3-rasm:toʻgʻri magnit atrofidagi magnit kuch chiziqlari temir qirindisi yordamida tasvirlangan. Magnit maydon induksiya vektorini qanday oʻlchaymiz? Magnit maydon induksiyasi vektor kattalik boʻlgani sababli uni topish uchun ikkita jihatga eʼtibor berishimiz kerak; son qiymati va yoʻnalishi.
Yoʻnalishni topish oson. Biz maydonga mos joylashadigan magnit kompasdan foydalanishimiz mumkin. Kompaslardan yoʻl koʻrsatuvchi sifatida (Yerning magnit qutblaridan foydalanib) 11-asrdan buyon foydalanib kelinadi.
Qizigʻi shundaki, son qiymatni oʻlchash ancha qiyin. Amaliy magnetometrlar faqat 19-asrdan mavjud boʻlgan. Ushbu magnitometrlarning aksariyati elektron magnit maydon boʻylab harakatlanayotganda unga kuch taʼsir etishidan foydalanib ishlaydi.
Kichik magnit maydonlarni juda aniq oʻlchash faqat 1988-yilda maxsus qatlamli materiallarda katta magnit qarshilikning kashf etilganidan keyin mavjud boʻldi. Fundamental fizikadagi bu kashfiyot kompyuterlarda maʼlumotlarni saqlash uchun ishlatiladigan magnitlangan qattiq disk texnologiyasida tezda qoʻllandi. Bu texnologiya joriy etilgandan soʻng darhol bir necha yil ichida maʼlumotlarni saqlash hajmining ming barobar oshishiga olib keldi (0,1 dan 100 Gbit/dyuym2Gbit/dyuym2G, b, i, t, slash, d, y, u, y, m, squared 1991 va 2003-yillar orasida [2]). 2007-yilda Albert Fert va Piter Grunberg bu kashfiyoti uchun fizika boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
SI birliklar sistemasiga koʻra, magnit maydon induksiya vektori Teslada (TTT harfi, Nikola Tesla sharafiga qoʻyilgan) oʻlchanadi. Teslaga magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadga taʼsir qiluvchi kuchning qiymati orqali taʼrif beriladi. Kichik muzlatkichdagi magnit atrofida 0,001 T0,001 T0, comma, 001, space, T va Yer atrofida 5⋅10−5 T5⋅10−5 T5, dot, 10, start superscript, minus, 5, end superscript, space, T magnit maydon induksiya vektori hosil boʻladi. Gauss (GGG belgisi) alternativ oʻlchov birligi ham tez-tez foydalaniladi. 1 T=104 G1 T=104 G1, space, T, equals, 10, start superscript, 4, end superscript, space, G konvertatsiyasi oʻrinli. 1 Tesla juda katta maydon boʻlgani sababli koʻpincha Gauss oʻlchov birligi ishlatiladi.
Tenglamalarda magnit maydon induksiyasi �BB harfi bilan belgilanadi. Shuningdek, �HH harfi bilan berilgan magnit maydon kuchlangani deb nomlangan kattalikka ham duch kelishingiz mumkin. �BB va �HH ning ikkalasi ham bir xil birlikka ega, ammo �HH materiallarning magnit maydon konsentratsiyasiga taʼsirini hisobga oladi. Muhit havo boʻlgan oddiy masalalarda siz ushbu farq haqida qaygʻurishingiz shart emas.