Agrokimyo kirish


O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə7/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI

  1. Yashil o’simliklarning oziqlanishi bir paytning o’zida ikki sferada sodir bo’ladi. Ularning ildizlari bilan tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni olsa, poya va barglari yordamida atmosferadan CO2 gazini o’zlashtiradi. O’simliklarda bir butun oziqlanish jarayonining ikki tomoni bo’lgan havodan oziqlanish (fotosintez) va ildizdan (mineral) oziqlanish farqlanadi.






      1. O’SIMLIKLARNING HAVODAN OZIQLANISHI

  1. J. Pristli (1771) o’sitnliklar nafas olish binobarida ifloslangan havoni tozalashini,


Ya. Ingengauz (1779) bujarayon faqat yorug’lik ishtirokida sodir bo’lishini isbotladi.


J. Senebe va T. Sossyurlar tomonidan yashil o’simliklar karbonat angidrid gazi va suvdan organik modda hosil qilish va bunda havoga erkin kislorod ajralib chiqishini ko’rsatib berdi.

  1. O’simliklarning yashash sharoitini yaxshilash orqali fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan mahsulotlar miqdori va tarkibini boshqarish mumkin.


  2. Barg tarkibidagi azot va magniyning 75, temirning 80, ruxning 70, kalsiyning 60, kaliy va misning 50% i xloroplastlar tanasida jamlanadi. Bu raqamlar mazkur elementlarning fotosintezida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.


  3. Bir kg barg tarkibida 1—3 g atrofida xlorofill bo’ladi yoki boshqacha aytganda, har 25 sim2 barg yuzasiga 1 mg xlorofill to’g’ri keladi. Bitta bargdagi xlorofill donalarining umumiy yuzasi shu barg plastinkasi yuzasidan qariyib 200 marta kattadir. Yoz faslida bir mg xlorofill bir soat davomida 5 mg karbonat angidridni assimilyatsiyalashda ishtirok etadi.


  4. Atmosfera havosidagi karbonat angidrid 0,03% dan 0,01% ga tushib qolsa, fotosintez to’xtaydi. Karbonat angidrid miqdori 30 marta va undan harn ko’proq oshirilsa (sun’iy sharoitlarda), fotosintezning samarasi harn shunga mos ravishda ortib boradi. Barg 12 mol karbonat angidridni o’zlashtirib, 112 kkal energiya to’playdi. Birga maydondagi kartoshka yoki qand lavlagi bir kecha kunduz 1 t ga yaqin karbonat angidridni o’zlashtirib, 500 kg ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi.


  5. O’simliklar bargi orqali atmosferadan kamroq oltingugurtni shuningdek, ildizdan tashqari oziqlantirishda azot, fosfor va ayrim mikroelementlarni o’zlashtirishi mumkin. Lekin tabiiy sharoitda barglar orqali uglerod o’zlashtirilsa suv, azot va boshqa moddalarning asosiy qismi ildiz orqali yutiladi.







      1. Yüklə 0,73 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin