKNI OSHKUVCHl MODDALAR


AFFERENT NERVLAR SEZUVCHANLIKNI OSHKUVCHl MODDALAR
Xantal qog'ozlari (gorchichniklar), mentol, novshadil spirti, kamfora spirti, garmdorili plastir teri va shilliq pardalardagi sezuvchan nervlami ta’sirlab, mahalliy hamda reflektor ta’sir ko'rsatadi. Ma’lumki, teri va shilliq pardalarda retseptorlar ko'p, ularga og'riq, harorat, kimyoviy omillar tanlab ta’sir ko'rsatadi. Retseptorlar o'tkazuvchi tizimlar orqali nerv markazlari bilan bog'langan. Ushbu retseptorlar ta’sirlansa, impulslar oqimi markaziy nerv sistemasiga ko'tariladi, unga javoban reflektor jarayonlar quyida joylashgan a’zolarga, to'qimalarga, qon tomirlariga yetib keladi. Reflektor ta’sir bo'lishi uchun modda jarohatlangan a’zo bilan orqa miyaning bir xil segmentidan terming trofik (sezuvchan) innervatsiya oladigan joyiga qo'yiladi. Masalan, biron a’zoda yallig'lanish jarayoni bo'lsa, shu yerdan og'riq impulslari orqa miya segmentiga, u yerdan markaziy nerv sistemasiga yetib boradi, nerv markazlari da qo'zg'alish o'choqlari paydo bo'ladi. Agar terinng kerakli joyiga xantal qo'yilsa, shu yerda yangi impulslar nerv sistemasining boshqa markazlariga reflektor yo'llar orqali o'tib, qo'shimcha qo'zg'aluvchan o'choq hosil qiladi, shu tufayli og'riq berib turgan o'choqlar esa so'na boshlaydi, og'nqlar kamayib boradi. Reflektor jarayonda somatik va vegetativ nervlar qatnashadi. Vegetativ nervlar qo'zg'alishi tufayli jarohatlangan a’zolaming qon bilan ta’minlanishi o'zgaradi, yallig'lanish jarayoni ham kamayib boradi. Ta’sirlovchi moddalar mahalliy ta’sirga ega, ha’zilari terida gistamin, bradikininlami ajratib, qon tomirlami kengaytiradi, teri qizaradi, to'qimalaming oziqlanishi yaxshilanadi. Ba’zi moddalar (mentol) qo'yilgan joyni sovitib, shu yerdagi qon tomirlami qisqartiradi. Xantal qog'ozlari xantal urug'ining kukuni surtilgan qog'ozlardir. Xantal glikozid sinegrin va ferment mirozindan iborat. Xantal qog'ozlari iliq (40°) suvda ho'llanganda mirozin fermenti ta’sirida sinegrin parchalanadi va ta’sirlaydigan xantal — efir moyi hosil bo'ladi. Xantal qog'ozlari ta’sirlashi uchun ulami albatta iliq suvda ho'llab, keyin kerakli joyga qo'yish kerak. Xantal qog'ozlari nafas a’zolari kasalliklarida, stenokardiya (yurakda qattiq og'riq paydo bo'lganda), mialgiya, nevralgiyada qo'llaniladi. Xantal qog'ozlari «chalg'itish» xususiyatiga ega. Masalan, stenokardiyada xantal yurak atrofiga 46 qo'yilgandan keyin reflektor yo‘l bilan yurak toj tomirlarini kengaytiradi, miokardni qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi va og'riq kamayadi, xantal yuqori nafas yo'llari yalligianishida qo‘yilganda ham reflektor yo‘1 orqali shu joylarda qon bilan ta’minlanish oshib boradi. Gipertoniya krizlarida xantal qog'ozlari oyoq tagiga qo'yilsa, bosh miya tomirlarida qon kamayib, qon bosimi ozroq bo'lsa ham pasayadi. Ta’sirlovchi moddalar a’zolar to'qimalarida moddalar almashinuvini oshiradi. Efir moylari, masalan, mentol teri shiliqlarida joylashgan «sovuq» retseptorlami qo'zg'atadi, modda qo'yilgan joy keskin soviydi, shu yerda joylashgan yuza qon tomirlari torayadi, reflektor yo'l orqali yurak va miya tomirlari kengayadi. Shuning uchun taikibida mentol bo'ladigan moddalar, masalan, validol stenokardiya kasalligida til ostiga qo'yiladi. Mentolning suvli, spirtli eritmalari va malhamlari quloq, burun, og'iz, teri kasalliklarida qo'llanadi, bunda shish, yallig'lanish va og'riq kamayadi. Nevralgiya, mialgiya va artralgiyalarda mentolning spirtli eritmasi va moydagi suspenziyasi teriga surtiladi. Novshadil spirti ham ko'p qo'llanadigan ta’sirlovchi modda hisoblanadi. Modda hidlanganda nafas yo'llaridagi retseptorlar qo'zg'aladi va impulslar reflektor yo'l bilan markaziy nerv sistemasiga o'tib, uzunchoq miyadagi nafas markazini qo'zg'atadi, nafas olish tezlashadi, chuqurlashadi. Novshadil spirti bemor hushdan ketganda, alkogol va boshqa markaziy nerv sistemasini tormozlovchi moddalar bilan zaharlanganda hidlatiladi hamda og'izga tomchilab yuboriladi. Yuqori konsentratsiyada uzoq vaqtgacha qo'llanganda nafasni to'xtatib qo'yishi mumkin. Novshadil spirti mikroorganizmlarga qarshi xususiyati bo'lgani tufayli xirurgiyada antiseptik modda sifatida ham qo'llaniladi. Achchiq, surgi, safro haydovchi, balg'am ko'chiruvchi moddalar ham ta’sirlovchi xususiyatga ega. Dori moddalar Moddalarning nomi Saqlash sharoitlari Kattalar va bolalar uchun miqdorlar, konsentratsiyalar, yuborish yo'llari Chiqarilgan shakllari Anesteziyalovchl moddalar Cocaini hydrochloridum (A) DK: 1-3% li eritma kon’yunktiva bo'shlig'iga 2-6% li eritma og'iz, burun, hiqildoq bo'shlig'i shilliq qavatlariga YUM: 0,03 YUSM: 0,03 Kukun 47 Dicainum (A) DIC 0,25-2% li eritma kon’yunktiva bo'shlig'iga; 0,5-1% li eritmadan 2-3 ml-otorinolaringologiyada; 0,3% eritmadan 12-20 ml peridural anesteziya uchun. YUM: 0,03 (3: - 3 ml eritma) — yuqori nafas yullari anesteziyasi uchun, bir marta; 0,075 (0,3% - 25 ml eritma) — peridural anesteziya uchun, bir marta. Bolalarga: 10 yoshgacha man qilinadi 0,5-1% li eritmadan 1-2 ml katta yoshdagi bolalarga Kukun, dikain] i ko'z plonkalari Anasthezmum B) DM: 0,3-ichishga; 0,05-0,1- rektal. DK: 5-10% li malham - shiliq qavatlarga va teriga YUM: 0,5 — ichishga YUSM: 1,5 — ichishga Bolalaiga: 0,02-0,04(1 yoshgacha) 0,05-0,1 (2-5 yosh) 0,02-0,25 (6 yosh) Kukun; tabletka - 0,3; 5% li malham Novocainum (B) DK: 0,25-0,5% li eritma — infiltratsion anesteziya, 1-2% li «ritma — regionar anesteziya uchun; 5%li eritma — orqa miya anesteziyasi, 10- 20% li eritma — yuza anesteziya uchun DM: 0,25-0,5% li eritma 30-40ml — ichishga; 0,25-0,5% li eritmadan 5-IOml v/i (sekin). YUM: 0,25 — ichishga 0,l«2% lieritnia^ v/i; 0,05 (0,25% r-r) — vfi 1,25 (0Д5%И eritma ) (birinchi miqdordan so‘ng 2,5 g har soatda) — infiltratsion anesteziyada YUSM: 0,75-ichishga; 0, l-(2%li eritma) — тЛ. (0,25% li eritma)— vAi. Kukun: 0,25-0,5% li eritma 1-2-5- 20 ml li ampulaida; 1-2% li eritma 1,2,5,10 ml li ampulularda; 0,25-0,5% steril eritma 200-400 ml flakonlarda; 5-10% li malhamlar; 0,1-rektal shamchalar. Trimecainum (B) DK: 0,125-0Д5-0,5% li eritma — infiltratsion anesteziya; 1-2% li eritma — regionar anesteziya.; 1-1,5-2% li eritma — peridural anesteziya, 5% li eritma — orqa miya anesteziyasi, 2-5% li eritma — yuza anesteziya uchun. Kukun; 0,25% li eritma 10 ml li ampulalarda; 0,5-1% li eritma 2,5-10 ml ampulalarda 2% li eritma 1;2;5%I0 ml li ampulalarda 5% li eritma - 1; 2 ml li ampulalarda. 48 Lidocainum (B) DK: 0,25-0,5% li eritma infiltratsion anesteziya, 0,5-2%li eritma — regionar anesteziya, 1-5% li eritma — terminal anesteziya uchun. DM: 0,25-0,5 — ichishga. 1% li eritma 10-20 ml li ampulalarda 2% li eritma 2-10 ml li ampulalarda Draje - 0,25 Burishtiruvchi moddalar Tanninum DK: 1 -2%li eritma (suvli; glitserinli) — og'iz, burun, hiqildoq bo‘shlig‘ini va tomoqni chayqash uchun; 3-10% li eritma va malham. Kukun Decoctum corticis Quyercus DK: 1:10 qaynatma — chaynash uchun 1:5 qaynatma — sirtga (kuyishni davolash uchun) Qaynatmalar 1:5; 1:10 Plumbi acetas DK: 0,25-0,5% li eritma — sirtga Kukun Bismuthi subnitras DM: 0,25-0,5 — ichishga DK: 5-10% li malham va kukun — sirtga Bolalarga: 0,1; 0,3; 0,5; bir qabulga kuniga 3-4 marta Kukun; tabletka 0,2; 0,5 10% li malham Achchiqtosh - Alumen DK: 0,5-1% li eritma — sirtga Kukun 0 ‘rab oluvchi moddalar Mucilago amyli Ichish uchun va rektal (15-30 ml) Adsorbsiylovchi moddalar Oleum Terebinthinae Rectificatum DK: 20 % li malham; 40 % li linement spirtga. 50 g li flakonlar Mentholum DM: 5 % li spirtli eritmadan 2-3 tomchi (qand bo'lagida) — til ostiga DK: 0,5-2 % li spirtli eritma sirtga; 1 % li malham, 10 % li moyli aralashma sirtga Kukun, 1-2 % li mentol moyi; 1-2 % li spirtli eritma, mentol qalamchasi Solutio Ammonii caustici DM: 100 ml suvga 5-10 tomchi qo'shib ichishga 0,5 % li eritma — sirtga (qo'l yuvish uchun) 10-40-100 ml li flakonlarda; 1 ml li ampulalarda ESLATMA: DM - o'rtacha da’vo miqdori, DK - o'rtacha da'vo konsentratsiyasi, YUM - yuqori bir martalik miqdor, YUSM — yuqori sutkalik miqdor, v/i - vena ichiga, t/o - teri ostiga, m/i -mushak ichiga. B.

Yüklə 21,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin