Selluloza — hujayra devorlarining asosiy komponenti. U o’simliklarda lignin, pektin moddalari bilan bog’langan bo’ladi. Paxta tolasi 95—98%, zig’ir 80—90%, kanop va jut tolalari ham deyarli shuncha miqdorda selluloza tutadi. Shuning uchun ham aytib o’tilgan ekinlar asosan tolasi uchun yetishtiriladi.
Lignin. O’simliklarni yog’ochlashgan to’qimalarining asosini tashkil etadigan modda. U ko’proq (20—40%) o’simliklarning poya va somonlarida daraxtlarning yog’ochida to’planadi. U selluloza tolalarini biriktiradi, hujayra devorlari oralig’idagi bo’shliqlarni to’ldiradi. O’simliklar yog’och qismining mustahkamligi ko’p jihatdan lignin miqdoriga bog’liq. Toza lignin suvda va kisiotalarda eriydigan sariq— jigarrang tusli modda.
Lipoidlar. Yog’lar va yog’simon moddalar ham o’simlik hujayra sitoplazmasining komponentlaridan hisoblanib, ko’pchilik o’simliklarda zaxira modda sifatida to’planadi. Yog’larning oqsillar bilan hosil qiladigan birikmalari — lipoproteidlar o’simlik tanasining barcha a’zolarida uchrab, ular ho’l massasining 0,1—0,5% ini tashkil qiladi. Shuningdek, bu moddalar hujayra membranasining faoliyatini boshqarishda ham muhim o’rin tutadi. O’z urug’ida ko’p miqdorda yog’ tutadigan o’simliklar moyli ekinlar deb yuritiladi. Eng muhim moyli ekinlar urug’larida moy (yog’) ning miqdori (%) quyidagicha :
C vitamin (askorbin kislota).Oziq─ovqatlar tarkibida C vitamin yetishmaganda singa deb nomlanadigan og’ir xastalik kelib chiqadi. Bir kecha─kunduzda 50—100 mg miqdorda C vitaminini iste’mol qilish bu kasallikga chalinishning oldini oladi. B1vitamini (tiamin). Organizmlardagi modda almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega. Oziq─ovqatlar tarkibida tiamin yetishmasa, polinevrit xastaligi kuzatiladi. B2vitamini (riboflavin). — Oksidlovchi─qaytaruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Ko’proq hamirturish va ayrim sabzovot ekinlari tarkibida bo’ladi. B6 vitamini (piridoksin) — modda almashinuvida, ayniqsa azot almashinuvida muhim rol o’ynaydi: aminokis lota lar almashinuvi reaksiyalarini shujumladan qayta aminlanish jarayonni ham tezlatuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. E vitamini (tokoferol)— antisteril faollikka ega bo’lgan moddalar guruhi. Bu vitamin yetishmaganda odam va hayvonlarda oqsil lipid va uglevodlar almashinuvi buziladi. Mazkur jarayonlarni buzilishi natijasida hayvonlarning jinsiy a’zolari zararlanadi va ular ko’payish qobiliyatini yo’qotadi. A vitamini (retinol)— odam va hayvonlarda kseroftalmiya xastaligining oldini oladi. Bu kasallikning belgilari ko’z shox pardasining yallig’lanishi va shapko’rlikdir. O’simliklar tarkibida retinol uchramasada, A vitamini faolligiga ega bo’lgan boshqa moddalar mavjuddir. Bunday moddalar jumlasiga karotinoidlar, shu jumladan karotin (C40 H56) kiradi. Ular yashil barglarning xloroplastlarida, gul va mevalarda uchraydi hamda fotosintez, o’simliklarning ko’payishi, oksidlanish─ qaytarilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Odam va hayvonlar organizmiga tushgan karotin tezda A vitaminiga aylanadi. K vitamini — odam va hayvonlarda qonning me’yorida ivishi uchun xizmat qiladi. O’simliklardagi oksidlanish─qaytarilish jarayonida va qisman fotosintezda ishtirok etadi. K vitamini o’simliklarning yashil qismlarida sintezlangani uchun yashil barglarda ko’proq uchraydi.