Ayrim ekinlarning tarkibida azot va kul elementlarning miqdori,
quruq moddaga nisbatan % da
(2.2.2– jadval)
O’simlik va uning organlari
|
Azot
|
Kul
|
Bug’doy va boshqa g’alla ekinlari: doni
Somoni
No’xat va boshqa dukkakli don ekinlari doni
Poyasi
Kartoshka: tuganagi
Barglari
Qand lavlagi va ildizlilar: ildizi
Palagi
Beda, sebarga (ko’kmassasi)
|
1,5─3,0
0,4─0,6
4,0─6,0
1,0─1,5
1,0─2,0
4,0─6,0
1,0
1,5─2,5
2,5─5,0
|
1,5─4,0
3,0─5,0
2,5─5,0
4,0─5,0
3,0─5,0
8,0─14,0
2,0─3,0
6,0─12,0
6,0─12,0
|
O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI ORGANIK
MODDALAR
O’simliklar tanasida turli─tuman organik birikmalar uchraydi. Miqdorning oz yoki ko’pligi va ahamiyatiga ko’ra ularni bir nechta guruhga bo’lish mumkin. Masalan, o’simliklar tanasida oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar kamroq miqdorda uchraydi, lekin ular juda katta ahamiyatga ega bo’lgan moddalardir. Selluloza, gemiselluloza, lignin kabilar o’simlik tarkibining asosini tashkil qilib, somon, yog’och, urug’ qobig’i, o’simlik tolasining tarkibiga kiradi.
Oqsillarning tarkibi ancha barqaror bo’lib , 51—55% ini uglerod, 20—24% ini kislorod, 15—18% ini azot, 6,5—7,0% ini vodorod, 0,3—1,5% ini oltingugurt tashkil qiladi.
Inson bir kun davomida kamida 70—100 gr oqsil iste’mol qilishi kerak, aks holda organizmda modda almashinuvi buzilib, jiddiy salbiy oqibatlar yuzaga keladi.
O’simlik oqsillar tarkibida “tengi yo’q” deb hisoblanadigan vain, leysin, izoleysin, treonin, metionin, gistidin, lizin, tritofan va fenilalanin kabi aminokislotalar mavjud bo’lib, ular odam va hayvonlar organizmida sintezlanmaydi. Bu aminokislotalarni odam va chorva mollari faqat o’simliklardan tayyorlanadigan oziq─ovqat mahsulotlari va yemxashak orqali oladi. Shu sababli o’simlik mahsulotlarining sifati faqat ular tarkibidagi oqsil miqdoriga qarab emas, balki ularning fraksion va aminokislota tarkibini o’rganish, hazm bo’lishi va to’la qimmatliligiga qarab ham baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |