TUPROQ NAMLIGI
Tuproq namligining o’simliklar oziqlanishiga ko’rsatadigan ijobiy ta’sirini quyidagicha asoslash mumkin: 1) suv o’s imliklarning fiziologik holatini yaxshilaydi, fotosintez, oqsillar biosintezi va moddalar almashinuvi jarayonlarini kuchaytiradi; 2) me’yordagi tuproq namligi ildiz tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va uning singdirish yuzasini oshiradi; 3) suv oziq elementlarni tuproq eritmasi va singdirish kompleksi (TSK) dan ildiz tizimiga oqib o’tishida diffuzion muhit rolini bajaradi.
Tuproq namligi me’yorda bo’lganda, o’simliklar zarur oziqa elementlarni ko’proq o’zlashtiradi, ortiqcha namlik ta’sirida ayrim zararli ionlar (masalan, temir I oksid) o’simlik tanasiga o’tadi.
Namlik yetishmaganda fermentlar tizimining faoliyati buziladi, gidroliz, organik moddalarning parchalanishi kuchayadi, fotosintez jadalligi susayadi va o’simliklar o’sishi to’xtaydi.
Ma’lumki, ildiz tizimi orqali yutilgan suvning atigi 0,2% i o’simlik tanasining shakllanishi uchun sarflanadi, 9% dan ortig’i barglari orqali bug’lanadi, o’simliklar oziq moddalar bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda quruq modda birligini yaratishga sarflanadigan suv miqdori ancha kamayadi.
Quruq modda birligini yaratish uchun sarflanadigan
suv miqdori
(2.4.3– jadval)
Tajriba varianti
|
Bug’doy
|
Zig’ir
|
O’g’itsiz
N
NP
NPK
|
800
917
545
480
|
1093
1198
1000
787
|
Havoning ijobiy namligi yuqori bo’lganda suvning bug’lanishi kamayadi, binobarin oziq moddalarning yutilishi yaxshilanadi.
Yuqori me’yorda o’g’it berilayotgan sharoitlarda tuproq namligiga jiddiy e’tibor berish lozim. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida suv va oziq rejimlarini muvofiqlashtirish mo’l hosil garovidir.
Dostları ilə paylaş: |