Afrika. Materik geografik orning asosiy xususiyatlari


Afrika materigining yer sharida joylashgan o’rni rasm-1



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#123198
1   2   3   4
AFRIKA. MATERIK GEOGRAFIK ORNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Afrika materigining yer sharida joylashgan o’rni rasm-1


    1. AFRIKA QIRG’OQLARIDAGI OKEANLARNING MATERIK TABIATIGA TA’SIRI

Afrika qirg’oqlarini Atlantika va Hind okeanlari o’rab turadi. Atlantika okeani Afrika qirg’og’i yaqinida yirik qo’ltiq-Gvineya qo’ltig’ini hosil qiladi. Afrikaning kam parchalangan g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab kambar eni 100 km gacha bo’lgan materik sayozligi polosasi cho’zilgan. Bu sayozlikning tik yonbag’ri suv osti platolariga va ularni ajratib turgan botiqlarga tik tushib brogan. O’rta Atlantika tizmasidan sharqda Afrika ro’parasida chuqurligi 3000 m dan 7200 m gacha bo’lgan Kanar, yashil Burun, Gvineya, Angola, Kap va agul’yas kotlovinalari joylashgan. Kotlovinalarning tubi tekis bo’lib, ayrim joylarda tog’lar ko’tarilib turadi. Bu tog’larning vulkanlardan iborat tepalari suv yuzasida kanar orollari, yashil burun orollari va boshqa orollarni hosil qilgan. 220 janubiy kenglik yaqinida angola kotlovinasi bilan Kap kotlovinasi orasida afrika qirg’oqlariga suv osti Kit tizmasi yondashib kelgan. Atlantika okeanining Afrika qirg’oqlari yaqinida shimoliy va janubiy yarimsharlarning passat havo sirkulyatsiyasi asosiy o’rin tutadi. Natijada har ikkala yarim shar oqimlaridan murakkab berk sistemalar vujudga keladi. Shimol va janubda yuqori kengliklardan ekvator tomonga sovuq oqimlar-kanar va Bengela oqimlari kirib keladi. Bu oqimlar shimoliy va janubiy aylanma oqimlarning sharqiy tarmoqlari bo’lib, Afrikaning g’arbiy qirg’oqlariga ancha sovuq suvlar olib keladi. Bengela oqimi esa ayniqsa kuchli, uning ta’siri ekvatorgacha seziladi. Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab doimo esib turadigan janubiy yo’nalishdagi shamollar okeanning yuzasidagi suv qatlamini surib ketadi, natijada okean ostidan sovuq suvlar yuzaga chiqib, ekvator yomonga to’xtov siz oqib turadi. Shimoliy aylanma oqimning janubiy qismi va janubiy aylanma oqimning shimoliy qismi Shimoliy va janubiy passat oqimlarini hosil qiladi. Bu oqimlari har ikkala yarim sharda qishda ancha kuchli va doimiy bo’ladi. Oqimning vertical qalinligi 300 m dan oshmaydi. Passat qoimlarning tarmoqlari Afrika qirg’oqlaridan g’arbga tomon oqadi. Bu oqimlar orasida g’arbdan sharqqa qarba ekvatorial teskari oqim harakat qiladi, bu oqimning sgarqiy qismi Gvineya oqimi deb ataladi. Oqimlar Afrika qirg’oqlari yaqinidagi yuza suvlar haroratiga kattagina ta’sir etadi va harorayning ekvatordan janubroqda suv harorati shu kengliklardagi suvlarning o’rtacha haroratidan taxminan 5-70 past. Masalan, janubiy passat oqimi boshlanadigan hoyda avgustda suv harorati +22+250 C bo’ladi. Gvineya qo’ltig’ining suvi +200 C, janubi- g’arbiy qirg’oqlarida esa +150 C bo’ladi. Qishda esa suv harorati pasayib +120 C ga tushib qolishi mumkin. Atlantika okeanining Afrika qirg’oqlari yaqinidagi suvning sho’rligi normal okean suvining so’rligiga yaqin bo’ladi. Passat cho’llari ro’parasida joylashgan akvatoriyalar bundan mustasnodir. Bu yerlarda suvning sho’rligi 37 0/00 ga yetadi, Azor orollaridan janubi-g’arbda esa 37,9 0/00 ga yetadi. Bu dunyo okeanining ochiq qismidagi eng sho’r joydir. Afrikani sharq va janubdan o’rab turgan Hind okeanining shimoli- g’arbiy qismi Gondvananing parchalanib ketishi natijasida bo’r davridan keyin paydo bo’lgan. Bu qism tubining past-balandligi va juda chuqurligi bilan xarakterlanadi. Okeanning qolgan qismlaridan uning ana shu shu shimoli-g’arbiy qismi suv osti Arabiston-Hindiston tizmasi bilan ajralib turadi. Bu yerda chuqurligi 5000 metrdan ortiq bo’lgan kotlovinalar-Somali, Madagaskar, Mozambik kotlovinalari joylashgan. Kotlovinalarni ajratib turadigan suv sti tizmalarining tepalari vulkan va marjon orollari-Maslaren orollari va boshqalar, shaklida suv yuzasida ko’tarlib tradi. Ba’zi bir tizmalar yer po’stining materik tipidan iborat bo’lib, qadimgi Gondvana strukturalarining qoldiqlaridir. Hind okeanining shimoliy va shimoli-g’arbiy qismlaridagi oqimlar sistemasi subekvatorial va tropic mintaqalarning passat va musson sirkulyetsiyasi bilan belgilanadi. Ekvatordan janubda Afrika qirg’oqlari bo’ylab Mozambik iliq oqimi va Igna burni iliq oqimi Dunyo okeanidagi eng doimiy va kuchli oqimlardan biridir. Bu oqimlar Janubiy Passat oqimidan hosil bo’ladi va qish davrida janubiy yaimsharda Janubi- Sharqiy Afrika qirg’oqlari yaqinida haroratning +200 C va undan ham ko’proq qizib ketishiga sabab bo’ladi. Ekvatordan shimolda Somali musson oqimi harakat qiladi. Bu oqim yozda shimoliy yarimsharda janubiy yarimshardan ancha sovuq suv olib keladi, qishda esa shimoldan ancha iliq suvlar keltiradi. Umuman olganda, Hind okeanida 10° janubiy kenglikdan shimolda suv harorati ancha chuqurgacha yil davomida yuqori bo’lib turadi. May oyida suv ayniqsa iliq +27-290 C bo’ladi. Afrika qirg’oqlari yaqinida suvning sho’rligi 35-36 0/00dir.


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin